Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

1 1 -   J.Vern

321


Biz  palubaga  olib  chiqadigan  trapning  o'rtasi- 

gacha  ko'tarildik.  Bu  yerda  kapitan  Nemo  eshik - 

ni  ochdi  va  biz  tor  hamda  pastak yo‘lakka  chiqdik. 

Yo‘lakning oxirida kema tumshug'ida do'ppayib tu- 

radigan shturval hujrasi joylashgan edi.

Bu  bo‘yi  va  eni  olti  futdan  keladigan,  ya’ni  haj- 

mi  taxminan  Missisipi  va  Gudzon  boylab  suzadi- 

gan  paroxodlardagichalik  kayuta  edi.  Hujraning 

o'rtasiga  shturval  o'rnatilgan  bo'lib,  u  tumshuqda- 

gi  boshqariladigan  rul  bilan  shturtroslar vositasida 

ulangan  edi.  Kayutaning  to'rttala  devoridagi  ikki 

tomoni  qabariq  oyna  solingan  to'rtta  illuminator- 

dan rul boshqaruvchi to'rt tomonni ko'ra olardi.

Hujra  qorong'i  edi,  ammo  birozdan  keyin 

ko'zlarim  bu  qorong'ilikka  o'rganib,  men  ikki  qo'li 

bilan  shturvalni  ushlab  turgan  rul  boshqaruvchini 

ko'rdim.

-  


Endi,  -   dedi  kapitan  Nemo,  -   tunnelga  ki- 

radigan yo'lni qidiramiz.

Shturval  hujrasi  Bilan  mashina  bo'limi  elektr 

simlari  bilan  bog'langan  bo'lib,  kapitan  bir  necha 

shartli  signallar  vositasida  shu  yerda  turib,  kema 

tezligini  oshirish  yoki  kamaytirish  to'g'risida  buy­

ruq berishi mumkin edi.

Kapitan  Nemo  metall  tugmachani  bosishi  bilan 

kema parragining aylanish tezligi kamaydi.

Men  jim  turib  qit’aning  mustahkam  etagi  -   biz 

qariyb  bir  soatdan  buyon  yonidan  bir  necha  metr 

berida  borayotganimiz  tik  granit  devorga  tikilib 

qoldim.

Kapitan  Nemo  kompasdan  ko'z  uzmay  turar  va 

rul  boshqaruvchi  uning  ko'rsatmasi  bilan  shtur­

valni  burib,  kema  yo'nalishini  muttasil  o'zgartirib 

borardi.

322



■  Soat  10  dan  15  minut  o'tganda  kapitan  Nemo 

o'zi shturvalda turib oldi.

Ko'z  oldimizda  keng va  chuqur yo'lakka  olib  ki- 

radigan teshik namoyon bo'ldi.

«Nautilus» unga dadillik bilan kirdi.

Kemaning  temir  qoplamasi  odatdan  tashqari 

g'uvullay boshladi.  Bu  Oizil  dengizning pastlikka  -  

O'rtayer  dengiziga  qarab  shovullab  tushayotgan 

suvining  shovqini  edi.  Harakatni  sekinlashtirish 

uchun  mashina  butun  tezligi  bilan  parrakni  teska- 

ri  aylantirayotganiga  qaramay,  suv  oqimi  kemani 

o'qday olg'a surib ketdi.

Boshni  aylantiradigan  darajadagi  bu  tezlikda 

tunnel  devorlarida  projektordan  taralayotgan  nur- 

nigina  ко‘rish  mumkin  edi.  Yuragim  qinidan  chiq- 

quday  tez  ura  boshladi  va  men  uning  urishini  se- 

kinlatish uchun qo'lim bilan bosib turardim.

Soat  10  dan  35  minut  o'tganda  kapitan  Nemo 

shturvalni rul boshqaruvchiga berdida menga qarab 

dedi:


-  Biz O'rtayer dengizidamiz.

«Nautilus» suv oqimi bilan yigirma minutga qol- 

may yer ostida Suvaysh bo'ynidan o'tdi...

О I t i n  c hi   b o b

 

GREK  TIZMA  OROLLARI



Keyingi  kuni,  12-fevralda,  erta  tongda  «Nau­

tilus»  suv  sathiga  ko'tarildi.  Men  palubaga  chi- 

qishga shoshildim.

Bizdan  uch  milya  janubda  ertalabki  tuman  ichi- 

da qadimiy Peluzium g'ira-shira ko'rinib turardi.

Kuchli  suv  oqimi  bizni  zum  o'tmay  bir  dengiz­

dan  ikkinchisiga  olib  o'tdi.  Bu  tomon  pastlik  bo'l­

gani  uchun  tunneldan  osonlik  bilan  kelindi-yu,  u



323


orqali  0 ‘rtayer  dengizidan  Qizil  dengizga  qaytish 

sira mumkin bo'lmasa kerak.

Ertalab  soat  yettilarga  yaqin  Ned  Lend  bilan 

Konsel yonimga kelishdi. Bu ajralmas ikki do'st tuni 

bilan bemalol  uxlab,  «Nautilus»  ko'rsatgan jasorat- 

dan bexabar qolgan edilar.

-   Xo'sh,  janob  professor,  -   kinoya  bilan  so'radi 

kanadalik,  -  va’da qilingan O'rtayer dengizi qani?

-   Biz  uning  sathida  suzib  boryapmiz,  do'stim 

Ned,  -  deb javob berdim men.

-  Nima! -  xitob qildi Konsel. -  Demak, tunda...

-   Juda  to'g'ri,  shu  tunda  yigirma  minut  ichida 

biz o'tib bo'lmas bo'yindan suzib chiqdik!

-   Ishonmayman,  -  dedi Ned Lend.

-  Bekor qilasiz,  mister Lend,  -   deb  javob berdim 

men.  -   Siz janubda ko'rayotgan pasttekis sohil -  bu 

Misr sohili.

-   Meni  laqillatib  bo'lmaydi,  janob  professor,  -  

e’tiroz bildirdi o'jar kanadalik.

-   Xo'jam  aytgandan  keyin,  unga  ishonmoq  ke­

rak!  -  dedi Konsel.

-   Ha,  aytganday,  N ed,-  deya  davom  ettirdim 

m en ,-  kapitan Nemo tunnelini menga shaxsan o'zi 

ko'rsatdi.  «Nautilus»ni tor yo'lakdan o'zi boshqarib 

o'tayotganida, men shturval hujrasida uning yonida 

turdim.


-  Eshityapsizmi, Ned? -  deb so'radi Konsel.

-   Ko'zingiz  juda  o'tkir,  Ned,  -   deb qo'shib qo'y- 

dim  men  -   sizni  aldamayotganimga  osonlikcha 

ishonch  hosil  qilishingiz  mumkin.  Qarang,  o'sha 

yoqda  Port-Said  gavani  ko'rinayotgan  bo'lishi  ke­

rak.


Kanadalik ko'zlarini ko'rsatilgan tomonga tikdi.

-   Ha-ya,  -   dedi  u,  -   haq  ekansiz,  janob  pro­

fessor,  kapitaningiz  ham  ishiga  pishiq  ekan.  Biz

324



0 ‘rtayer  dengizidamiz.  Juda  soz.  Keling,  o'z  ish- 

larimiz  haqida  gaplashib  olaylik,  ammo  hech  kim 

bizni poylamasligi kerak.

Kanadalik  gapni  qayoqqa  burayotganini  juda 

yaxshi tushundim.

«Har  holda  Ned  Lend  talab  qilgach,  bu  haqda 

gaplashib olish shart», deb oyladim.

Shunday  qilib,  uchalamiz  projektor  do'ppayib 

turgan joyga borib o'tirib oldik:

-   Mana  endi  qulog'imiz  sizda,  Ned,  -   dedim 

men.  -  Bizga nima demoqchi edingiz?

-   Mening gapim  juda  qisqa  bo'ladi,  -   deb  javob 

berdi  kanadalik.  -   Yevropaga  yaqinlashyapmiz  va 

kapitan Nemoning xayoliga bizni  Qutb dengizi yoki 

Okeaniya  ostiga  olib  tushib  ketish  kelmasdan  turib 

«Nautilus» bilan xayrlashishni taklif etaman.

Ha,  kanadalik  bilan  bu  mavzuda  bahslashib 

o'tirgim  kelmadi.  Men  hech  qanaqasiga  o'rtoq- 

larimning  ozodligiga  tahdid  solmoqchi  emasman, 

ammo  ikkinchi  tomondan  esa  kapitan  Nemo  bilan 

bu  qadar  tez  xayrlashish  istagim  ham  yo'q.  U  tu- 

fayli,  uning  ajoyib  kemasi  tufayli  men  har kuni  o'z 

bilimimni  oshirib  bordim,  dengiz  tubidagi  hayot 

haqidagi  kitobimni,  agar  ta’bir  joiz  bo'lsa,  shu  ha­

yot  taraqqiyotining  markazida  turib  qayta  yozdim. 

Okean  mo'jizalarini  bu  qadar  mukammal  o'rganish 

imkoniyatini  boshqa  qayerdan topa  olaman?  Shub- 

hasiz,  hech qayerdan!  Shuning uchun ham yer yuzi 

bo'ylab  ilmiy  ekspeditsiyamiz  tugamaguncha  suv­

osti kemasini tashlab ketgim yo'q edi.

-   Do'stim  Ned,  -   dedim  men,  -   ochig'ini  ay- 

ting-chi,  shu  suvosti  kemasida  nahotki  zerikkan 

bo'lsangiz? Nahotki, bizni shu yerga olib kelib tash- 

lagan taqdirni la’natlasangiz?



325


Kanadalik  darhol  javob  bermadi.  Qo'llarini 

ko'kragi ustida chambarak qilib turib aytdi:

-   To'g'risini  aytsam,  suv  ostida  suzganimdan 

achinayotganim  yo'q.  Vaqti  kelib  men  buni  mam- 

nuniyat  bilan  xotirlayman.  Biroq  shunday  bo'lishi 

uchun suvosti sayohatimizga chek qo'yish kerak. Bu 

haqdagi mening fikrim shu!

-  Sayohat poyoniga yetadi, Ned.

-  Oayerda? Qachon?

-  Qayerda? Bilmayman. Qachon? Sizga aniq ayta 

olmayman,  biroq dengiz bizga  o'zining oxirgi  sirini 

ochib  bergan  zahoti,  deb  o'ylayman.  Bu  dunyoda 

har bir boshlangan ish ertami yoki kechmi poyoniga 

yetishi kerak.

-   Men  xo'jamning  aytganlariga  tamoman  qo‘- 

shilaman,  -   deb  qo'ydi  Konsel.  -   Menimcha,  ka­

pitan  Nemo  birga  butun  dengiz  va  okeanlarni  ay­

lanib bo'lgach, bizni tashlab ketaverishi mumkin.

-   Tashlab  ketadi?-  jahli  chiqdi  kanadalikning.- 

Siz  u  bizni  tashlab  ketaverishi  ham  mumkin  dedi- 

ngizmi?

-   Bu  so'zlarga  o'chakishavermang,  Ned  Lend,- 

gapga aralashdim men.  -  Bizning kapitan Nemodan 

qo'rqadigan joyimiz yo'q, bu masalada men Konsel- 

ning fikriga  qo'shila olmayman.  Ammo  ikkinchi to- 

mondan,  u  bizni  o'z  xohishi  bilan  qo'yib  yuboradi, 

deb umid qilmasak ham bo'ladi.  Biz «Nautilus»ning 

barcha  sirlarini  bilamiz,  binobarin  u  bu  sirlarning 

biz  bilan  birga  butun  dunyoga  yoyilishiga  yo'l 

qo'yishiga aql bovar qilmaydi.

-   Unday  bo'lsa  siz  nimaga  umid  qilasiz?  -   so'­

radi kanadalik.

-   Ertami,  kechmi  biz  foydalanib  qolishimiz 

mumkin  bo'lgan  qulay  fursat  kelishiga.  Bu  qulay



326


fursat  olti-yetti  oydan  keyin  ham  xuddi  hozirgidek 

kelishi mumkin.

-   Hm,  -  to'ng'illadi Ned Lend.  -   Marhamat qilib 

ayting-chi,  janob tabiatshunos, olti oydan keyin biz 

qayerda bo'lishimizni oldindan bilasizmi?

-   Balki yana  shu yerda bo'larmiz,  balki Xitoyda. 

«Nautilus»  juda tezyurar kema, buni bilasiz.  U oke- 

anda  qaldirg'och  havoda  uchganday  yoki  tezyurar 

poyezd yerda yurganday katta tezlikda suzib yuradi. 

U serqatnov dengizlardan cho'chimaydi -  biz bunga 

amin  bo'ldik.  Olti  oydan  keyin  yana  Fransiya  yoki 

Angliya  sohillariga qaytmaydi va  qochishga bugun- 

dagidan  ko'ra  qulayroq  fursat  bo‘lmaydi  deb  kim 

ayta oladi?

-   Janob  professor,  -   dedi  kanadalik,  -   sizning 

dalillaringiz  asossiz.  Siz  aytgan  hamma  gaplar  ke- 

lasi  zamon:  «Bu yerda bo'lamiz.  U yerda bo'lamiz». 

Men  esa  hozirgi  zamonni  gapiraman:  «Biz  bundan 

shu yerda foydalanib qolamiz».

Ned  Lendning  mantiqan  to‘g‘ri  mulohazasi- 

ga  qarshi  e’tiroz  bildirishga  asosim  yo‘q  edi,  bino- 

b arin bu b ah sd ao‘zim nim aglu bhis etdim.  0 ‘ztak- 

lifimni himoya qiladigan boshqa asosim yo‘q edi.

-   Janob  professor,  -   deb  so‘zini  davom  ettirdi 

Ned,  -   bir  daqiqagina  sira  aqlga  sig'maydigan  nar­

sani kapitan Nemoning o‘zi bizga ozodlik berdi, deb 

faraz qilaylik. Bunga siz rozi bo'larmidingiz?

-  Bilmadim.

-   Bordi-yu,  bu  taklifni  boshqa  sira  qaytarmay- 

■man desa-chi,  -  unda nima qilar edingiz? Men hech 

narsa deyolmadim.

-   Do'stim  Konselning  bu  to ‘g‘ridagi  fikri  qa- 

lay? -  so'radi kanadalik.

-   Do'stingiz  Konsel  bu  to'g'rida  aniq  bir  nar­

sa  aytolmaydi,  -   deb  bamaylixotir  javob  berdi  fla-

327



mandiyalik.  -   U  masalaning  u  yoki  bu  tarzda  hal 

etilishidan  manfaatdor  emas.  Xo'jayini,  xuddi  shu- 

ningdek  do'sti  Ned  Lend  singari  u  ham  bo'ydoq. 

Uni  vatanida  na  xotini,  na  bolalari,  na  qarindosh- 

urug'lari  kutadi.  U  xo'jasining  qo'lida  ishlaydi  va 

bu  xizmatidan  ketish  niyati  yo'q.  U  chuqur  qayg'u 

bilan  shuni  ma’lum  qiladiki,  bu  masala  ovozga 

qo'yilganda qatnashib,  o'z ovozi bilan uyoki bu to- 

monning  posangisini  bosmoqchi  emas.  Duelda  fa­

qat  ikki  kishi  ishtirok  etadi:  bir  tomondan  xo'jasi 

va  ikkinchi  tomondan  Ned  Lend.  Shunga  ko'ra 

do'stingiz  Konsel  jim  turib,  kim  qancha  zarba  ber- 

ganini hisoblaydi.

Konselning bu  nutqini  eshitib,  o'zimni  kulgidan 

tiyolmadim.  Aftidan,  kanadalik  Konsel  unga  qar- 

shi  chiqmaganidan  ich-ichidan  mamnun  bo'lganga 

o'xshardi.

-   Konsel bu bahsda ishtirok etmas  ekan.  Biz  uni 

o'zaro  hal  etmog'imiz  kerak.  Men  fikrimni  aytdim. 

Siz  meni  eshitdingiz.  Siz  nima  deya  olasiz?  -   dedi 

Ned Lend.

Biron-bir  fikrga  kelish  kerak  edi.  Gapni  aylanti- 

rib o'tirishni yomon ko'raman.

-   Javobimni  tinglang,  do'stim  Ned,  -   de­

dim  men.  -   Siz  bahsda  meni  yengdingiz  va  dalil- 

laringizni  bosib  tushadigan  biror  jiddiy  e’tiroz  bil- 

dira olmayman. Kapitan Nemoning o'zi bizni qo'yib 

yuborishini  kutib  o'tirish  befoyda.  Eng  oddiy  eh- 

tiyotkorlik  uchun  ham  u  bunday  qilmaydi.  Ammo 

o'sha  ehtiyotkorlikning  o'zi  bizdan  birinchi  qulay 

fursat  kelishi  bilanoq  «Nautilus»ni  tark  etishni  ta- 

qozo etadi.

-   Juda  soz,  janob  professor!  Mana  endi  oqilona 

fikr aytdingiz!

-   Biroq  yana  bir  narsani  aytib  qo'yay,  -   dedim

328



men.  -   O'sha fursat chindan ham qulay bo'lishi ke­

rak.  Birinchi  urinishdayoq  ishimiz  o'ngidan  kelishi 

kerak.  Chunki  bordi-yu,  uddasidan  chiqolmasak, 

unda  hech  qachon  qulay  fursat  bo'lmaydi  va  kapi­

tan Nemo ham qochmoqchi bo'lganimiz uchun biz­

ni sira kechirmaydi.

-   Bu  gapingiz to'g'ri,  -   dedi  Ned Lend.  -   Ammo 

siz  ta ’kidlayotgan  narsa  hozir  qochishimizga 

qanchalik  taalluqli  bo'lsa,  ikki  yildan  keyingisi- 

ga  ham  shunchalik  aloqadordir.  Bundan  rad  etib 

bo'lmaydigan  shunday  xulosaga  kelish  mumkin: 

qochishga  qulay  fursat  kelishi  bilan  undan  darhol 

foydalanish kerak.

-   Men  roziman.  Qani,  endi  ayting-chi,  Ned: 

«Qulay fursat» deb nimani ko'zda tutyapsiz?

-   «Nautilus»  Yevropa  sohillaridan  birontasiga 

yaqinlashgandagi qorong'i tunni.

-   Suzib qutulib ketishni o'ylaysizmi?

-   Ha,  «Nautilus»  suv  sathida  sohilga  yaqin  yer­

da suzayotganida.  Bordi-yu, kema suv ostida bo'lib, 

qirg'oq olisda bo'lsa, unda...

-   Shunday bo'lgan taqdirda-chi?..

-   Shunday bo'lgan taqdirda  qayiqni  olish  kerak. 

Uni  qanday  qilib  olishni  men  bilaman.  Biz  uning 

ichiga  kirib,  boltlarni  bo'shatamiz  va  suv  sathiga 

shu qadar ustalik bilan chiqib olamizki, hatto shtur­

val  hujrasidagi rul boshqaruvchi ham qanday qoch- 

ganimizni payqamay qoladi.

-   Mayli.  Ned.  Qulay  fursatni  poylayvering.  Fa­

qat  esingizda  bo'lsin,  muvaffaqiyatsizlikka  uchra- 

sak, halok bo'ldik, deyavering!

-  Esimda bo'ladi, janob professor!

-  Mana, hamma narsani kelishib oldik, endi, Ned 

Lend,  loyihangiz  haqidagi  fikrimni  bilishni  istay- 

sizmi?

329



-  Albatta, janob professor.

-   Men  o'ylaymanki  -   yana  ta ’kidlayman:  umid 

qilaman  emas,  o'ylaymanki  -   bunday  qulay  fursat 

yaqin orada bo'lmaydi.

-  Nega?

-   Shuning  uchunki,  menimcha  kapitan  Nemo 

bizning  ozodlikka  chiqish  niyatidan  qaytmagani- 

mizni  tushunib  turibdi,  binobarin,  Yevropa  sohil- 

lariga yaqin yerdan o'tayotganimizda u ancha hush- 

yor turishi tabiiy.

-   Men  xo'jamning  fikriga  qo'shilaman,  -   dedi 

Konsel.


-  Tirik bo'lsak -  ko'ramiz,  -  deb javob berdi Ned 

Lend boshini qaysarlik bilan liqillatib.

-   Yaxshi,  -   dedim  men,  -   endi  bas  qilaylik!  Bu 

haqda ortiqcha gapirishning hojati yo'q.  Qochishga 

qaror qilgan kunni ogohlantirib qo'ying va biz hech 

narsani  surishtirmay,  sizga  ergashib  ketaveramiz. 

Biz sizga ko‘r-ko‘rona ishonamiz, Ned!

Shunday qilib,  juda  muhim  samaralar beradigan 

bu gapga xotima berildi.

Vaqtida  aytib  qo'yay,  kanadalikni  qanchalik 

ranjitmasin,  bundan  keyingi  voqealar  mening  tax- 

minlarim  to'g'riligini  ko'rsatdi.  Kapitan  Nemo  bu 

serqatnov  dengizlarda  yo  bizga  ishonmadi,  yoki 

0 ‘rtayer  dengizi  suvlarida  suzadigan ko'pgina  turli 

millat  kemalari  bilan  uchrashib  qolishdan  qo'rqdi, 

har holda  biz  doim  suv  ostida va  sohildan  olis yer­

dan  yurdik.  «Nautilus»  yo  suv  sathiga  faqat  shtur- 

val  hujrasi  ko'rinadigan  darajada  ko'tarilardi,  yoki 

katta  chuqurliklarga  tushib  olardi.  Ha,  aytganday, 

Grek tizma orollari bilan Kichik Osiyo  oralig'ida biz 

ikki ming metr chuqurlikka tushganda ham o'zanga 

yetolmadik.

Biz  Dodekanez  guruhiga  mansub  bo'lgan  Kar-

330



pafos  oroli  yonidan  o'tganimizni  men  kapitan 

Nemo  uning  qayerda  joylashganini  xaritadan  ko'r- 

satgandan keyingina bilib oldim.

Keyingi  kuni,  14-fevralda,  men  bir  necha 

soat  vaqtimni  Grek  tizma  orollaridagi  baliqlarni 

o'rganishga  bagishlam oqchi  edim.  Biroq  negadir 

salon  derazalaridagi  temir  to'siq  kuni  bilan  yopiq 

turdi.


«Nautilus»  qayerdaligini  xaritadan  kuzatib, 

uning  Krit  oroli  tomon  borayotganini  ко‘rdim. 

Men  «Avraam  Linkoln»  bortiga  chiqqan  paytimda 

bu  orol  turklar  zulmiga  qarshi  bosh  ko'targan  edi. 

Qo'zg'olon  ko'targan  kritliklarning  taqdiri  nima 

bo'lganini  bilmayman,  shubhasiz,  insoniyat  olami- 

dan  tamomila  aloqasini  uzgan  kapitan  Nemo  bu 

haqda menga biron narsa deyolmas edi.

Men  kechqurun  kapitan  Nemo  bilan  salonda 

uchrashganimda bu voqeani  loaqal biron ishora bi­

lan  ham  sezdirmadim.  Kapitan  nazarimda  xomush 

va  nimadandir  tashvishlanayotganday  edi.  Odatiga 

xilof ravishda u to'satdan salondagi har ikki to'siqni 

ochishni  buyurdi  va  bir  derazadan  ikkinchisiga 

o'tib,  sinchiklab suvga  tikildi.  U nimani ko'rmoqchi 

edi?  Bunisini  bilolmadim,  shuning  uchun  ko'z  ol- 

dimdan o'tayotgan baliqlarni kuzata boshladim.

Boshqa  ko'pgina  baliqlar  orasida  men  oddiy 

xalq tilida bichok deb  ataluvchi  dengiz kolbenlarini 

ko'rdim: bu baliqlar, ko'pincha Nil deltasi yaqinida- 

gi sho'r suvda uchraydi.

Shundan  so'ng  men  sparlar  yoki  dengiz  tovon- 

baliq  oilasiga  mansub  bo'lgan  shu’lalanuvchi  pag- 

ralarni  ko'rdim.  Misrliklar  bu  baliqlarni  muqaddas 

hisoblashar  va  ularning  Nil  suvlariga  kirib  kelishi 

odatda  daryoda  suvning  ko'payishi,  ya’ni  yaxshi



331


hosildorlik  nishonasi  sifatida  katta  dabdabali  diniy 

marosimlar bilan nishonlanardi.

Yonimizdan  xeylinlar  -   uzunligi  o‘ttiz  san- 

timetr, tangachalari tiniq ko'kish, unda-munda qizil 

qashqalari  bo'lgan  qiltanoqli  baliqlar  to'dasi  suzib 

o'tdi.  Bu  baliqlar  faqat  suv  o'tlari  bilan  oziqlanga- 

ni uchun go'shti  juda  mazali  edi.  Xeylinlar qadimgi 

Rimdayoq  juda  tansiq  taom  sifatida  ustiga  muren 

suti,  tovusning  miyasi  va  qaldirg'och  tili  qo'yilib, 

dasturxonga tortilar edi.

Bu  dengizlarda yashaydigan yana bir baliq men­

ga  qadimiy  Rim  davrlarini  eslatdi.  Bu  lotsman 

bo'lib,  bu  baliqcha  hamisha  akulalarning  yonida 

yurar  edi;  qadimgilarning  e ’tiqodicha,  bu  kichkina 

baliqcha  kemaning  tagto'siniga  yopishib  olsa,  uni 

to'xtatishi mumkin emish.

Shuningdek,  men  qadimiy  Gretsiyaning muqad- 

das  balig'i  ajoyib  anthiaslarni  ko'rdim.  Aqidalar- 

ga  ko'ra,  bu  baliq  o'zi  yashaydigan  joydan  bahay­

bat maxluqlarni yo'q qila olarmish.  Bu baliqlarning 

nomi  -  


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish