1
Sirena - grek afsonalarida tanasi odam, oyoqlari baliqning
dumi shaklida bo'lgan suv parisi.
314
- Eh, janob professor, - deya xitob qildi u ha-
yajondan qaltirayotgan ovozda, - men hali buna-
qasini sira ham ovlamagan edim!
Bu so‘zlarda Ned Lend o'zining ichki qiyofasini
namoyon etdi.
Palubaga kapitan Nemo chiqdi. U dyugonni
ko'rdi va kanadalikka qarab, uning sabrsizlanayot-
ganini ko'rdi.
U Ned Lendga murojaat qildi:
- Bordi-yu, hozir qo'lingizda garpuningiz bo'l-
ganda, chidab turolmasdingiz, to ‘g‘rimi?
- Xuddi shunday, kapitan.
- Bir kungina o'zingizning garpunchilik kas-
bingizga qaytib, ovdagi muvaffaqiyatlaringiz ro'y-
xatiga yana bir g'alabani kiritishga qarshi emas-
misiz?
- Jon derdim!
- Unday bo'lsa, marhamat, ishga kirishing!
- Rahmat, kapitan, - dedi Ned Lend. Uning
ko'zlari chaqnab ketdi.
- Faqat bir shart bor, bexato urasiz! Bilib
qo'ying, buni sizning manfaatingizni ko'zlab ayt-
yapman.
- Dyugon shunaqa xavfli maxluqmi? - so'radim
men. Kanadalik pisand qilmaganday yelkasini qisdi.
- Ha, - deb javob berdi kapitan. - Ba’zan bu
maxluq ovchiga tashlanib, ularning qayiqlarini
ag'darib yuboradi. Biroq mister Lend uchun bu xavf
qo'rqinchli emas. Uning nigohi o'tkir va juda chap-
dast. Men unga bexato otasan deganimning boisi
xavfli bo'lgani uchun emas, shuning uchunki, dyu-
gonning go'shti juda lazzatli, mister Lendning laz-
zatli taomga o'chligidan esa xabarim bor.
- Shunaqami! - xitob qildi kanadalik. - Bu max
luq aytganlaringizdan tashqari mazali ham deng!
315
- Ha, mister Lend. Mazasi mol go'shtidan sira
qolishmaydi va Melaneziyada shohlar dasturxoni-
ni bezaydi. Keyingi paytlarda dyugonni shu qadar
jon-jahdlari bilan ovlashyaptiki, u ham o'z urug'i
lamantin singari tez orada qirilib ketsa ajab emas.
- Unday bo'lsa, kapitan, - dedi jiddiy turib Kon
sel, - bu dyugonni balki ovlash kerak emasdir?
Bordi-yu bu oxirgi namunasi bo'lsa-chi? Unda bu
ni fan manfaati uchun saqlab qolish kerak.
- Shunday taqdirda ham, - deya e’tiroz bildirdi
kanadalik, - oshpazlik ehtiyoji uchun uni, albatta,
ovlash kerak!
- Boshlang, mister Lend, - deya qaytardi kapi
tan Nemo.
Shu daqiqada «Nautilus» komandasidan yetti
kishi palubaga ko'tarildi. Ular odatdagiday jim va
vazmin edilar. Ulardan biri kit ovlovchi kemalarda
ishlatiladigan garpun bilan arqonni olib keldi.
Qayiqni suvga tushirdilar, olti eshkakchi va rul
boshqaruvchi o'rinlarini egallashdi. Ned Lend, Kon
sel va men qayiqning quyruq tomoniga o'tirib oldik.
- Biz bilan bormaysizmi, kapitan? - so'radim
men.
- Yo'q, professor. Omadingiz kelsin.
Qayiqcha bortdan bo'shadi va olti eshkakchi
uni olg'a surdi. «Nautilus»dan ikki milyacha ma-
sofadan ko'rinib turgan dyugonga tomon qayiqcha
tez suzib ketdi.
Unga bir necha kabelt masofa qolgach, esh-
kakchilar sekinroq suza boshladilar va eshkaklarni
suvga tovush chiqarmay ehtiyotkorlik bilan tushi-
rar edilar.
Garpun ushlagan Ned Lend qayiq tumshug'ida
turardi.
Kit ovlanadigan garpun odatda juda uzun va
316
baquwat arqonga bog'langan bo'lib, yaralangan
maxluq uni tortishi bilan osongina yechilib borar-
di. Biroq bu gal arqon juda kalta - uzunligi yigir
ma metrga borar-bormas va uning ikkinchi uchi
yaralangan maxluq suv ostida qaysi tomonga suzi-
shini ko'rsatishi kerak bo'lgan bo'sh bochkachaga
bog'langan edi.
O'rnimdan turib, kanadalikning dushmani-
ni ko'zdan kechirdim. Dyugon lamantinga juda
o'xshar edi. Uning cho'zinchoq tanasi uzun dum
bilan, yon suzgichlari esa chinakam barmoqlari bi
lan tugar edi. Dyugonning lamantindan farqi shuki,
uning yuqori jag'ida uzun va o'tkir ikkita chinakam
qoziq tishi bo'ladi.
Ned Lend ovlashga shaylangan dyugon juda ul
kan maxluq edi. U sira qimirlamas, suv sathida ux
lab qolganga o'xshardi. Bunday sharoit kanadalik
uchun ayni muddao bo'lib, uning ishini ancha yen-
gillashtirar edi.
Qayiq ehtiyotkorlik bilan maxluqqa besh-olti
metr qolguncha yaqinlashib bordi. Matroslar esh-
kaklarni ko'tarishdi.
Ned Lend orqaga tashlanib, qulochkashlab gar-
punni irg'itdi.
Hushtak ovozi eshitildi-yu, dyugon ko'zdan
g'oyib bo'ldi. Aftidan kuch bilan itqitilgan garpun
faqat suvga tekkanga o'xshardi.
- Ming la’nat! - o'kirdi qattiq hayajonlangan
kanadalik. - Mo'ljalga urolmadimmi?
- Yo'q, - deb javob berdim men. - Maxluq yara
langan. Mana qon izlari. Biroq garpun suvga tushdi.
- Garpunimni olinglar! - xitob qildi Ned Lend.-
Garpunimnil
Matroslar eshkaklarni yana suvga tushirdilar
317
va ruldagi kishi qayiqni suv yuziga qalqib chiqqan
bochkacha tomon burdi.
Garpun olingach, qayiq yaralangan maxluqning
izidan bordi. U nafas olish uchun ora-chora suv sat
higa suzib chiqar edi. luda tez suzayotganiga qara-
ganda, yara uni holsizlantirmaganga o'xshaydi. O'n
ikki chayir qo'l harakatga keltirayotgan qayiq uning
izidan suzib emas, uchib borardi. Bir necha marta u
dyugonga yetayozganda, kanadalik ikkinchi zarbni
urishga shaylanardi-yu, ammo maxluq har gal tez-
da suvga sho'ng'ib, xavfdan qutulib qolar edi.
Ned Lendning qahr va toqatsizligi qanchalikka
borib yetganini ko'rsangiz edi. U sho'rlik maxluqni
bisotidagi butun ingliz qarg'ishlari bilan la’natladi.
Dyugon biz ayyorlik bilan tuzayotgan butun rejala-
rimizni barbod etayotgani hatto menga ham alam
qilardi.
Biz deyarli bir soat davomida dyugonning keti-
dan shu alfozda quvib yurdik. Endi umidsizlana
boshlagan edim, ta ’qib qilayotganimiz uchun o'ch
olmoqchi bo'lganday maxluq birdan hujumga o'tish
maqsadida qayiq tomon suza boshladi.
Bu manyovr kanadalikning e’tiboridan chetda
qolmadi.
-
Diqqat! - deya qichqirdi u. Rulda o'tirgan kishi
o'zining g'alati tilida bir necha og'iz so'z aytdi. U
komandani ehtiyot bo'lishga undadi shekilli.
Dyugon qayiq tomon yigirma fut yaqinlashib,
birdan to'xtadi, tumshug'ining ostida emas, balki
ustida joylashgan burun kataklari orqali juda ko'p
havo tortib, so'ng bizga tashlandi.
Zarbdan o'zimizni muhofaza etolmadik. Ammo
rulda o'tirgan kishining to'g'ridan kelgan zarbga
mohirlik bilan chap bergani tufayli qayiq biroz lo-
318
pillab, uning ichiga bir-ikki tonna suv kirdi, biz ke-
yinchalik uni to ‘kib tashladik.
Ned Lend qayiq tumshug'idan turib, tishla
ri bilan qayiqning bortiga yopishib olgan, Afrika
sheri bug'ini ko'taradiganday suvdan uzishga uri-
nayotgan gigant maxluqni garpun bilan tinmay ya-
ralar edi.
Biz hammamiz bir-birimizning ustimizga yiqil-
dik. Qahr-g'azabga to'lib-toshgan garpunchi chaq-
qonlik qilib, to‘g‘ri maxluqning yuragiga tushir-
maganida, bu hangomaning nima bilan tugashi
noma’lum edi.
Qayiq bortida tishning g'ijirlagani eshitildi va
dyugon garpun bilan birga cho'ka boshladi.
Ammo ko‘p o'tmay suv sathiga bochkacha,
zum o'tmay ketidan yelkasiga ag'darilgan dyugon
ko'tarildi. Qayiq uni shatakka olib «Nautilus» yoni-
ga bordi.
Dyugon go'shtini chig'iriqlar yordamida «Nau
tilus» palubasiga arang ko'tarib olishdi: uning vazni
besh ming kilogrammdan ortiq edi.
Go'shtni maydalash bevosita Ned Lend rahbar-
ligida o'tdi, bu ishni u hech kimga ishonib top-
shirmadi.
O'sha kuni kechqurunoq styuard menga kema
oshpazi dyugon go'shtidan boplab tayyorlagan
taom keltirib qo'ydi. Menga u mol go'shtidan ham
ko'ra ko'proq ma’qul tushdi.
Keyingi kun, 11-fevralda, «Nautilus» ombor-
xonasi yangi qush go'shti bilan to'ldirildi. Suvosti
kemasining palubasiga bir to'da qaldirg'och kelib
qo'ndi. Bular Nil qaldirg'ochlarining faqat Misr-
da uchraydigan turi bo'lib, tumshug'i qora, kul-
rang boshining uch tomoni ingichkalashib borgan,
ko'zining atrofini oq donachalar qoplagan, yelkasi,
319
qanotlari va dumi kulrang, ko'kragi, qorni oq hamda
panjalari qizil edi. Shuningdek, biz bir necha o'nlab
boshi va gardani oq, tanasini qora qashqa qoplagan
yowoyi Nil o'rdaklarini ham ushlab oldik. Bu qush-
larning go'shti ham juda mazali ekan.
Shu kuni «Nautilus», hech qayoqqa shoshilma-
yotganday juda sekin suzib borar edi. Biz Su-
vayshga yaqinlashgan sari Qizil dengizning suvi
ancha kamtuz bo'lib borishini payqab qoldim.
Kech soat beshlarga yaqin biz shimolda Suvaysh
qo'ltig'i bilan Akobi qo'ltig'i oralig'ida toshloq Ara-
bistonning oxiri hisoblangan Ros-Muhammad bu-
runini ko'rdik.
«Nautilus» Suvaysh qo'ltig'iga kirdi. Ros-Mu
hammad buruni uzra baland tog' aniq ko'zga tash-
lanib turardi. Bu Oreb tog'i edi.
Kechqurun soat oltida «Nautilus» suvga goh
cho'kib, goh uning sathiga ko'tarilib ko'rfazning'
ichkarisida joylashgan Tor ko'rinadigan yerdan
o'tdi. Bu ko'rfazning suvi kapitan Nemo menga ayt-
ganiday, darhaqiqat, qizg'ish tovlanar edi.
Tun vazmin sukunat ichida to'satdan boshlandi.
Bu sukunatni soqoqushlarning qichqiriqlari, to'l-
qinlarning shovullashi-yu, olis-olislardan paro-
xodlarning huvullashlarigina buzib turar edi.
Soat sakkiz bilan to'qqizlar orasida «Nautilus»
bir necha metr suvostiga tushdi. Mening hiso-
bimcha, biz Suvaysh yaqinida edik.
Salon derazasidan men projektorlar bilan yorqin
yoritilgan qoyali sohil tubini ko'rib turardim. Na-
zarimda bo'g'oz borgan sari torayayotganday tuyu-
lardi.
Soat 9 dan 15 minut o'tganda kema yana suv
sathiga chiqib oldi.
Men kapitan Nemoning Arabiston tunnelini tez-
320
roq ko'rishga oshiqardim. 0 ‘zimni qoyishga joy to-
polmay toza havodan nafas olish uchun palubaga
chiqdim.
Ko'p o'tmay men uzoqdan, bizdan taxminan
bir yarim milyalar narida, kechki tumanda xira
ko'rinayotgan yog'duni ko'rdim.
- Bu suzgich mayoq, - yonimda turgan kishi-
ning ovozi eshitildi.
Men kutilmaganda bu ovozni eshitib cho'chib
tushdim. Qayrilib qarasam, kapitan Nemo turibdi.
- Bu Suvayshning suzgich mayog'i, - deb qay-
tardi u. - Hozir biz tunnelga kiriladigan yo'lga yetib
boramiz.
- Unga kirish ham uncha oson bo'lmasa kerak
deb o'ylayman? - deya so'radim men.
- Ha, bu ancha xavfli joy. Shuning uchun tun
nelga kirish oldidan rulni boshqariladigan hujraga
kirib, kemani shaxsan o'zim idora etishni odat qilib
olganman. Endi esa, janob professor, pastga tush-
sangiz: «Nautilus» suvga sho'ng'iydi va shu bo'yi
Arabiston tunnelidan o'tgach, O'rtayer dengizida
suv sathiga ko'tariladi.
Men kapitan Nemoga ergashdim. Lyuk yopilib,
tezervuarlarga suv to'ldirildi va kema yana o'n metr
chuqurlikka sho'ng'idi.
Endi kayutamga ketaman deb turgandim, kapi
tan Nemo chaqirib qoldi.
- Janob professor, - dedi u, - shturval hujrasida
men bilan birga navbatchilik qilishni istamaysizmi?
- Shuni sizdan so'rashga jur’at etolmay turgan
edim, - deb javob berdim.
- Unday bo'lsa, yuring. Siz u yerdan turib bu
yerosti va ayni chog'da suv ostidan suzayotganda
nimaiki ko'rish mumkin bo'lsa, hammasini ko‘ra
olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |