Suv ostida sakson ming kilometr


 Qadimgi Gretsiyaning tarixchi va geograflari



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

1 Qadimgi Gretsiyaning tarixchi va geograflari.

306


chilikka  zarur birorta  asbob-uskuna bo'lmaganidan 

noma’lum oqimlar girdobida tavakkal qilib  suzgan- 

lar.  Bunday  sharoitlarda  halokatga  yo'liqish  juda 

oson bo'lgan. Ammo hozirgi kunda Suvaysh bo'yini 

bilan  janubiy  yarim  shar  dengizlari  oralig'idagi 

reyslarda  qatnovchi  kemalar  Qizil  dengizning 

bo'ronlari  va  mussonlaridan  sira  cho'chimasa  ham 

bo'ladi.  Bu  kemalarning  kapitanlari,  komandasi  va 

yo'lovchilari  suzib  ketish  oldidan  da’fi  ofat  uchun 

qurbonlik bermasalar va  qaytgandan keyin esa  ibo- 

datxonaga  kirib,  marhamatlari  uchun  xudolarga 

sajda qilmasalar ham bo'lardi.

-   Ha,  bug'  dengizchilar  qalbidagi  shukrona 

tuyg'ularini yo'qotdi, -  dedim men hazil qilib. -  Ha, 

aytganday,  siz  bu  dengiz  tarixini  shu  qadar  atrofli- 

cha  o'rganibsiz,  balki uni  nega qizil  deb  atashlarini 

tushuntirib berarsiz?

-   Qadimgilar  unga  bu  nomni  ayrim  qismlarida 

suvining  rangi  g'alati  bo'lgani  uchun  berishgan,  -  

deb javob berdi kapitan Nemo.

-   Ammo  hozirgacha  biz  juda  tiniq,  mutlaqo 

bo'yalmagan suvini ko'rdik.

-   To'g'ri,  ammo  biz  bo'g'ozning  oxiriga  yet- 

ganimizda,  u  yerda  suvning qizg'ishroq tovlanishi- 

ga  ishonch  hosil  etasiz.  Bir  gal  Tor  ko'rfazida  qon 

to'la ko'lday qip-qizil suvni ko'rganim esimda.

-   Suv  rangining bundayligiga  sabab  nima?  Mik- 

roskop ostidagina ko'rinadigan suv o'tlarimi?

-   Ha.  Bu  qirq mingi bir kvadrat millimetrga  joy- 

lashadigan  va  mikroskop  ostidagina  ko'rinadigan 

trixodesmik  o'simlikchalari  ajratgan  shilliq  modda. 

Tor  ko'rfaziga  borgach,  ajab  emas  bu  kamdan  kam 

uchraydigan hodisaning shohidi bo'lsangiz.

-   Demak,  siz  Qizil  dengizga  «Nautilus»da  bi- 

rinchi marta kelishingiz emas ekan-da, kapitan?

307



-   Yo‘q,  birinchi  marta  emas.  Bu  yerga  Suvaysh 

kanalini endi qaziy boshlaganlarida kelganman.

-   «Nautilus»day  kemaga  bu  kanalning  sira  foy- 

dasi tegmaydi,  -  dedim men.

-   Ammo  unga  bo'lmasa,  butun  jahonga  foyda- 

si  bor,  -   deb  javob  berdi  kapitan  Nemo.  -   Qadim- 

gilar  0 ‘rtayer  dengizi  bilan  Qizil  dengiz  o'rtasida 

to ‘ppa-to‘g‘ri  suv  yo‘li  ochish  savdo-sotiq  uchun 

qanchalik  foyda  berishini  juda  yaxshi  tushungan- 

lar.  Ammo  ular  dengizdan  dengizgacha  oddiy kanal 

qazish  mumkinligini  oylab  o‘tirmay,  mashaqqat- 

liroq  yo‘l  tutganlar:  Nil  oqimini  Qizil  dengiz  bilan 

qo‘shganlar. Ana  shu Nil kanalini  qazish ishlari,  ay- 

rim ma’lumotlarga qaraganda, fir’avn Sezostris1 dav- 

rida  boshlangan.  Har  holda  shu  narsa  aniqki,  era- 

mizdan  awalgi  olti  yuz  o‘n  beshinchi  yilda  fir’avn 

Nexo Nildan suv olib, Misrning Arabiston tomonida- 

gi  pasttekislik orqali  o'tadigan kanalni  qazish yuza- 

sidan  ish boshlagan  edi.  Bu  kanal  orqali  Nildan  Qi­

zil  dengizgacha kemalar to ‘rt kunda suzib o'tishlari, 

uning kengligi  esa  ikki  kema yonma-yon  sigadigan 

bo'lishi  kerak  edi.  Kanal  qurilishi  Gistaspning o‘g‘li 

Doro2  hukmronlik qilgan  davrda boshlanib,  aftidan, 

Ptolemey II davrida tugatilganga o‘xshaydi.

Strabon  uni  ishga  tushirilgandan  keyin  ko'rgan, 

ammo  kanal  uncha  chuqur  bo'lmagani  uchun  ke­

malar  Nilda  suv  ko‘paygan  bahor  oylaridagina 

qatnay  olardi.  Kanal  Antoninlar3  asrigacha  ishlab




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish