T o'r t i n chi b o b
QIZIL DENGIZ
29-yanvarda kunduzi Seylon oroli ufq orti-
da ko'rinmay qolgach, «Nautilus» katta tezlik bi
lan Maldiv orolini Lakkadiv orolidan ajratib tur
gan bo'g'ozning aylanma yo'lidan suzib borar edi.
Biz Lakkadiv orollar tizmasining o'n to'qqiz yirik
orollaridan biri - shimoliy kenglikning 10-gradus
1-minuti va 14-gradus 30-minutida hamda sharqiy
296
uzunlikning 69-gradus O-minuti va 50-gradus 72-
minutida joylashgan, 1499-yilda Vasko-de-Gama
ochgan Kittan marvarid oroli yonidan o'tdik.
Suvosti kemasi Yapon dengizidan chiqqanidan
o‘sha kungacha o‘n olti ming ikki yuz yigirma milya
bosib o'tgan edi.
Ertasi kuni, 30-yanvarda, «Nautilus» dengiz sat
higa ko'tarilganda yer ko'rinmay qolgan edi.
Kema endi shimol - shimoli g'arb, Arabiston bi
lan Hindiston yarimoroli oralig'ida yotgan va Fors
qo'ltig'iga kiraverish vazifasini o'taydigan Ummon
qo'ltig'i tomon yo'l oldi.
Kapitan Nemo bizni qayoqqa olib ketyapti? Men
bu savolga o'zimga ham, shu haqda so'ragan Ned
Lendga esa umuman javob bera olmas edim.
- Biz, do'stim Ned, kapitan Nemoning boshi oq-
qan tomonga ketyapmiz, - deb javob berdim unga.
- Bu bizni, yaxshilikka olib bormasa kerak, -
dedi kanadalik. - Fors qo'ltig'iga kiradigan birgina
yo'l bor, chiqadigan yo'l ham shuning o'zi, bordi-
yu, biz unga kirsak, unda, albatta, orqaga qaytishga
to'g'ri keladi.
- Nima qipti, qaytaveramiz-da, Ned. Agar Fors
qo'ltig'idan keyin kapitan Nemo Qizil dengizga
o'tmoqchi bo'lsa, Bobil-Mandab bo'g'ozi uning ke-
masini o'tkazib yuborishga hamisha tayyor.
- Janob professor, Qizil dengiz Fors qo'ltig'i
singari yopiqligini mendan yaxshi bilasiz, - deya
e’tiroz bildirdi Ned Lend, - chunki hali Suvaysh
kanali qazilmagan, binobarin, hatto «Nautilus»day
kema ham bo'lajak to'g'on darvozalari uchun qa-
zilgan chuqurdan o'ta olmaydi. Shunday qilib, Qizil
dengiz bizni Yevropaga sira yaqinlashtirolmaydi.
- Ammo men sizga Yevropaga yaqinlashyapmiz
deganim ham yo'q.
297
- Unda taxminingiz qanday?
- Menimcha, Arabiston va Misr sohillaridan
o'tgach, «Nautilus» yo Mozambik bo'g'ozi yoki
Maskaren orollari yonidan o'tib, yana Hind okea-
niga qaytadi va Yaxshi Umid buruniga boradi.
- Shunday bo'ladi deb, faraz qilaylik, - deya
so'zini davom ettirdi unga xos bo'lmagan qat’iyat
bilan Ned Lend. - Xo'sh, Yaxshi Umid buruniga ye
tib olganimizdan keyin nima bo'ladi?..
- «Nautilus» uni ortda qoldirib, biz hali b o 'l
magan o'sha Atlantik okeanga chiqib oladi. To'g'-
risini ayting-chi, do'stim Ned, nahotki, bitmas-
tuganmas shu suvosti manzaralari sizni charchatib
qo'ygan bo'lsa? Menga kelganda, ochig'ini aytsam,
biror inson hatto orzu ham qilolmaydigan bu ajoyib
sayohat oxirlab qolganda astoydil xafa bo'laman.
- Nahotki, siz, janob professor,- deya e’tiroz
bildirdi kanadalik, - uch oydan buyon shu suvosti
kemasida bandi bo'lib yotganingizni unutgan bo'l-
sangiz?
- Bunisi esimda yo'q, Ned, va eslashni ham ista-
mayman! Men «Nautilus»da o'tkazayotgan soatlar-
ni ham, kunlarni ham sanamayapman.
- Bu ishning oxiri nima bo'larkin?
- Vaqt-soati yetganda ko'ramiz! Bu ishni tez-
lashtirish uchun qo'shimcha biror chora ko'rish
qo'limizdan kelmaydi, behuda tortishuvga esa ho-
jat yo'q. Bordi-yu, mening jasoratli Nedim, menga
kelib: «Qochishga qulay fursat yetdi!» deganida jon
deb siz bilan o'tirib olib, qutulish yo'llarini muho-
kama etardim. Biroq hozircha bunday qulay fursat
bo'lganicha yo'q va ochig'ini aytsam, kapitan Ne
moning, umuman qachondir Yevropa dengizlariga
o'tishiga ortiqcha ishonmayman ham.
Bu qisqa dialogdan men «Nautilus» va uning sirli
298
kapitanining mutaassibona muxlisi bo'lib qolganim
ko'rinib turibdi.
Ned Lendga kelsak, fikrini quyidagi hikmatli
so'zlar bilan tugatdi:
-
Aytganlaringizning hammasi to'g'ri, ammo
menimcha, zo'ravonlik bor joyda halovat bo'l-
maydi!
Keyingi to'rt kun davomida, 3-fevralgacha, «Na
utilus» Ummon qo'ltig'ida turli tezlik va chuqurlik
larda suzib yurdi.
U ma’lum bir yo'nalishni tanlamay, tusmollab
ketayotganga o'xshardi; ammo shu kunlar ichida
biz Rak tropigini biron marta ham kesib o'tgani-
miz yo'q.
Bu dengiz bilan xayrlashishdan oldin biz bir
necha minut davomida Ummonning asosiy shahri
Masqatni kuzatib turdik. Men uning ajoyib man-
zarasiga mahliyo bo'ldim: qoramtir qoyalar oldida-
gi oq uylar va istehkomlar chindan ham nihoyat da
rajada go'zal edi.
Men machitlarning dum-dumaloq gumbazlari,
ko'kka bo'y cho'zgan minoralari, ko'kalamzor ay-
vonlarini zavq bilan tomosha qildim.
Biroq bu manzara ko'pga cho'zilmadi, «Nauti
lus» yana zim-ziyo suv qa’riga sho'ng'idi.
Shundan so n g kemamiz Gadramaut yaqini-
dan unda-munda qadimiy vayronalari bo'lgan tuya
o'rkachlariday baland-past tog' tizmalari yonidan
Arabiston sohillari bo'ylab quruqlikdan olti milya
uzoqlikda suzdi.
Nihoyat, 5-fevralda biz Hind okeanining suv-
lari Qizil dengizga quyiladigan Bobil-Mandab
bo'g'oziga chinakam voronka bo'lib turgan Aden
qo'ltig'iga kirib bordik.
6-fevralda «Nautilus» Aden shahri ko'rinadigan
299
yerda dengiz sathiga ko'tarildi. Bu shahar shu nom-
dagi burunda joylashgan bo'lib, uni qit’a bilan tor-
gina bo'yincha bog'lab turar edi.
Aden o'zining tabiiy sharoitiga ko'ra haqiqiy
Arabiston Gibraltari hisoblanib, 1839-yilda ing-
lizlar tomonidan zabt etilgan va endilikda u olib
bo'lmaydigan qal’aga aylangan edi. Tarixchi Ed-
ridning aytishicha, butun dengiz bo'yida bir vaqt-
lar eng gavjum va boy savdo markazi bo'lgan bu
shaharning sakkiz qirrali minoralarini uzoqdan
ko'rdim.
Kapitan Nemo «Nautilus»ni Adendan orqaga
qaytarishiga ishonchim komil edi. Biroq xato qilgan
ekanman.
Ertasi kuni, 7-fevralda, biz Bobil-Mandab bo‘-
g'oziga kirdik. Bu bo'g'oz arabchada «Ko'z yoshi
eshigi» degan mazmunni ifodalar edi. Bo'g'ozning
uzunligi hammasi bo'lib ellik ikki kilometr va «Na
utilus» uni juda tez suzib, salkam bir soat ichida
bosib o'tdi. Ammo men hech qayerni, hatto ing-
lizlar Adenning dengizga hukmronligini mus-
tahkamlash uchun bosib olgan Perim oroli sohilla-
rini ham ko'rolmadim. Suvaysh bo'ynini Bombay,
Kalkutta, Melburn va avliyo Mavrikiya oroli bilan
bog'laydigan bo'g'oz suvlaridan haddan ziyod ing
liz va fransuz kemalari qatnab turgani uchun «Na
utilus» suv sathida emas, balki muttasil suvga
cho'kkan holda suzdi.
Nihoyat, peshinda biz Qizil dengiz suvlariga kir
dik.
Qizil dengiz! Uning sathiga bulutlar sira yomg'ir
bo'lib quyilmaydi! Ko‘k gumbazi bu dengiz uzra bu
lutlar bilan qovog'ini solmaydi! Unga bironta katta
daryo kelib quyilmaydi! Qizigan quyosh dengiz su-
300
vini ko'p miqdorda bug'latib, har yili uning sathi-
dan bir yarim metr suvni olib ketadi.
Agar bu g'alati qo'ltiq okeandan uzilib, ko'lga
aylanganida u allaqachon qurib qolgan bo'lishi ham
mumkin edi.
Qizil dengiz bo'yiga ikki ming olti yuz kilometr,
eniga o'rta hisobda ikki yuz qirq kilometr keladi. U
Ptolemeylar, fir’avnlar1 va Rim imperiyasi davrida
dunyodagi eng katta savdo yo'li edi.
Suvaysh kanalining ochilishi bu dengizning ilga-
rigi mavqeyini qayta tiklaydi.
Men kapitan Nemoning nima sababdan bu qo'l-
tiqqa kelib qolganligini tushunib olishga harakat
ham qilmadim. Biroq «Nautilus»ning bu yerga ke
lib qolganidan benihoya xursand edim.
Endilikda biz oldimizdan kelayotgan kemalarga
uchramaslik uchun goh dengiz sathida, goh suv os
tida shoshilmay, bir me’yorda suzib borar edik, bi
nobarin, men bu ajoyib suv havzasi bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo'ldim.
8-fevralda quyosh o'z jamolini ko'rsatishi bilan
biz vayronalar shahri, nuragan devorlari bir zamba-
rak ovozidanoq qulay deb turgan Mokkani ko'rdik.
Vayronalar orasida xurmo daraxtlari ildiz otib
ko'm-ko'k bo'lib o'sib yotardi. Bir vaqtlar Mokka
ni aylanasi uch kilometr keladigan tasmaday oltita
bozor, yigirma olti masjid, o'n to'rtta qo'rg'on o'rab
turardi.
«Nautilus» suvi ancha chuqur bo'lgan Afrika
sohillariga yaqinlashib borardi. U yerda biz suvga
cho'kib, ajoyib qip-qizil marjon butalari va suvos
ti qoyalarini gilamday qoplab yotgan yo'sinlar va
fukuslarni zavq bilan tomosha qildik. Liviya sohil
lariga borib taqaladigan bu suvosti qoyalari va
Do'stlaringiz bilan baham: |