T o ' q q i z i n chi b o b
YO'QOLGAN QIT’A
Ertasi kuni, 19-fevralda, ertalab kayutamga ka
nadalik kirib keldi. Uning kelishini kutgan edim.
Ned Lend g'amgin ko'rinardi.
- Bu yog'iga nima deysiz, janob professor? -
deya so'z boshladi u.
- Nima derdim, Ned? - javob berdim men. - Ta-
sodif rejamizni buzdi.
- Ha... - Qayoqdanam bu la’nati kapitanning
xayoliga kemasini xuddi biz qochadigan daqiqada
to'xtatish kelib qoldi!
364
- Nima ham qila olardik, Ned, u o'z xazinachisi-
ni ko'rishi kerak ekan-da.
- Xazinachisini? Nedning ko'zlari katta ochildi.
- To'g'rirog'i, o'z xazinasining kassasini. Har
qanday davlatning juda katta boylik saqlaydigan
xazinasidan ham ishonchliroq okean tubini ko'zda
tutyapman.
Shundan so'ng Ned Lendga o'tgan kecha bo'l
gan voqealami so'zlab berdim va mening bu hiko-
yam uni kapitan bilan yarashtirib, qochish haqida-
gi fikridan qaytarishga majbur qiladi, degan umid-
da edim.
Hikoyamning birdan bir natijasi shu bo'ldiki,
Ned Lend Vigo jangi bo'lib o'tgan o'sha yerlarda
sayr qilmaganidan qattiq achindi.
- Biroq, - dedi u, o'ziga tinchlik bermayotgan
fikrga qaytib, - hali hech narsa yo'qotilgani yo'q.
Kecha kechqurun amalga oshirolmagan ishni bugun
qilishimiz mumkin...
- «Nautilus» qayoqqa qarab ketyapti? - uning
so'zini bo'ldim men.
- Bilmadim.
- Peshinda xaritaga qaraymiz. Kanadalik Kon-
selning yoniga ketdi. Kiyinib, shoshilinch salonga
chiqdim.
Kompas menga ortiqcha tinchlantiradigan yan-
gilikni xabar qilmadi: «Nautilus» janubi g arb to
mon ketayotgan edi. Biz Yevropaga orqamiz bilan
turib qolgan edik.
Men natijasi o'sha zahotiyoq xaritaga tushiri-
ladigan peshindan keyingi kuzatishlarni sabrsizlik
bilan kutar edim.
Soat o'n bir yarimda nasoslar rezervuarlarni
bo'shatdi va «Nautilus» okean sathiga suzib chiqdi.
Men yugurib palubaga chiqdim: Ned Lend mendan
365
oldinroq chiqqan ekan. Hech qanday yer ko'rinmas
edi. Faqat ko'z ilg'amas dengiz. Ufqda bir necha
yelkanli kema ko'rindi. Osmonni bulut qoplagan
edi. Aftidan, bo'ron yaqinlashayotganga o'xshardi.
Bundan ranjigan Ned Lend bulutlar pardasi-
ni ko'zi bilan teshib yuborguday bo'lib qarar edi: u
tuman ichidan o'zi qidirayotgan quruqlikni ko'rish
umidida edi.
Peshinda birpasgina quyosh chiqdi. Bundan foy-
dalangan kapitan yordamchisi kuzatishlarini olib
bordi. Dengiz qattiq chayqala boshlagani uchun
«Nautilus» o'sha zahotiyoq yana suvga sho'ng'idi.
Bir soatdan keyin kemaning qayerda ketayot-
gani xaritaga tushirilgach, men uzunlikning 16-
gradus 17-minutida va kenglikning 33-gradus 22-
minutida eng yaqin yerdan olti yuz kilometr ma-
sofada turganimizni ko'rdim. Bunday sharoitda qo-
chish haqida o'ylab ham bo'lmas edi.
Bu xabardan kanadalikning qanchalik diqqati
oshganligini tasaw ur etish qiyin emas edi.
Menga kelganda, shuni aytish kerakki, bundan
unchalik xafa ham bo'lmadim. Aksincha, yelkam-
dan tog' ag'darilganday bo'ldi va men jon-dilimdan
kundalik ishlarimga sho'ng'ib ketdim.
Kechqurun vaqt allamahal bo'lganida, soat o'n
birlarga yaqin kayutamga kutilmaganda kapitan
Nemo kirib qoldi. U mendan juda mehribonlik bi
lan kecha anchagacha uxlamay yurganimiz char-
chatib qo'ymadimi, deb so'radi. Men sira char-
chamaganimni aytdim.
- Unday bo'lsa, janob professor, men sizni ajo
yib bir ekspeditsiyada qatnashishga taklif qila
man, - dedi u.
- Marhamat, kapitan.
- Siz shu paytgacha dengiz o'zanini kunduzi,
366
quyosh nur sochib turganda ko'rdingiz. Uni qo-
rong'i tunda ko'rishni istaysizmi?
- Jon derdim.
- Oldindan aytib qo'yay, bu juda charchata-
digan sayr bo'ladi. Ancha yayov yurib, tog'ga ham
chiqishga to‘g‘ri keladi. O'zingizga ma’lumki, bu
yerlarning yo'llari qarovsiz yotadi.
- Siz bu gaplaringiz bilan qiziqishimni oshiryap-
siz, kapitan. Men hoziroq izingizdan borishga tay-
yorman.
- Unday bo'lsa, kiyinish xonasiga yuring, ska-
fandrlarni kiyib olish kerak.
Yechinadigan xonada men na kema ekipajining
matroslari va na o'rtoqlarim bu ekspeditsiyada biz
ga hamroh bo'lmasliklarini ko'rdim. Kapitan Nemo
hatto Ned Lend bilan Konselni taklif qilishni ham
aytmadi.
Biz tezda skafandrlaming ichiga kirib oldik. Juda
ko‘p havo zaxirasi bo'lgan rezervuarlami yelkamiz-
ga osishdi. Ammo Rumkorf apparatlari va elektr
lampalarni o'zimiz bilan olmadik.
Men bu haqda kapitanni ogohlantirdim.
- Ular bizga kerak bo'lmaydi, - deb javob ber
di u.
Nazarimda yaxshi eshitolmaganday bo‘ldim-u,
ammo savolimni qaytarolmadim, chunki kapitan
boshini shlemga tiqqan edi. Men ham shlemni kiyib
oldim. Qo'limga tunuka qoplangan hassa berishdi
va odatdagi bir necha minutlik tayyorgarliklardan
so'ng biz Atlantik okean tubida uch yuz metr chu
qurlikda ketib borardik.
Vaqt yarim kechaga yaqinlashgan edi. Atrof
juda qorong'i, ammo kapitan Nemo menga «Nau-
tilus»dan chamasi ikki milya narida gulxanday lo-
vullab turgan allaqanday qizil cho'g'ni ko'rsatdi. Bu
367
qanaqa olov bo'ldi, nimadan chiqyapti, suv ostida
qanday va nimaga yonib turibdi u - bunisi men
ga noma’lum edi. Nima bo'lganda ham u bizning
yo'limizni yoritib turgan edi.
Kapitan Nemo bilan yonma-yon to'g'ri o'sha
olov tomon borardik.
Boshda tekis o'zan, endi sezilarli darajada tikla-
sha bordi.
Biz hassaga tayangancha katta-katta odimlab
borardik, ammo shunga qaramay, umuman juda se-
kin ilgarilardik, chunki oyoqlarimiz suv ostidagi har
xil yig'indilarga yopishib qolar edi.
Bora-borguncha boshim ustida allaqanday ta-
raqlagan ovoz eshitilib turdi. Ba’zan u dupir-dupir
etib, balandlashib, baraban ovozini eslatar edi.
Ko'p o'tmay men shovqinning sababini tushundim.
Okean ustida yomg'ir yog'ayotgan bo'lib, ba’zan
to'lqinlarning uchiga shatirlab urilardi.
Boshda men shalabbo bo'lsam kerak, deb
qo'rqdim, ammo bu fikr shu qadar bema’ni tuyuldi-
ki, o'sha zahoti xaxolab kulib yubordim. Suv ostida
turib, yomg'irdan qo'rqishni qarang! Biroq hamma
gap shundaki, skafandr ichida suvda yurganingiz-
ni his etmaysiz, faqat atrofingizdagi muhit havodan
zichroq ekanliginigina payqaysiz, xolos.
Yarim soat yurganimizdan so'ng toshloq yer
boshlandi. Meduzalar va ko'zga ko'rinmas chi-
g'anoqsimonlar xira fosforli yog'du taratib turardi-
lar.
Ba’zi toshlar, zoofitlar yana boshqalari suv
o'tlari bilan qoplangan edi.
Loy gilami ustida har qadamda tiyg'anib borar-
dim va hassam bo'lmaganda, hech so'zsiz bir necha
marta yiqilishim aniq edi. Orqamga qarab, uzoqdan
368
«Nautilus»ning xiralasha boshlagan projektorini
ko'rdim.
Okean o'zanidagi uyib tashlangan toshlar duch
kelgancha emas, balki allaqanday qat’iy tartib bilan
yotardiki, buning sirini tushunolmadim.
Olisda allaqanday uzun o'ra yoki jo'yak qoron-
g‘ida goh ko'rinib, goh ko'zdan goyib bo'lardi.
Men o'zim tushunolmaydigan yana allaqanday
g'aroyibotlarga zehn soldim. Nazarimda qo'rg'o-
shin qoqilgan vazmin choriqlarim suyaklar ustidan
g'ichirlatib bosib borayotganday edi.
Biz borayotgan bu bepoyon vodiy qanaqa g'alati
joy bo'ldi ekan!
Men buni kapitandan so'rab olmoqchi edim,
ammo u matroslar hamrohligida borayotganida fik-
rini imo-ishora bilan tushuntiradigan shartli tilni
bilmas edim.
Bu orada bizga yo'lchi yulduz bo'lib xizmat qi-
layotgan qizg'ish rang yana-da kuchayib, endi bu
tun ufqqa yoyilgan edi. Suv ostida yonayotgan bu
olov qiziqishimni g'oyat oshirib yubordi. U nima -
elektr yog'dumikin? Yoki yerdagi olimlarga ayon
bo'Jmagan allaqanday kamdan kam uchraydigan
voqeami? Balki, bu biror kishi yoqib turgan olovmi-
kin, degan xayolga ham bordim. Bu yerda, shu chu
qur suv qatlamlarida balki, men kapitan Nemoning
o'ziday g'alati hayot kechiradigan do'stlari va mas-
lakdoshlari bilan uchrasharman? Nahotki, men bu
yerda insonlar adolatsizligidan horib, okean qa’rida
o'ziga mustaqil va osoyishta makon tanlagan butun
boshli quvg'indilar jamoasini uchratsam?
Bu bema’ni, ahmoqona xayollar menga hech
tinchlik bermasdi. Buning ajablanadigan joyi ham
yo'q. Kun sayin yangidan yangi mo'jizalar ko'ri-
369
nishidan tinimsiz hayratlanish holatida dengiz
qa’rida kapitan Nemo orzu qiladigan suvosti sha-
harlaridan biriga duch kelganimda ham sira ajab-
lanmagan bo‘lar edim.
Yo'limiz tobora yorishib bormoqda edi. Yorug'lik
manbayi suv tubidan taxminan sakkiz yuz fut ba-
landlikdagi tog' cho'qqisi ortida edi. Atrofimda
taralib turgan yog'du o'sha manbaning suvda sin-
gan nurlari bo'lib, uning o'zi ilgarigiday ko'zga
ko'rinmas edi.
Kapitan Nemo aylanma toshloq yo'ldan sira ik-
kilanmay borardi. U bu qorong'i yo'lni yaxshi bilar
edi. Adashib qolishidan cho'chimay, dadil borishiga
qaraganda, u bu yo'ldan tez-tez o'tib turgan bo'lsa
ham a jab emas. Men kapitan ortidan komil ishonch
bilan borardim. U menga g'ayritabiiy bir mavjudot,
suvosti mutafakkiri sifatida gavdalanar va uning
qora soyasi ufqning oq fonida ko'rinib turgan ba-
land qomatiga mahliyo bo'lib boqardim.
Soat tungi birga yaqinlashgan edi. Biz tog' eta-
giga keldik. Ammo unga to'g'ridan chiqishning sira
iloji bo'lmagani uchun qalin o'rmon bo'ylab ketgan
torgina yo'lakdan tirisha-tirmasha chiqa boshladik.
Ha, u o'rmon, garchand qurigan, bargsiz, sho'r
suv ichida ko'mirga aylangan daraxtlardan iborat
bo'lsa-da, rosmana o'rmon edi. U yer-bu yerda ul
kan qarag'aylar hamon qad ko'tarib turar edi.
U hali qatlamlarga ajralmagan, qurigan ildizla-
ri esa suv yuvib ketgan yerga hamon yopishib tik
turgan toshko'mir edi; toshga aylanib qolgan da-
raxtlarning shoxlari har tomonga tarvaqaylab, yori-
tilgan suvda qurishib, tim qoraligicha yaqqol ko'zga
tashlanar edi.
Suv o'simliklari qoplagan so'qmoq yo'llarda
minglab chig'anoqsimonlar g'ujg'on o'ynashardi.
370
Men qoyalar ustiga chiqardim, bir vaqtlar
bo'ronlar qulatgan daraxtlar tanalari ustidan hat-
lardim, yo'lni to'sib qo'ygan dengiz chirmovuqla-
rining torlarini uzib tashlardim, yurib turib shox-
dan shoxga uchayotganday suzayotgan baliqlarni
cho'chitar edim.
Qiziqib ketib charchoq ham sezmay, yo'lbosh-
chimdan ortda qolmay borardim, aftidan, u ham
hali charchamagan ko'rinardi.
Naqadar unutilmas manzara! Uni so‘z bilan ifo-
dalab bo'larmidi?! Suvda pastki qismi nim qoron-
g‘i va uchlari qizarib turgan daraxtlar va qoya-
larni, singan nurlarning har tomonga taralib, ka-
malak singari tovlanishini qaysi bo'yoq bilan chizib
bo‘ladi?
Biz cho'qqidan cho'qqiga sakrab o‘tib, hozirgina
ortimizda qolgan qoyaning pastga dumalab ketishi-
dan hosil bo'lgan bo‘g‘iq ovozni eshitardik.
0 ‘ng-u so'ldagi qorong'i yo'lkalar uzoqlarga
cho'zilib ketgan bo'lib, ularni ko'z ilg'amas edi.
Biz xuddi odam qo'li bilan saranjomlab qo'yilgan-
day o'tloqlarni ko'rdik va shunda o ‘z-o‘zimdan
so'rardim: to'satdan oldimizdan shu suvosti o ‘l-
kasida yashaydigan biror odam chiqib qolsa-ya!
Kapitan Nemo hamon ilgarilab borar edi. Men
undan keyinda qolmaslik uchun shaxdam qadamlar
bilan orqasidan borardim. Hassa menga juda katta
yordam berdi. Xato tashlagan bir qadamingiz ham
bu torgina yo'lkalarda tubsiz halokatli jarliklarga
olib tushar edi. Ammo boshim aylanmay ishonch
bilan olg'ayurardim.
Men shunday daralardan sakrar edimki, mabodo
yerdagi muzliklarda bunday chuqurlik uchraguday
bo'lsa, orqaga qaytgan bo'lardim. Oyog'im ostiga
qaramay va ko'z o'ngimda yastanib yotgan antiqa
371
go'zalliklardan tinmay hayratlanib, jarliklarga tash
lab qo'yilgan daraxtlarning omonat yog'ochlaridan
sira cho'chimay o'tib olar edim. Poydevorlarida
juda g'alati og'ib qolgan ulug'vor qoyalar mutano-
siblikning har qanday qonunlarini rad etganday tu
rar edilar. Ularning yonida, so'qmoq ustida yo'nib
qo'ygan kabi tosh jinslari «Yer»dagi har qanday tor-
tish kuchi qonunlariga zid burchak hosil etib osilib
turar edi.
Mening o'zim ham suvdagi muhitning ta’sir eta-
yotganini sezib turar edim: og'ir kiyimlarim, bo-
shimdagi mis shlem va chorig'im tagcharmi o'rniga
qo'rg'oshin qoqilganiga qaramay, deyarli tikka de-
vorlarga tog' echkisiday yengilgina chiqardim.
Hikoyamning shu o'rinlari haqiqatga to'g'ri
kelmayotganday tuyulayotganini o'zim ham se-
zib turibman. Men bir qarashda ehtimoldan uzoq,
ma’nisiz bo'lib tuyuladigan, biroq, ayni choqda ha-'
qiqatan ham mavjud voqealar tafsilotini yozishim
kerak. Men talmovsirayotganim ham, xayol sura-
yotganim ham yo'q. Barcha aytganlarimni o'zim
ko'rdim va his etdim!
Sayohatimiz boshlanganidan ikki soat ke
yin o'rmondan yuqoriga ko'tarildik va bizdan tog'
cho'qqisigacha endi yuz futlar chamasi qolgan edi.
Bu yerda onda-sonda bir-biriga chirmashib, alla-
qanday g'alati naqsh hosil etgan butalargina ko'zga
tashlanar edi. Oyoqlarimiz ostidan gala-gala ba
liqlar baland o'tlar orasidan cho'chib chiqadigan
qushlar singari har tomonga qochishardi.
Yaxlit qoya o'tib bo'lmaydigan darajada kat
ta yoriqlar, chuqur g'orlar, tubi yo'q jarliklar bilan
tilingan bo'lib, pastda nazarimda har xil dahshatli
narsalar ko'rina boshladi. Qisqichbaqa panjasimi,
bir ulkan changal to'satdan yo'limizni to'sib, biz
372
yaqinlashgach, qattiq qarsillaganda yuragimga zarb
bilan qon quyilib keldi. Oorong'ida minglab yorqin
nuqtalar yaltilladi. Bu uyasida yashirinib yotgan
dahshatli qisqichbaqalar, qoziq tishga o'xshash pan-
jalarini harakatlantirayotgan ulkan omarlar1, chan-
gallari ilonlardan iborat tirik to'siq singari burala-
yotgan qo'rqinchli sakkizoyoqlarning ko'zlari edi.
Bu - hali menga ma’lum bo'lmagan bahaybat
maxluqlar olami edi. Qoyalar ularning ikkinchi ko-
salari bo'lib xizmat etayotgan bu bo'g'inoyoqlilar
qaysi turlarga taalluqli ekan? Ularning mavjudli-
gini tabiat qay yo'sinda sir saqlay oldi? Ular ana shu
okean qa’rida necha asrdan buyon yashayapti?
Afsuski, ularni durustroq ko'rib olish uchun
to'xtay olmas edim. Bu dahshatli mavjudotlarga
allaqachon ko'nikib qolgan kapitan Nemo ularga
e ’tibor ham bermay o'tib ketayotgan edi.
Biz tog' ustidagi birinchi maydonchaga chiqqa-
nimizda, u yerda meni yangi tasodif kutib turgan
ekan. Bu baland uyilib yotgan toshlar bo'lib, inson
qo'li bilan yaratilgan saroylar, ibodatxonalar, uylar-
ning vayronalari ekanligi ko'rinib turar edi. Endilik-
da bularning barini chaman bo'lib gullayotgan zo-
ofitlar qoplab, yashil suv o'tlarining chirmovuqlari
o'ragan edi.
Biroq bu qanday quruqlik bo'ldi va qaysi halokat
uni dengiz qa’riga cho'ktirdi? Men qayerda edim?
Kapitan Nemoning fantaziyasi meni qayerlarga
boshlab keldi?
Men undan shularni so'ramoqchi edim. Cha-
qirish imkoni bo'lmagani uchun uning yengidan
tortdim. Biroq shlem ostida boshini chayqab: «Yur!
Nariroqqa yur, nariroqqa!» deganday qo'li bilan tog'
cho'qqisiga ishora qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |