4. Tuproq muhitining ifloslanishi
Ilgarilari ekin maydorlari ancha kichik bo'lib, uning atrofi qalin mevali daraxtlar bilan o'ralgan. Bu daraxtlar tuproqni kuchli esgan shamollardan asragan. Daraxtlar biologik drenaj vazifasini ham bajargan, ya'ni er osti suvini ildizi orqali surib, uni tuproqning yuqori qismiga ko'tarilgani qo'ymagan, yerni zaxarlanishi va sho'rlanishini oldini olishga yordam bergan. Turg'unlik yillarida xo'jaliklarning erlari atrofidagi mevali daraxtlar qo'porib tashlanib ekinzorlar kengaytirildi.buning oqibatida atrofi ochiq (yalang) qolgan dalalarga kuchli esgan shamol tuproqning unumdor qismini o'chirib, eroziyaga uchrashini kuchaytirdi. Bunday hol Qashqadaryo viloyatining Nishon, Chiroqchi, Qamashi, Muborak, Mirishkor kabi rayonlarda ko'plab sodir etildi.
Keyingi yillarda kimyoviy preparatlarni dehqonchilikka qo'llash ancha tartibda olingan bo'lsa ham, 1993 yilda viloyatimizning Nishon, Dehqonobod, Qamashi, Koson rayonlarida makrokko chigirtkasiga qarshi 12 t geksoxloran, 1,5 t xlorofos, 2t BI-58 kabi juda zaharli moddalar qo'llanildi. Yerda yig'ilib qolgan bu zaxarli moddalar o'simlik ildizi orqali surilib, uning mevalariga yig'ildi, xashaklar orqali hayvonlar organizmiga o'tib, uni zaharlaydi. Kishilar tarkibida me'yoridan bir necha marta ko'p zaxarli kimyoviy moddalar bo'lgan suv, oziq-ovaqatli moddalarni iste'mol qilganlari uchun oshqozon-ichak, jigar, nafas olish organlari, nerv sistemasi kasalliklari, shamollash, allergiya, ankologik kabi kasalliklarga ko'p duchor bo'lishdi. Ovqat orqali tushgan kimyoviy zaharli moddalar organizmni, immunitet hosil qilish sistemasini buzadi.
Tuproqning ifloslanishida zavod va fabrikalardan, ayniqsa, kimyo, metallurgiya, issiqlik elektr stansiyalaridan atmosfera ko'tarilgan kul, qurum, zaharli gazlar va changlar asta-sekin erga o'zi yoki yog'inlar orqali tushib tuproqni ifloslaydi. Ma'lumotlarga ko'ra 1 ga toza tuproqda 16-150 ming bakteriya mavjud bo'lsa, 1 ga ifloslangan tuproqda 1 mlrd. gacha mikrob borligi aniqlangan. Natijada tuproq ifloslanib, har-xil yuqumli kasalliklarni, jumladan Sibir yazvasi, vabo, ichburug' tifi, sil kasalligini tarqtuvchi manbaga aylanadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, gaz quvurlariva kabellar atrofidagi 100 metrgacha tuproqni zaharlasa, issiqlik quvurlari 24 metrgacha bo'lgan polosada tuproqni quritib, suv rejimini buzib tuproqdagi mikroorganizmlarning o'lishiga, o'simliklarni qurishiga olib keladi.
Tuproqni ifloslanishida mineral o'g'itlar, zaharli ximikatlar ham ishtirok etadi. Bu zaharli ximikatlar tuproqda uzoq vaqt saqlanib, o'z xususiyatini o'zgartirmasdan to'planib qoladi, oqibatda tuproqni zaharlaydi, undagi mikroorganizmlarga salbiy ta'sir etib, ularni qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Zaharli kimyoviy moddalarning qoldiqlari suv, oziq-ovqat ekinlari orqali insonga ham o'tib, uning salomatligi uchun xavf tug'dirishi mumkin.
Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi tuproq larkibiga m uayyan kimyoviy m oddaning tushishi va m e’yoridan ortishi natijasida tuproqning zaharianishi va xossa-xususiyatlarining o ’zgarishidir. O ’zbckiston Respublikasi m intaqaviy ekoiogik xavfsizlikni ta'm iniashda hal qiluvchi o'ringa ega, ya'ni O'zbekiston o'zining ta b ü y resurslari, intellektual va iqtisodiy im koniyatlari ko’Iami bilan global va m intaqaviy muammolarni hal etishda m uhim o'rin tutadi. H ozirgi zam on ekoiogik muammoiari kishilik jam iyatining barqaror rivojlanishiga x av f solmoqda. Ekologik muammolaming o'ziga xos tom oni shundaki, u chegara bilmaydi, chunki bu muammolar bir butun birlikda tabiatda kechadi. Yer yuzida insonlar tom onidan yerlam ing chegaralarga bo'linishi tabiat nuqtai nazaridan shartlï bo'lib, tabiatda kechayotgan jarayonlar bir - biri bilan uzviy bog’liq. A yniqsa, tuproqda ro'y berayotgan jarayonlar biosferaning barcha qism lari bilan cham barchas bog’liqdir. Tabiatda, xususan, tuproq qoplam ida kechayotgan o ’zgarishlar. ularning taqdiri bilan bog’liq jarayonlarni bilish va u n g ajid d iy yondashish m uhim hisoblanadi. Shu sohada yetishib kelayotgan yosh m utaxassislarni tayyorlashda ushbu maxsus kursning aham iyati kattadir.
“Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi va ularni muhofaza q ilish " fanini talabalarga o’q itish quyidagi vazifalarni qo’yadi: kimyoviy ifloslanishning vujudga kelish sharoitlari va om illarini o'rganish; ifloslanishni turlar, darajalar va tasniflarga ajratish; kim yoviy ifloslanishning oqibatlari, tuproq xossalariga ta'sirini tahlil etish; muammolarni hal etishning ilmiy, amaliy va fundamental yechim lari ham da yangi usul-texnologiyalari tahlili kabi m asalalar ko'zda tutiladi. M axsus kurs bir qator boshqa fanlar bilan uzviy bog’liq holda o'rganiladi. Xususan: tuproqshunoslik fanining ilmiy yutuqlari, qo’llanilayotgan usullari, qonuniyatlari v a nazariyalaridan har tom onlam a foydalanilsa, geografiya fani bilan turli georafik mintaqalardagi xilm a-xil rel’yeflar. geografik-iqlimiy sharoitdagi tadbirlar, tegishli xaritalar, haritogram m a va xaritachizmalar tuzishda birgalikda ish olib boriladi. Ekologiya fani bilan o'rganish predm eti o'xshash bo'lib, bir - birining yutuqlaridan foydalanadi. M ikrobiologiya fani bilan turli kim yoviy ifloslangan hududlar mikrobiologik dunyosini o'rganishda, fiziologik guruhlar bo'yicha tahlil etishda uning usullari asosida ish olib boradi.
Bugungi kunda dun y o bo’yicha yer resurslarini him oya qilish, ularni qayta tiklash va unum dorligini oshirishga butun jahon ham jam iyati jalb cîilraoqda. Chunki insoniyat turm ush farovonligini ia'm inJashda asosiy roi o’ynovchi yer resurslari m intaqaviy yoki umumjahon m iqyosidagi ekologik m uam m oga aylanm oqda. lla r bir ekologik m uam m o yer yuzi va tuproqqa aloqador bo'lib, uning hal etilishi, albatta, tuproq qoplam i bilan uzviy bog’liq holda am alga oshiriladi. Tuproqlarning kim yoviy ifloslanishida inson faoliyati eng katta o'rin tutadi. Bugungi kunda insoniyat faoliyati tufayli, hatto, A ntarktida hududi radioaktiv m oddalar. D D T va ayrim og’ir metallar bilan ifloslangan. X X I asrda ikki k atta omil atrof-m uhitga katta bosim bilan ta'sir ctm oqda: birinchisi - y er yuzi aholisining jadal sur’atda o'sishi bo'lsa, ikkinchisi fan - texnikaning taraqqiy etishi va tabiatga ta'siridir. Yer yuzi aholisi 1969 yilda yiliga 2 % ga oshgan bo'lsa, bu ko'rsatkich tobora oshib bordi va 1992 yilda aholi 5,6 mlrd. kishiga yetdi, bugungi kunga kelib bu ko'rsatkich jadal o’sish bosqichida, 2025 yilga borib 7,6 - 9,4 mlrd. kishiga yetish chtim oii bor. Insoniyat sonining o'sishi bilan yer yuzida va boshqa sfcralarda jiddiy o ’zgarishlar ro'y beradi. Tuproqlarning ifloslanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan shahar aholisi tom onidan chiqarilayotgan chiqindilar m iqdori kun sayin ortib bormoqda . Chiqarilayotgan chiqindidar faqatgina rivojlangan davlatlardagina to ’liq qayta ishlanadi va zararsizlantiriladi, aksariyat davlatlarda esa to 'g ’ridan - to ’g ’ri tuproq qoplam iga ko'miladi, natijada yillar o'tishi natijasida sizot suvlari orqali tuproqlam ing ifloslanishi vujudga kefadi. Tuproq qoplam ining kimyoviy ifloslanishi boshqa m uhitlarga nisbatan kengroq ifloslanish im koniyatiga ega, xususan atm osferaga chiqarilgan gazlar yoki suv maiibasiga tushgan kim yoviy m odda vaqt o’tishi bilan albatta tuproq qoplamiga tushadi. Tabiat m uhofazasi deyilganda insoniyatning hozirgi vakillari va kelgusi avlodlarining moddiy va m adaniy ehtiyojlarini qondirish, insoniyat jam iyatining m avjud bo'lishi uchun qulay shart-sharoit yaratish m aqsadida tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ulam i tiklash va saqlash, atrofmuhitni buzilish va ifloslanishidan m uhofaza qilish borasida davlat tomonidan bclgilangan ishlar ham da ijtim oiy tadbirlarning rejali tizimi tushuniladi.
Xulosa
Insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tabiiy suv tarkibini o’zgartirdi va tezlik bilan o’zgartirmoqda. Shuning uchun suvni muhofaza qilishda, iflos suvlarni tozalashdagi muhandislik usullarini yanada takomillashtirish lozim. Suv quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib qo’yilishi natijasida qaytadan tozalanishi mumkin. Turli bakteriya, zamburug’ va suvo’tlar suvning qayta tozalanishida faol agentlardan hisoblanadi. Lekin suv turli iflos moddalarga haddan tashqari to’yingan bo’lsa u holda uni tozalash uchun turli texnologik usullardan foydalanish kerak.
Keyingi paytlarda suvni ko’p sarflaydigan sanoat tarmoqlari joylashgan sex va zavodlarda chiqindi suvlarni tozalaydigan uskunalar qurilmoqda.
Foydalaniladigan adabiyotlar
U.Y.Odum. Ekologiya.2-tom. – M.: Mir, 2014. - 328 b.
D. Yormatova. Ekologiya. Toshkent – 2012.
D. Yormatova, X.Xushvaqtova. Ekologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent , Fan va texnologiyalar. 2012.
D.Yormatova. Sanoat ekologiyasi. Toshkent. Faylasuflar uyushmasi – 2008.
H.Tursunov, T.Rahimova. Ekologiya. Toshkent, Chinor. 2009-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |