Sut va komponentlar tayyorlash



Download 67,74 Kb.
bet1/4
Sana23.07.2022
Hajmi67,74 Kb.
#841548
  1   2   3   4
Bog'liq
Sut va komponentlar tayyorlash.


Sut va komponentlar tayyorlash.
Reja:




  1. Sutni margarin ishlab chiqarishda qo’llanilishi.

  2. Uni tarkibi, sifatiga bo’lgan talablar.

  3. Mikrofloralar haqida umumiy ma’lumot.

  4. Margarindagi suv-sut-yog’ emulsiyasi.

  5. Margarinni yog’li asosi resepturasini tuzish.

  6. Sutni pasterizasiyalash va sterilizasiyalash, qo’llanishi, texnologik rejim, qo’llanilgan uskunalar.

  7. Sutni achitish.

Sut murakkab kimyoviy tarkibga ega bo‘lib, uning tarkibi qora mollarni zotiga hamda ularni boqish rejimiga bog‘liq.


Sigir sutining tarkibi, % hisobida
Suv 87 dan 89 gacha
Yog‘ 3,0-6,0
Oqsillar 3,4-4,0
Laktoza 4,0-5,5
Mineral moddalar 0,6-0,8
Oqsil – bu, sut albumini, sut globulini va kazeindir. Oqsilning umumiy miqdoriga nisbatan kazein 80 %-ni tashkil etishi mumkin.
Sutdagi quruq qoldiqning mavjudligi, sutning oziqalik qiymatini ifodalaydi va ularning kamayishi sutning suv bilan suyultirilganligini ko‘rsatadi. Sutni tayyorlashning birinchi bosqichida mikrofloralarni yo‘qotish uchun issiqlik ishlovi beriladi. Bunday ishlov berishda ikki usul-pasterizatsiya va sterilizatsiyadan foydalaniladi. Pasterizatsiyada sut 1000C dan oshmagan haroratgacha qizdiriladi, sterilizatsiyada esa harorat 120-1300C gacha ko‘tariladi.
Pasterizatsiyada bakteriyalarning vegetativ shakli nobud bo‘ladi, ammo bakteriyalarning sporalari saqlanadi; sterilizatsiyada esa bateriyalarning barcha shakli nobud bo‘ladi. Yuqori haroratgacha qizdirilganda laktozaning oqsil va bir nechta erkin aminokislotalar bilan amino-karbonil bog‘lari yuzaga keladi va u sutni qo‘ng‘irlashtiradi.
Issiqlik ishlovi berilganda sut yog‘lari kam o‘zgaradi, ammo fermentlar va vitaminlar aktivligi yo‘qoladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi harorat uzoq vaqt ta’sir etganda jadallashadi. Yuqori haroratgacha tez qizdirilganda esa kutilgan sifat o‘zgarishlari yuzaga kelmaydi. Eng samarali issiqlik ishlovi berish, yuqori harorat 1200Cda sterilizatsiyalash hisoblanadi. Pasterizatsiyalangan yoki sterilizatsiyalagan sut tezlik bilan sovutilishi lozim.
Pasterizatsiyalashning ikkita usuli qo‘llaniladi.

  1. Qisqa pasterizatsiyalash, ya’ni 8-10 sek davomida, 90-950 C da qizdirish va sovutish.

  2. Uzoq pasterizatsiyalash, ya’ni 25-30 min davomida , 65-750 C da qizdirish va sovutish.

Bakteriyalarni to‘la yo‘qotish maqsadida aralash (kombinirovannыy) usulda pasterizatsiya qilinadi. Bunda 90-950C da qisqa pasterizatsiyalangandan so‘ng sovitilmasdan shu haroratda ivitish vannalarida 20-30 minut saqlanib turiladi va so‘ngra sovutiladi.
Pasterizatsiyalash uchun turli apparatlar ishlatiladi: uzoq pasterizatsiyalash vannalari, siqib chiqarish barabaniga ega bo‘lgan pasterizatorlar, plastinkali va trubali pasterizatorlar.

Download 67,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish