O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi ta’lim
yo‘nalishi uchun
“SUT, GO‘SHT VA BALIQ MAHSULOTLARI BIOKIMYOSI”
fanidan
TARQATMA MATERIALLAR
Mavzu: Yog‘larning kislotaligini aniqlash.
10-laboratoriya mashg‘ulot
Samarqand-2022
10-laboratoriya mashg‘ulot. Yog‘larning kislotaligini aniqlash.
Mashg‘ulotdan maqsad. Yog‘larning kislotaligini aniqlash olishda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Materiallar va asbob uskunalar. Konus shaklidagi kolbalar 150-200 ml, stakanlar 25 ml, shisha tayoqlar, byuretka 25 ml (yoki mikrobyuretka, 5 ml), etil spirtining, kaliy yoki natriy ishqorining 0,1 n. eritmasi, fenolftaleinning 1 % li spirtdagi eritmasi.
Mashg‘ulot o‘tkazishning mazmuni va uslubi.
Kislota soni deganda 1 g. yog‘dagi erkin kislotalarning milligramlari miqdori tushuniladi. Demak, kislota soni 1 g. yog‘ tarkibidagi erkin, ya’ni glitserin bilan birikmagan, yog‘ kislotalarining miqdorini bildiradi. Yog‘larni saqlash, tashish davrlarida turli omillar ta’sirida, asosan gidrolizlanish natijasida,glitserin bilan birikkan yog‘ kislotalari erkin holda ajralib chiqadi. Natijada yog‘da erkin holdagi aminokislotalar miqdori ko‘payadi. Shu sababli ham kislota soni yog‘ning eski yoki yangiligini yoki saqlash va tashishga qo‘yilgan talablarga rioya qilingan yoki rioya qilinmaganligini bildiradi.
Ishning borishi: Konussimon kolbaga tekshiriladigan yog‘dan (o‘simlik moyi) 3-5 g namuna 0,01 g aniqlikda olinadi. Uning ustiga etil spirtidan 50 ml quyilib, moy yaxshilab eritiladi. Erigan moyga 3-5 tomchi fenolftalein eritmasi qo‘shiladi va aralashtiriladi. Keyin byuretkaga solingan 0,1 N li yoki eritmasi bilan kolba qimirlatib turilgan holda undagi aralashma titrlanadi. Titrlash och qizil rang paydo bo‘lganga qadar davom ettiriladi. Hosil bo‘lgan qizil rang 1 daqiqa davomida yo‘qolmasdan, saqlanib turishi kerak. Titrlash davrida eritma tiniq holda qolishi kerak. Agar eritmada loyqalanish paydo bo‘lsa, tajriba qaytadan o‘tkaziladi. Tajriba natijalari qo‘yidagi formula orqali hisoblanadi:
,
bunrda tekshirilayotgan moyning kislota soni;
titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 N li eritmasi hajmi, ml;
0,1N li eritmasining titri, g/ml;
eritmasining tuzatish koeffitsienti.
Misol. Agar 2,5 g tozalangan kungaboqar moyini tozalash uchun 0,1 N li eritmasidan 1 ml (titri 0,9896) sarflangan bo‘lsa, u holda kislota soni ( ): mg/g ga teng bo‘ladi.
Tajriba natijalari bo‘yicha tekshirilgan moyning qaysi navga taaluqliligi aniqlanadi. Uning uchun olingan natija moylarga qo‘yilgan standart ko‘rsatkichlari bilan solishtirilib ko‘riladi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |