Bog'liq SUT EMUZUVCHILAR BIALOGIYASI, GEOGRAFIYA TARQALISHI VA EKOLOGIYA GURUHLARI
2.2.Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari. • Markaziy nerv sistemasi, 1-galda miya yarim sharlarining kulrang moddasi-oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Shuning uchun sut emizuvchilarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyalari juda murakkab.
• Tirik tug’adi va bolasini sut bilan boqadi. Shuning uchun sut emizuvchilar juda turli tuman sharoitda ko’payish imkoniga ega.
• Termoregulyatsiyaning juda takomillashganitana temperaturasining doimiyligini ta’minlaydi. Bu bir tomondan issiqlik hosil bo’lishini tartibga solish yo’li bilan ikkinchi tomondan fizikaviy termoregulyatsiya deb ataluvchi issiqlik chiqarilishini nafas olish va terlash jarayonida teri qon aylanishini idora qiladi. Issiqlik chiqarishni regulyatsiya qilishda jun qoplami, ayrimlarida esa teri osti yog’ qatlamining ahamiyati juda katta nomsiz arteriya deb ataladi. Odatda bu arteriya aorta yoyidan chiqishi bilan 3 ga: o’ng o’mrov osti arteriyasi, o’ng uyqu arteriysi va chap uyqu arteriyasiga shoxlanadi. O’ng o’mrov osti arteriyasi oldingi o’ng oyoqqa borsa, uyqu arteriyalari esa boshga boradi, boshqa ularning har qaysisi 2 tarmoqqa: ichki uyqu arteriyasi bilan tashqi uyqu arteriyasiga bo’linadi. Aorta yoyidan, nomsiz arteriya asosiga yaqin yerdan chap o’mrov osti arteriyasi mustaqil chiqib, oldingi chap oyyoqqa boradi.
• Sut emizuvchilarning juft tuxumdoni tana bo’shlig’ida joylashib,ichak tutqichi yordamida qorin bo’shlig’ining orqa devoriga yopishgan bo’adi. Myuller kanaliga gomolog bo’lgan juft tuxum yo’li oldingi uchi bilan tuxumdonga yaqin joyda ochiladi. Bu yerda tuxum yo;li keng voronka hosil qiladi. Tuxum yo;lining yuqorigi burilma qismi fallopiyev nayi deyiladi. Keyin kengaygan bachadon qismi, ko’p hayvonlarda toq keng vlafalishega ochiladi. Shu yerda yana siydik chiqarish kanali ham qo’shiladi.Embrion rivojlanishi davrida bachadonda faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan bola o’rni, ya’ni yo’ldosh hosil bo’ladi. Yo’ldoshda g’ovak hosila- xorion shakllanadi. Xorion bachadon epiteliy to’qimasining g’ovak qismi bilan tutashuvchi tuklar- vorsinkalar hosil qiladi. Shu yerda bola va ona organizmining qon tomirlari chirmashadi. Shunday qilib embrion bilan ona organizmining qon aylanish sistemasi bog’lanadi.
Natijada embrion tanasida gazlar almashinuvi, oziqlanish va almashinuv mahsulotlarining chiqarilishi ta’minlanadi. Yo’ldosh juda oddiy bo’lsada, xaltali hayvonlardan boshlanadi. Ularning xorionida vorsinkalar bo’lmaydi, xuddi tuxum qo’yuvchilar singari, bachadon va sariqdon qon tomirlari orasida bog’lanish bor. Xorion hamma vaqt bachadon devorlari bilan bog’liq bo’lgan vorsinkalar hosil qiladi. Ular uch xil: diffuz(kitsimonlarda, tuyoqlilarda, yarim maymunlarda). bo’lakchali(aksariyat kavsh qaytaruvchilarda).diskoidal(hashorotxo’rlar, kemiruvchilar, maymunlarda) plasenta farq qilinadi. Sutemizuvchilarning bosh miyasi nisbatan kata hajmda bo’lishi va murakkab rivojlanganligi bilan boshqa sinflardan farq qiladi oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning boshqa bo’limlarini ya’ni oraliq, o’rta va uzunchoq miyalarni butunlay qoplab yaxshi rivojlangan miyacha tegib turadi. Miyacha ham uzunchoq miyani qoplab turadi. Oliy darajada rivojlangan sutemizuvchilarning bosh miya yarim sharlari va miyachasi po’stlog’i yuzasi ilon izi burmalari, ya’ni egatchalari taraqqiy etganligi bilan murakkablashadi. Primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko’p bo’ladi. Egatchalar katta yarim sharlarning yuza hajmini kengaytiradi. Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo’lib uni oldingi miya yarimsharlari to’liq qoplagani uchun yuqoridan ko’rinmaydi. Oraliq miyada unchalik kata bo’lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo’ladi. O’rta miyaning halmi ham unchalik kata emas. O’rta miya to’rta do’nglikdan iborat . Sutemizuvchilar sinfi 4000 ga yaqin turlarni o`z ichiga oladi va dastlabki darrandalar hamda haqiqiy darrandalar yoki tirik tug`uvchilar deb ataladigan ikki kenja sinfga bo`linadi.
Dastlabki darrandalar Prototheria kenja sinfiga bir teshiklilar Monotremata turkumi kiradi. Ular sutemizuvchilar orasida eng soddasi hisoblanadi. Barcha bir teshiklilar sariq moddaga boy bo`lgan tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi; ichak va siydik-tanosil teshiklari kloakaga ochiladi; sut so`rg`ichlari yo`q, sut bezlari maxsus tarnovchaga ochiladi, bolalari shu yerga chiqqan sutni yalaydi; tana harorati nisbatan past, 25-260C o`rtasida o`zgarib turadi; yumshoq lablari va tishlari bo`lmaydi. Bir teshiklilar turkumiga o`rdakburun, 2 ta tur yexidna va 3 ta tur proyexidna kiradi.Bir teshiklilar faqat Avstraliya, Yangi Gvineya va Tasmaniyada tarqalgan. O`rdakburunning gavdasi qalin va yumshoq jun bilan qoplangan. Tumshug`i serbar yassi o`rdak tumshug`iga o`xshaydi. Voyaga yetgan o`rdakburunlarning jag`larida tishlari bo`lmaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Daryo qirg`oqlaridagi kovaklarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi va suv hayvonlari bilan ovqatlanadi.
Yexidna tashqi ko’rinishidan tipratikanlarga o’xshab ketadi, tanasining orqa va ikki yon tomoni uzun qillar—ignalar bilan qoplangan.
Avstraliyada tarqalgan. Proyexidna Yangi Gvineyada yashaydi, Yexidna
va proyexidna yerni kovlab, hasharotlarning hchinkasi bilan ovqatlanadi.