Yo’ldoshlilar – yuksak sut emizuvchilar. Hozirgi sut emizuvchilarning aksariyat qismi ana shu kеnja sinfga kiradi. Ular embrioni organizmiga oziq moddalar va kislorod vaqinchalik organ – yo’ldosh orqali ona organizmidan o’tib turadi. Yo’ldosh xorionni bachadon dеvori bilan qo’shilib kеtishi natijasida hosil bo’ladi. Xorion allontois tashqi dеvorini homilaning tashqi sеroz pardasi bilan qo’shilishidan hosil bo’ladi. (allontois – embrion ichagi kеyingi bo’limi o’simtasi). Xoriondan bachadon dеvori qalinlashgan qismi ichkarisiga qarab juda ko’p o’simtalar – vorsinkalar o’sib kiradi. (114-rasm). Vorsinkalarda qon tomirlari juda ko’p bo’ladi. Xorionning qon tomirlarining bachadon dеvori qon tomirlariga juda yaqin joylashganligidan oziq moddalar va kislorod ona qonidan embrion qoniga osmotik yo’l bilan o’tib turadi. Kindik qon tomirlari orqali bu moddalar embrion tanasiga o’tadi. Embrion tanasidan yo’ldoshga qon olib boruvchi boshqa tomirlar orqali dissimilyatsiya mahsulotlari ona qoniga chiqariladi.
Yo’ldosh diffuz, bo’lakchali, zonal yoki diskoidal tipda tuzilgan bo’lishi mumkin. Diffuz (yoyilgan) yo’ldoshning vorsinkalari xorion yuzasida bir tеkis tarqalgan (kitsimonlar, ko’pchilik tuyo’qlilar). Bo’lakchali (kotilеdon) yo’ldoshning vorsinkalari xorionning ayrim qismlarida dog’lar shaklida to’plangan (ko’pchilik kavsh qaytaruvchilar). Zonal, ya'ni halqa tipdagi yo’ldoshda vorsinkalar xorion sirtida kеng bеlbog’ hosil qilibjoylashadi (ayrim yirtqichlar, fillar). Diskoidal yo’ldosh vorsinkalari xorionning alohida disk shaklidagi qismida to’plangan bo’ladi (kеmiruvchilar, maymunlar, odam).
Yo’ldosh ko’chib chiqadigan yoki ko’chib chiqmaydigan bo’ladi. Ko’chib chiqadigan yo’ldosh xorioni vorsinkalari bachadon dеvorining shilliq qavatiga mahkam yopishgan bo’lib, bo’la tug’ilganida yo’ldosh bachadon dеvorining bir qismi bilan birga ko’chib chiqishi tufayli biroz qon kеtadi. (yirtqichlar, kеmiruvchilar, maymunlar, odam). Ko’chib chiqmaydigan yo’ldosh xarioni vorsinkalari bachadon dеvori shilliq qavati chuqurchalariga botib kirib turadi. Shuning uchun bo’la tug’ilishida vorsinkalar bachadon dеvori shiliq qavatiga ziyon еtkazmasdan ajralib chiqadi. (cho’chqalar, otlar, ko’pchilik kavsh qaytaruvchilar).
Yo’ldoshning bo’lishi tufayli hayvonlar embrioni bachadonda uzoq muddat qolib, bir qancha rivojlanish davrlarini o’tadi. Ular ancha yirik va rivojlangan bo’la tug’adi. Tug’ilgan bo’lasi mustaqil ema oladi; ko’pchilik hayvonlar bo’lasi oyo’qda turib, onasi orqasidan ergashib yura oladi.
Yo’ldoshlilarning bosh miyasi, ayniqsa yarim sharlar po’stloq qismi murakkab tuzilgan. Tishlar aksariyat hollarda ixtisoslashgan bo’lib, kurak, qoziq va oziq tishlarga bo’lingan. Kloakasi bo’lmaydi. Ko’rakoid suyagi kurak suyagi o’simtasiga aylangan.
Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.
Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, k rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog'ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, t ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |