II. O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
“Aqliy hujum” usulidan foydalanib, o’tilgan mavzu so’raladi. Bunda o’qituvchi tomonidan har bir guruh vakillariga savollar ketma-ketlikda berib boriladi. Savollarga javob bera olmagan yoki javoblarda to’xtalishlar bo’lgan guruh “Harakat qil”, g’olib guruh esa “Rag’bat” kartochkasini qo’lga kiritadi. Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Bobur she’riyati qanday janrlardan iborat?
Bobur hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Bobur qalamiga mansub “Mubayyin al-zakot” asari qanday masalaga bag’ishlangan?
Bobur kimning qaysi asarini tarjima qilgan?
Boburdan bizgacha qanday devon yetib kelgan?
O’quvchilarning javoblari umumlashtirilib, faol guruh rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |