Darsda foydalaniladigan usullar: “Aqliy hujum”, “Klaster”, “BBB”, “Savollar yomg’iri”.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, slayd, rasmli ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, rag’bat va jarima kartochkalari, kopyuter va proyektor
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashilib, davomat aniqlanadi, sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligi ko’zdan kechiriladi. Bugungi dars musobaqa tarzida o’tilishi e’lon qilinib, dastlab uch nafar o’quvchi ekspert sifatida tanlab olinadi. Darsni kuzatish uchun kirgan o’qituvchilardan ekspert guruhi tuzib olinadi. Ekspert guruhi o’quvchilarning har bir shart bo’yicha bergan javoblarini baholab boradi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi: “Topqirlar”, “Zukkolar”, “Bilimdonlar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |