7-mavzu
|
Avtomobillarning sovitish va moylash tizimini joriy ta’mirlash.
|
“AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH”
FANI O’QUV MASHG’ULOTLARIDA TA’LIM TEXNOLOGIYASI MODULI
|
Guruhlаr:
|
1-20 2-20
|
|
|
Dаrs o’tilаdigаn sаnа:
|
|
|
Vaqt 80 daqiqa
|
O’quvchilar soni -
|
O’quv mashg’ulotining shakli va turi
|
Nazariy mashg’ulot.
|
Nazariy mashg’ulot rejasi:
|
1.Dvigatelning sovutish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi.
2.Dvigatelning sovutish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar.
3.Dvigatelning moylash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi.
4.Dvigatelning moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar.
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi - bo’yicha o’quvchilarga tushuncha berish va ularni bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
|
Pedagogik vazifalar.
|
O’quv faoliyat natijalari.
|
1.Dvigatelning sovutish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi bo’yicha ma’lumot beradi.
|
1.Dvigatelning sovutish tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi bo’yicha ma’lumot oladi.
|
2.Dvigatelning sovutish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar bilan tanishtiradi.
|
2.Dvigatelning sovutish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar bilan tanishadi.
|
3.Dvigatelning moylash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi haqida tushuncha beradi.
|
3.Dvigatelning moylash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash texnologiyasi haqida tushuncha oladi.
|
4.Dvigatelning moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar bo‘yicha tasniflaydi.
|
4.Dvigatelning moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar bo’yicha tasniflashni biladi.
|
Ta`lim usullari
|
Bahs-munozara, ma’ruza.
|
Ta`limni tashkillashtirish
|
Gurux bilan ishlash.
|
Ta`lim vositalari
|
Ma`ruza matni, texnika vositalaridan foydalanish
Adabiyotlar:Avtomobillarga TXK va JT.
|
Ta`lim berish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
|
Ta`lim va baholash
|
Og’zaki so’rov.
|
O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIK XARITASI.
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
O’quvchilar
|
1 bosqich
O’quv mashg’ulotiga kirish (5 daq.)
|
Tashkiliy qism
1. O’quvchilar bilan salomlashadi.
2.O’quvchilarning darsga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Maqsad va vazifani belgilanishi
1.Mashg’ulotning nomi va rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
3. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Tayanch bilimlarni faollashtirish
4.O’quvchilarning bilimlarini faоllashtirish maqsadida savоllar bеradi.
Yangi o’quv materiali bayoni
5. Amaliy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi. Mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi.
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
6. Mustahkamlash uchun savollar beradi.
7. Bahs-munozara, ma’ruza usullari orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlaydi. Ularni guruhlarga bo’ladi va ish natijalarini qabul qiladi.
|
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Topshiriqni bajaradilar.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 daq.)
|
Mashg’ulot yakuni
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifaning berilishi
2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
|
Baholari bilan tanishadilar.
Yozib oladilar.
|
Mavzu: Avtomobillarning sovitish va moylash tizimini joriy ta’mirlash.
Moy nasosining detallari dvigatel detallariga qaraganda sekinroq yeyiladi. Shuning uchun ta'mirlash chog'ida nasoslarni to'la-to'kis qismlarga ajratish shart emas, balki nazorat uchun ochib ko'rish, reduksion klapanni tozalash va stendda nasos parametrlarini tekshirishni o'zi yetarli bo'ladi.
Moy nasosi detallarining ko'p uchraydigan nuqsonlari nasos qopqog'i yuzalaridagi, shesterna uyasidagi, shesternadagi, nasosning yetaklovchi validagi yeyilishlar, darzlar va sinishlar, teshiklardagi rezba-larni yeyilishlari va shikastlanishlaridir.
Nasos qopqog'ining yuzasi tekis jilvirlash dastgohida jilvirlab tiklanadi. Korpus ichidagi shesterna uyasini yeyilishlari tokarlik dastgohida maxsus moslamalar bilan ishlov berib yo'qotiladi. Awalo, ichki yuzaga 2 mm dan ortib ketmagan chuqurlikda ishlov beriladi, so'ng uya chuqurligini texnik shartlarda berilgan qiymatini ta'minlagan holda tores yuzasidan kesib tashlanadi. Ishlov berish aniqligi indikatorli qurilma vositasida tekshiriladi. Yeyilgan shesternalarni yangisiga almashtiriladi. Yeyilgan yetaklovchi valikni jilvirlab, vtulkaning ta'mirlash o'lchamiga yoki xromlab nominal o'lchamga tiklanadi. Yeyilgan teshiklar kattalashtirilgan ta'mirlash o'lchamiga moslab razvyortkalanadi va unga zichlab vtulka o'tkaziladi. O'tkazilgan vtulkaning ichki diametriga razvyortka bilan ishlov berilib, nominal o'lchamga keltiriladi. Darzlar va singan joylar payvandlanib, unga mexanik ishlov berilib, bartaraf etiladi. Rezbalari yeyilgan (shikastlangan) teshiklarni tiklash uchun ularga ta'mirlash o'lchamidagi rezba ochiladi yoki payvandlab qo'yish usulida teshikni to'ldirib, so'ng nominal o'lchamdagi rezba ochiladi.
Ta'mirlab va yig'ib bo'lgandan keyin moy nasos sinovdan o'tkaziladi. U texnik shartlarda ko'rsatilgan miqdordagi ish unumdorligini ta'minlashi va bosimni hosil qilishi lozim. Masalan, КамАЗ-740 dvigateli uchun saqlagich klapanlar 0,85 - 0,95 MPa bosimda ochilishi, asosiy magistraldagi bosimni cheklab turishga mo'ljallangan klapan esa, 0,4 -0,45 MPa bosim ostida ishga tushishi kerak.
Dvigatelni ta'mirlashda moy filtrlari yuviladi. Agar zarurat bo'lsa filtrlovchi elementlar va yaroqsiz detallar almashtiriladi. Detallar kerosinda yuviladi va siqilgan havo yordamida puflab quritiladi. Filtr korpusi va qopqog'idagi darzlar va sinishlarni payvandlab, so'ng tekislab bartaraf etiladi. Teshiklardagi yeyilgan (shikastlangan) rezbalarni tiklash uchun ta'mirlash o'lchamidagi rezba ochiladi yoki payvandlab qo'yish usulida teshikni to'ldirib unga nominal o'lchamdagi rezba ochiladi.
Moy o'tkazgichlarni kerosinda yoki kaustik sodaning qaynoq eritmasida, so'ng qaynoq suvda yuviladi va siqilgan havoda puflanadi. Trubkalardagi yoriqlar kavsharlab berkitiladi. Biriktiruvchi nippellarning yaroqsizlari yangisiga almashtiriladi. Ta'mirlashdan so'ng moy o'tkazgichlarni germetikligi ikki daqiqa mobaynida 0,4 MPa bosim ostidagi siqilgan havo yordamida sinovdan o'tkaziladi.
Sovitish tizimining radiatorlari quyidagi asosiy nuqsonlarga ega bo'lishi mumkin: serdsevinani kirlanishi, quyqalarni o'tirib qolishi va trubkalarni teshilishi. Kirlar va quyqalar radiatordan eritmani 60 - 80°C gacha qizdiradigan, uning aylanishini ta'minlaydigan, so'ng radiatorni suv bilan yuvadigan uskunalar vositasida chiqarib tashlanadi. Radia-torning germetikligini tekshirish uchun uni suv to'ldirilgan vannaga botirib 0,03 - 0,05 MPa bosim ostidagi siqilgan havo yuboriladi. Teshik-lardan biriga shlang orqali havo nasosidan havo kirib keladi, qolgan teshiklar esa rezina tiqinlarda berkitib qo'yilgan bo'ladi. Suvda havo pufakchalari paydo bo'lishi nuqsonlar borligidan darak beradi. Qachonki radiatorlar qismlarga ajratilmasdan (bakchalarni olmasdan) ta'mirlansa, ularning germetikligini tekshirish quyqalarni tozalagandan so'ng amalga oshiriladi. To'sib qo'yilgan va pachoqlanib ketgan trubkalar yangisiga almashtiriladi. Trubkalarni almashtirish uchun radiator bakchalari serdsevinadan ajratib olinadi. So'ng trubka shaklidagi qizdirilgan po'lat sterjen yordamida nuqsonli trubkalar kavsharlangan joyidan ajratiladi va ombir vositasida serdsevinadan sug'urib olinadi. Ular o'rniga yangisi yoki ichiga sterjen tiqib-sug'urib olingan trubka kavsharlanib, qaytadan joylashtiriladi. Sterjen sug'irib tashlanadi va o'rnatilgan trubkalarni uchlari jo'valanadi. Keyin trubka uchlari serdse-vinaning tayanch plastinasiga kavsharlanadi. Yuqorigi va pastki bakcha-lar ham o'z o'rniga kavsharlab qo'yiladi. Ta'mirlangan radiatorni ichiga havo haydab vannada tekshirib ko'riladi.
Suv nasosi detallarida uchraydigan asosiy nuqsonlar - nasos korpusidagi singan joylar va darzlar, valikning egilishi va yeyilishi hamda shponka ariqchasining yeyilishidir. Suv nasosi korpusidagi darzlar va -fianesdagi singan joylar payvandlash orqali yo'qotiladi. Detal oldindan qizdiriladi va payvandalashni asetilen-kislorodning neytral alangasida amalga oshiriladi. Darzlarni epoksid smolasida ham yamash mumkin. Egilgan valik zarb ostida to'g'rilanadi. Valikdagi yeyilish kichik bo'lgan-da uni xromlab tiklanadi va nominal o'lchamga jilvirlanadi. Yeyilgan shponka ariqchasi esa payvandlab to'ldiriladi, so'ng eskisiga nisbatan 90 - 180° burchak ostida yangi ariqcha frezerlanadi. Ta'mirlashdan keyin yig'ilgan nasos stendda tekshirib ko'riladi. Suv nasosi sinalganda va ishlaganda undan suv oqmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |