Yig‘ilish raisi : Sh.Norkuvatova
Yig‘ilish kotibasi: D.Devonova
Termiz shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan pedagogik kengash qaroridan KO‘CHIRMA
09.01.2022-yil 4 - sonli Termiz shahri
Pedagogik kengash raisi S.M.Turayev
Pedagogik kengash kotibasi G.Hamrayeva
Qatnashdi: 95 nafar pedagog xodim
Qatnashmadi:
Kun tartibi:
1. 2021-2022-o‘quv yilining 2-chorak yakuni, 3-chorak vazifalari
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli.
3. “Direktor jamg‘armasi”dan pedagog xodimlarga beriladigan ustama ish haqini monitoringini tahlili.
4. Har xil masalar.
Eshitildi:
Birinchi masala …… .
Ikkinchi masala …… .
Uchunchi masala …… .
To‘rtinchi masala yuzasidan O‘TIB direktor o‘rinbosari X.Begashev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘ining 2-ilovasiga ko‘ra qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bob 22-bandiga asosan, “Har bir fan oyliklarining yakuni umumiy o‘rta ta'lim maktablarining Metodbir lashmalarida muhokama qilinadi.
Fan oyliklari yakunida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining Metodbirlashmasi rahbari tomonidan ma'lum bir fan o‘qituvchisining ish tajribasini ommalashtirish bo‘yicha maktabning pedagogika kengashiga tavsiya etishi mumkin”ligi qayd etilganligini va 2021-2022-o‘quv yilining 1-yarim yilligidan boshlab Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, rahbar xodim hamda metodistlar ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm – fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6108-son Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884 son qarorlari asosida ishlab chiqilganini aytib o‘tdi.
Shunga asosan maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Ishmurzayeva Xayotxon, hamda kimyo fani o‘qituvchisi Norkuvatova Shabnamlarning o‘tgan ochiq darslari “namunali” deb topilganligi va metodbirlashma rahbarlari tomonidan tavsiya etilgan va pedagogik kengashda ko‘rib o‘tilishi hamda bu darslarni maktab miqyosida ommalashtirish bo‘yicha qaror chiqarish kerakligini aytib o‘tdi.
Ko‘rilgan 4-masala yuzasidan pedagogik kengash qaror qiladi:
1. Maktabda o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan darslar “namunali” deb topilsin.
2. Biologiya fani o‘qituvchisi Ishmurzayeva Xayotxonning 8-“V” sinfida biologiya fanidan “Ovqat hazm qilish sistemasi organlarining tuzilishi va funksiyasi” mavzusidagi va kimyo fani o‘qituvchisi Norkuvatova Shabnamning 7-“B’’ sinfida kimyo fanidan “Kimyoviy reaksiya turlari” mavzusidagi dars ishlanmalari maktab miqyosida ommalashtirilsin.
3. Biologiya fani o‘qituvchisi Ishmurzayeva Xayotxon va kimyo fani o‘qituvchisi Norkuvatova Shabnamlarning dars ishlanmalari Shahar xalq ta’limi bo‘limiga shahar miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilinsin
4. Ushbu Pedagogik kengash qarori ijrosini nazorat qilish maktab direktori zimmasiga yuklatilsin.
Pedagogik kengash raisi: S.Turayev
Pedagogik kengash kotibi: G.Xamrayeva
Termiz shahar o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘basi
Kengash yig‘ilishining
Do'stlaringiz bilan baham: |