Surxondare viloyati arxeologiya muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi — Markaziy Osiyoda yagona boʻlib, Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlash munosabati bilan tashkil etilgan (1998). Muzey binosi 100 ming eksponatni oʻz zahiralarida saklash imkoniyatiga ega. Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyining arxeologiya fondiga tegishli 8430 ta, numizmatika fondiga tegishli 5000 ta eksponat muzey hisobiga oʻtkazilgan. Hozirgi kunga kelib, 10 mingdan ziyod arxeologik ashyoviy topilmalar, 9000 dan ortiq numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mavjud. Muzey fondidagi eksponatlarning umumiy soni kariyb 20 mingga yetdi. 16 ming asar saqlanadigan ilmiy kutubxona fondi qam muzey tasarrufida (2004).
Muzey binosi ustunli peshayvon (galereya) tarzida qurilgan. Kirish zalidan koʻrgazmalar qoʻyilgan quyidagi 9 ta zalga oʻtiladi: 1) Surxon vohasi tosh davrida (mil. av. 100—3ming yilliklar); 2) Surxon vohasi jez davrida (mil. av. 3—1ming yillik boshlari); 3) Kds. Baqtriya madaniyati (mil. av. 1ming yillik boshlari — mil. av. 4-asr); 4) Baqtriyaning makedoniyalik Iskandar va ellinistik davlatlar davri madaniyati (mil. av. 329 y. — mil. av. 2-asr oʻrtalari); 5) Qad. Baqtriyaning Kushon davri madaniyati (mil. av. 1 — mil. 3-asrlar); 6) Shim. Tohariston ilk oʻrta asrlar davrida (mil. 4—7-asrlar); 7) Shim. Tohariston rivojlangan oʻrta asrlar davrida (9—12-asrlar 1choragi); 8) Termiz va Chagʻoniyonning Amir Temur va temuriylar davri madaniyati (1370 y. — 16-asr boshlari); 9) Surxon vohasi 16—20-asr boshlarida.
Zalning oʻrtasida pult bilan boshkariladigan Surxondare viloyatining topografik relyefi, arxeologik yodgorliklar haritasi, toʻrda esa koʻhna Termiz sh. qalʼasining loiihasi qoʻyilgan. Surxondare viloyati arxeologiya muzeyia.m. bazasida 2002 yilning noyabrda Oʻzbekiston muzeylarining ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
M uzey xalqaro miqyosda oʻtkaziladigan koʻrgazmalar, anjumanlarda noyob eksponatlari bilan qatnashish imkoniyatiga ega.
Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi
Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi — madaniy ma'rifiy muassasa. Termiz shahrida 1934 yilda (1933 yilda uyushtirilgan xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida) tashkil qilingan. Muzeyda Termiz va termiziy allomalar tarixi, qadimshunoslik va tangashunoslik, xalq og‘zaki ijodi, etnografiyasi, xalq, amaliy san'ati, o‘lka tabiati, sporti, tasviriy san'at bo‘limlari hamda 14 ming nusxadan ziyod asarga ega kutubxona bor. Muzey fondi 64 mingdan ortiq (2004). Eksponatlar Surxondaryo viloyatining eng qadim zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixi va madaniyati haqida hikoya qiladi: turli davrlarga oid zargarlik buyumlari, turli davrlarda zarb qilingan tangalar, hunarmandlik buyum lari, ganch o‘ymakorligi, me'moriy yodgorliklar qoldiqlari, sopol buyumlar, haykalchalar, to‘qimachilik dastgohlari, uy anjomlari, ish qurollari mavjud. Muzey madaniy-ma'rifiy ishlarni amalga oshiradi, ko‘rgazmalar tashkil etadi, ilmiy ishlar nashr qiladi, boshqa ko‘pgina ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |