Allomalar din to’g’risida .Islom nurli ma’rifat dini - Reja
- 1. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shganhissalari
- 2.G’arb olimlari din to’g’risida
- Yangi jamiyat va davlat qurishga qodir bo‘lgan avlod tafakkuriningshakllanishida, millatning o‘zligini anglashida boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz g‘oyat muhim ahamiyatga ega.Davlatimizning qanchalik tez ulg‘ayishi, kuch-quvvatga to‘lishi, dunyo hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi, avvalambor, xalqimiz ma’naviysaviyasi, g‘ururi va faxri nechog‘liq yuksak boishiga bog‘liq. Asrlar davomida aql zakovat bilan bunyod etilgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag‘ruryashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi. Ana shu milliy ong,milliy g‘urur bugungi hayotimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga buyukallomalarimiz Beruniy va Forobiy, Moturidiy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn SinoXorazmiy, Zamaxshariy, Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy,Navoiy va Ulug‘bek kabi yuzlab ulug‘zotlar asos solganlar
Davomi… - Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom taraqqiyotiga qo‘shganhissalariIslom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyosidataraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo'shganlar. Garchi islom diniArabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bolsada, madaniy jihatdan arab badaviyqabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo'yicha anchaustun bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdanrivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir
- ko'rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy. Burhoniddin al-Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro vaBahovuddin Naqshband kabi mutafakkirlami eslash kifoyadir.
Davomi - Ulaming nomlaributun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikkaerishilgach, O'zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilikdavrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlamingnomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoyaxayrli siyosat olib bormoqda.Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqlihissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida engnufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to’plamining (as-sahihas-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibnIsmoil al-Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819-874), Abu IsoMuhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud SulaymonSijistoniy (817-880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830-915), Imom Abu Abdulloh kabi siymolardir
Do'stlaringiz bilan baham: |