Surxandaryo viloyati maktabgacha


-24-Mavzu: Bola tarbiyasida o’yinchoqlarning talim’ tarbiyaviy ahamiyati va MTT da o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish



Download 1,45 Mb.
bet45/93
Sana08.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#536981
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
Bog'liq
MAHBUBA UMKA

23-24-Mavzu: Bola tarbiyasida o’yinchoqlarning talim’ tarbiyaviy ahamiyati va MTT da o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish.
Reja
1. O’yinchoqlarning kelib chiqish tarixi

  1. O’yinchoqlarga qo’yiladigan talablar

O‘yinchoq — bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlabularga yo‘ldosh quvonch manbayi. 0 ‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. 0 ‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umum -lashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. 0 ‘yinchoqlar bolalarda ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi. 0 ‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv o‘yinchoq tanlashga boigan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigiyenik, badiiy talab orqali o‘yinchoq tanlanadi.


Pedagogik talablar. 0 ‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. 0 ‘yinchoq bolada oliyjanob tuyg‘ularni uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlarni tarbiyalashi, voqelikka nisbatan oliyjanob tuyg‘ular uyg‘otishi,ijobiy axloqiy tajriba to‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.0 ‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o'yinchoqqa quyidagi talablar qo'yiladi.
Gigiyenik talablar. 0 ‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har tomonlama uyg'unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to'ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. 0 ‘yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatiariga to'la mos kelmog‘i lozim.To‘g‘ri tanlangan o'yinchoq bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoq -larning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilar- ga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ularni shakllantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘ir- choq bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan
ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o'yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o'rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.0‘yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) boladako‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o‘stirishga yordam beradi.
O'yinchoqlarni turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:
sujetli-obrazli;
• texnika o‘yinchoqlari;
• qurish-yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;
• didaktik o‘yinchoqlar;
• sport va harakatli o‘ymlar uchun mo'ljallangan o‘yinchoqlar;
• yig‘ma-bo‘linma o‘yinchoqlar;
• teatr va dekorativ o‘yinchoqlar (soya va qo‘g‘irchoq teatrlarining personajlari, dramalashtirilgan o‘yinlar uchun kiyimlar, archa o‘yinchoqlari);
• o‘yinchoq-ermaklar;
• ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;
• qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yinjihozlari.
Sujetli-obrazli o ‘yinchoqlar sujetli-rolli o‘yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g‘amxo‘rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek, kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.Texnika о ‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo‘lganqiziqishni uyg‘otib, ulami o‘z o‘yinlarida qo‘llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash о ‘yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish
jihatidan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlar o‘ynashda buyumning
asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish
materiallari bilan o'ynaladigan o‘yinchoqlarning asosiy tipi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, silindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to'plami.
b) turli blok — devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa
arxitektura va qurilish materiallari. 0 ‘ynashga mo‘ljallangan
mayda (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada)
qurilish materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin.Didaktik o ‘yinchoqlammg asosini xalq o'yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaikalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.Harakatli о ‘yinlarga mo ‘Ijallangan о ‘yinchoqlar: suv, qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar, chambaraklar, kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.Musiqali va teatrlashtirilgan о ‘yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.0 ‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo'ladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, sujetlari esa vaqtichog'lik bag‘ishlaydi.Qo‘lbola о ‘yinchoqlami kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar.
0 ‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra hunarmandchilik, qo'lbola
usulda, fabrikada tayyorlanadi.
.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish