Surxandaryo viloyati maktabgacha


-Mavzu:Jismoniy tarbiyaning mazmuni va asosiy tushunchalar.MTT da jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari



Download 1,45 Mb.
bet47/93
Sana08.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#536981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
MAHBUBA UMKA

25-Mavzu:Jismoniy tarbiyaning mazmuni va asosiy tushunchalar.MTT da jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Reja:
1.Jismoniy tarbiyaning mazmuni.
2.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning mazmuni va vositalari

Asosiy tushunchalar. 0 ‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashki -lotlarining birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog‘liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlarni Rivojlan -tirishga, yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir.Jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi ta’limot pedago -gikaning tarkbiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta’rif berilganda, «badantarbiya», «jismoniy barkamollik», «jismoniy tarbiya», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalar qo‘llaniladi.«Badantarbiya» tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. U xalq madaniyatining bir qismi sifatida qaraladi. Badantarbiya jamiyat odamlarini jismoniy jihatdan mukammallashtirish uchun to‘plangan, vujudga keltirilgan va foydalaniladigan moddiy hamda madaniy qadriyatlar yig'indisidir.


Badantarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:
1) mehnat va turmushdagi ko‘nikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejimga doir odatlar (faoliyat va dam olishnirjg oqilona tartibi, uyqu, ovqatlanish gigiyenasi va h.k.);
2) tabiatning tabiiy sharoitlarida (havo, quyosh va suv) oganizmni chiniqtirish;
3) jismoniy mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Jismoniy barkamollik odamning tarixan shart qilib olingan uyg‘un jismoniy rivojlanishi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi darajasi bo‘lib, u jamiyat talablariga eng maqbul tarzda mos kelishi kerak.Jismoniy rivojlanish — odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o‘zgarishini ifodalaydigan biologik jarayon. Tor ma’noda bu antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlar: bo‘y, tana og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pka sig‘imi, qaddi-qomat va boshqalardir. Jismoniy tarbiya bilan tarbiya boshqa jihatlarining o‘zaro aloqasi, bir tomondan, tarbiya maqsadi va vazifalari birligi bilan, boshqa tomondan, shaxs tuzilishi va uning rivojlanishida biologik va ijtimoiy hodisalarning birligi bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida ongni rivojlantirishga, axloqqa muvofiq odamlar xulq- atvoriga faol ta’sir etish mumkin.Mustahkam salomatlik va to'laqonli jismoniy rivojlanish ishchanlikni, turli xildagi vazifalarni bajarishga tezda moslashishni belgilaydi. Jismoniy mashqlar organizmning o‘sishi va rivojlanishiga, uning funksional imkoniyatlari kengayishiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Rejim jarayonlarini, jismoniy mashqlarni o‘tkazish, chiniqish paytida bolalarning dunyoqarashi o‘zgaradi, ular ayrim eng oddiy bilimlarni egallaydilar. Mustahkam sog‘lik faol aqliy faoliyatning asosi hisoblanadi.Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan bog'liqdir. Bolalar gigiyena, chiniqtirish tadbirlarini, harakatli o‘yinlarni bajarish chog‘ida faqat axloqiy xulq-atvor (mardlik, halollik, tartiblilik va h.k.) to‘g‘risidagina tasawurlarga ega bo‘lib qolmay, shu bilan birga ana shu xulq-atvor xususida mashq qiladilar, ularda irodaviy sifatlar(qat’iyat, mustaqillik va h.k.) rivojlanadi. Aksariyat jismoniy mashqlarning his-tuyg‘uga boyligi ularning bola shaxsini shakllantirishga ta’sirini kuchaytiradi.Jismoniy tarbiya asosan ishning jamoa shakllarida amalga oshiri­ladi. Jismoniy mashg‘ulotlarda, harakatli o‘yinlarda bolalarda jamoat- chilik tuyg‘usi shakllanadi, uyushqoqlik, intizom tarbiya –lanadi.Jismoniy tarbiya bilan estetik tarbiyaning aloqasi dastavval shunda o‘z ifodasini topadiki, tolaqonli jismoniy rivojlanish — bola estetik tashqi ko‘rinishining garovidir. Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmuyi o‘rganadi. Ularning asosini I.M. Sechenov, I.P. Pavlov va ular izdoshlarining organism va muhit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchilik roli haqidagi ta’limoti tashkil etadi.Oliy asab faoliyati, shartli reflektor, organizmning muhit bilano‘zaro aloqasini va unga eng ko‘p darajada moslashuvini ta’minlovchi asosiy qonunlarning kashf etilishi bolani to‘laqonli jismoniy va ijtimoiy rivojlantirishda tarbiyaning rolini to‘g‘ri tushunishga, bolalar organizmining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berdi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish