| TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI |
“Tasdiqlayman”
O’quv ishlari boyicha prorektor
N.X.Raxmankulova _____________
“_____”_________________2021-yil
“SURDOPSIXOLOGIYA” fanidan
SILLABUS (ishchi dastur)
2-kurs
Fanning kodi:
|
SurPsM10010
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5111900 – Defektologiya (Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim)
|
Semestr:
|
3-4
|
Kreditlar soni:
|
6-4
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
Semestr
|
III
|
IV
|
Nazariy (ma’ruza)
|
60
|
30
|
30
|
Amaliy
|
90
|
60
|
30
|
Mustaqil ta’lim
|
150
|
40
|
110
|
Kurs ishi
|
|
+
|
+
|
Jami auditoriya soatlari
|
150
|
90
|
60
|
Umumiy o’quv soatlari
|
300
|
130
|
170
|
Toshkent – 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil “____”_________dagi ______-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Surdopsixologiya” fanidan tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
S.M.Pulatova - “Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
G. Maldabekova - Chirchiq davlat pedagogika instituti Defektologiya kafedrasi dotsenti, PhD
X. Akromova - A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri p.f.n. dots
Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti dekani:
2021 yil “ ______” _________________________
Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim kafedrasi mudiri:
2021 yil “______ ” ________________________ Mamarajabova Z.N.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2021-yil “ ___” ________dagi _____ - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Professor-o’qituvchi: Pulatova Saodat Maxamadaminovna
Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Bog’lanish uchun telefon nomeri:(+99890) 345-44-20
E-mail: Saodat.pulatova.77@bk.ru-e.mail
(Eslatma: tayanch Sillabus asosida har bir o’qituvchi o’zining individual-shaxsiy ishchi dasturini tuzadi).
Prerekvizitlar:
Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart:Umumta’lim maktablarining “biologiya” (5-10 sinf) darsliklari.
Postrekvizitlar:
Fan tugallanganidan so’ng, talabalar quyidagi modul boyicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalarni rivojlantirish va korrektsiyalash jarayonida maxsus ta`lim-tarbiyaning roli; rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun maxsus muassasalar tizimi, korreksion-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish, tahlil etish va baholash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar kamchiliklarini to’gri ta`riflab berish, ularga psixologik-pedagogik tavsif berish usullarini bilishi kerak;
Fanni o’rganishning zaruriyati.
Talaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va usullarini ilmiy asoslagan holda to’g’ri tanlay olish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun didaktik materiallarni tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
Talaba korreksion pedagogik jarayonni nazariy-amaliy taxlil etish, ta`limni tashkil etish shakllari, usullarini amalda samarali qo’llash, ota-onalar bilan ishlash, rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya nazariyasini amalda qo’llash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Surdopsixologiya fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejada rejalashtirilgan umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, defektologiyaning klinik asoslari, maxsus psixologiya (logopsixologiya, tiflopsixologiya, oligofrenopsixologiya) fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning maqsadi – talabalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar uchun korreksion ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari hamda usullari boyicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |