Maktabgacha tiflopedagogika va tiflopsixologiya fanining asosiy maqsad va va’zifalari, maktabgacha yoshdagi ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni pedogogik tasifi,



Download 18,6 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,6 Kb.
#273088
Bog'liq
6-mavzu


Maktabgacha tiflopedagogika va tiflopsixologiya fanining asosiy maqsad va va’zifalari, maktabgacha yoshdagi ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni pedogogik tasifi,ko’r va zaif ko’rish tushunchalari, ularning tavsifi

Maktabgacha tiflopedagogika fanining maqsadi,

vazifalari, predmeti va ob’ekti

Tiflopedagogika (grekcha «typhlos» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘r va pedagogika ma’nolarini anglatadi) – ko‘rish jarayoni buzilgan shaxslarni tarbiyalash va o‘qitish muammolarini ishlab chiqaruvchi defektologiya bo‘limi hisoblanadi. U umumiy pedagogikaning bir qismi va defektologiyaning bo‘limlaridandir. Umumiy pedagogikaning bo‘limi sifatida dialektik falsafa, insonparvarlik tamoyillari asosida, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalar rivojlanishining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda umumdidaktik tamoyillarda rivojlanadi. Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi – I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumoti sanaladi.Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonlari va qonuniyatlari—maktabgacha tiflopedagogika fanining predmeti hisoblanadi.



Tiflopedagogika fanining ob’ekti – ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar.

Tiflopedagogika fanining asosiy maqsadi– ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va buzilgan funksiyalarni kompensasiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqishdir.

Tiflopedagogika fani optimizm va chuqur insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U ko‘rishida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berishga ko‘maklashadi.



Tiflopedagogikaning vazifasi – bolalardagi to‘laqonli bo‘lmagan ko‘rish funksiyalaridan unumli foydalanish va ta’lim jarayonida ularni rivojlantirish, ularni saqlab qolish uchun sharoitlar yaratib berish, psixik va jismoniy rivojlanishda ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish va engib o‘tish uchun maxsus yo‘naltirilgan korreksion-pedagogik ishlarni olib borishdir.

Aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiya masalalarini pedagogik jihatdan hal etishda, politexnika ta’limida, tiflopedagogika, ularning psixologik-pedagogik, klinik-oftolmologik kompleksining xususiyatlarini rivojlanishini o‘rganishga tayanadi, chunki shulargina o‘quv-tarbiya jarayonini korreksiyalash va o‘rnini to‘ldirish yo‘nalishida bo‘lishini ta’minlaydi.

Ko‘ruv jarayoni chuqur buzilgan bolalar rivojlanishining korreksiyasi umumta’lim va mehnat tarbiyasi jarayonida hamda maxsus korreksiya mashg‘ulotlarida va yakka mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.

Tiflopedagogika fanining asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil etadi:

● ko‘rishda jiddiy nuqsoni bo‘lgan shahslarni psixologikpedagogik va kinetik jihatdan o‘rganish;

● ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanish anomaliyalari va ko‘rish funksiyasi tuzilishlarini aniqlash;

● ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda buzilgan funksiyalarni to‘la rivojlangan funksiyalar bilan kompensasiyalash, korreksiyalash;

● ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ko‘rish funksiyalarining rivojlanish imkoniyatlarini o‘rganish;

● ko‘r va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalarning tiplari va strukturalarini belgilash;

● to‘laqonli bo‘lmagan ko‘rishni muhofaza qilish va rivojlantirishbo‘yicha gigienik tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

● ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni reabilitasiya va integrasiyalash masalalarini hal etish;

● tiflopedagogika zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni yechishda umumiy, pedagogika, psixologiya, fiziologiya, oftalmologi-106 107ya, maktab gigienasi, bolalar nevrologiyasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Tekshirish uchun savollar

1. «Tiflopedagogika» so‘zini izohlab bering.

2. Tiflopedagogikani fan sifatida ta’riflab bering.

3. Tiflopedagogika fanining predmeti, ob’ekti va ahamiyatini

sharhlang.

4. Tiflopedagogika fanining maqsad va vazifalari nimalardan iboratligini izohlang.



Tayanch so‘zlar

1. Tiflopedagogika–greksha «typhlos» ko‘r va pedagogika



ma’nosini anglatadi.

2. Korreksiya – tuzatish, to‘g‘irlash, silliqlashtirish.

3. Oftolmolog – ko‘z shifokori.

4. Kompensasiya – o‘rnini qoplash.
Download 18,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish