Super star



Download 17,48 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi17,48 Kb.
#559387
Bog'liq
SUPER STAR


SUPER STAR” tanlovi
NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1.1. “Super star” tanlovi (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu tanlov tashkil etildi.

1.2. Tumandagi ta’lim muassasalarining 9-11-sinf o‘quvchilari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Tanlov xorijiy tillar va rus tilida olib boriladi.


1.3. Tanlov xorijiy tilda kuylangan qo‘shiqlarni kover usulida kuylash asosida tashkil etiladi.
1.4. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi tashkiliy qo‘mitasi tanlov nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.
1.5. Tanlov ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib boriladi.


II. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar

— 2.1. Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – Bugungi kunda barcha sohalarda o‘zgarishlar va yangilanishlar ro‘y bermoqda, jumladan ta’lim sohasida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilarning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish. O‘quvchilar orasidagi birlikni ta’minlash, yangi istedod va iqtidorlarni kashf qilish, ularni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ushbu tanlov tashkil qilindi. Tumandagi ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil qilingan ushbu tanlovda ishtirokchilarning ijodkorlik hamda aktyorlik mahoratlari, shuningdek vokal yo‘nalishi bo‘yicha mahoratlarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.


2.2. Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
- yoshlarni chet tiliga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda xorijiy tilda so‘zlashish muhitini shakllantirish, “SPEAKING” to‘garaklari va klublar vujudga kelishiga erishish;
- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ularning turli xil aqidaparastlik va zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish;
- milliy va jahon estradasi durdonalarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, kelajakda yoshlarning xorijiy tillarda erkin so‘zlashishiga turtki bo‘lish;
- ijodkor, iste’dodli va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish.
III. Tanlovni o‘tkazish tartibi

3.1. Tanlov quyidagi to‘rtta til bo‘yicha o‘taziladi:
-ingliz;
-nemis;
-fransuz;
-rus

3.2. Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi.
3.3. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan o‘quvchilar (har bir maktabdan 1 nafar o‘quvchi) hududiy bosqichda ishtirok etadilar.
3.4. Hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

3.5. Tanlov shartlari

Ushbu shartda o‘quvchilarning gapirish ko‘nikmalari tinglanib, ularning vokal mahoratlari baholanadi.
O‘quvchilar ingliz, nemis, fransuz va rus tillarida qo‘shiq kuylaydilar. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Bunda o‘quvchining ijro mahoratiga 50 ball va qo‘shiq uchun tayyorlangan raqsga 50 ball beriladi.

3.6. Tanlovda o‘qituvchilar va mutaxassislardan iborat hakamlar hay’atlari tuziladi.
Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholashda ularning ijro mahoratini, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishini, raqslarni qobiliyatiga qarab baholaydi.

IV. G’oliblarni taqdirlash

4.1. Tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga tuman xalq ta’limi bo‘limining diplomlari va esdalik sovg‘alar topshiriladi.
Download 17,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish