SUPER_BIOLOGIYA_UZ – YANA BIRINCHI, YANA OLDINDA,
YANA BIRINCHI RIVOJLANISHDA…
72.Cho‘l hayvonlarining suvsizlikka moslashish
mexanizmlarini aniqlang.
1.Cho‘lda yashovchi sudralib yuruvchilar, mayda
kemiruvchilar suvsizlikka fiziologik va etologik jihatdan
moslashgan.2. Bu hayvonlar ichimlik suviga unchalik
muhtoj emas, chunki ular organizmida iste’mol qilingan
oziqning parchalanishi natijasida metabolik suv hosil
bo‘ladi. 3.Ular siydigining konsentratsiyasi juda pastligi
uchun organizmdan suv kam ajraladi. 4.Tuyoqli
hayvonlar suvsiz joydan suvli joyga migratsiya qiladi
5.Umurtqasiz hayvonlarning asosiy qismini hasharotlar
tashkil qiladi va hayvonlarning ko‘pchiligi kunduzgi
hayvonlar hisoblanadi.6.Moddalar almashinuvi sust
kechadi.
A)1,2,3.5 B)3,5,6 C)1,2,4,6 D)1,2,4
73.Cho‘llarda asosiy sutemizuvchilarni ajrating.
1.qo‘shoyoqlar 2.qilquyruq 3. barxan
mushugi,4.oqquyruq 5. jayron, 6.olaqo‘zon,7.qizilquyruq
8. xo‘jasavdogar
A)1,3,4,5,6 B) 1,2,3,5.8
C)1,3,4,5,6,8 D)2,3,6,7
74. Cho‘llarda asosiy yirtqich sutemizuvchilarni ajrating.
1.qo‘shoyoqlar 2. tasqara 3. barxan mushugi,4.oqquyruq
5. jayron, 6.olaqo‘zon,7. tulki 8. xo‘jasavdogar
A)1,3,4 B) 1,2,3,5.8 C)3,6,7 D)2,3,6,7
75. Cho‘llarda asosiy tuyoqli sutemizuvchilarni ajrating.
1.qo‘shoyoqlar 2. tasqara 3. barxan mushugi,4.oqquyruq
5. jayron, 6.olaqo‘zon,7. tulki 8. xo‘jasavdogar
A)1,3,4 B) 4,5,8 C)4,5 D)2,3,6,7
76.To‘qaylar uchun mos keluvchi to`g`ri javobni
aniqlang.
A)Dengiz sathidan 400-500m balandlikda joylashgan.
B) daryo bo‘ylaridagi sernam yerlarda joylashgan daraxt,
buta va o‘tlardan tashkil topgan chakalakzorlardan iborat.
C) Bu ekotizimda butalardan qamish, ro‘vak, shirinmiya,
qo‘g‘a, yantoq keng tarqalgan;
D) O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m
gacha bo‘lgan joylardir
77.Respublikamiz to`qaylari uchun xos bo`lmagan
xususiyatlarni ajrating.
1.To‘qaylar quruqlik bilan chambarchas bog‘langan.
2.O‘zbekistondagi eng katta to‘qaylar Sirdaryo bilan
Amudaryo bo‘ylarida joylashgan. 3.To‘qaylarda
o‘tlardan qamish, ro‘vak, shirinmiya, qo‘g‘a, yantoq keng
tarqalgan; 4.butalardan turang‘il, yulg‘un, tol, jiyda
uchraydi5. To‘qaylar daryo sohillarini (qirg‘oqni)
yemirilishiga sabab bo`ladi 6.cho‘llarning quruq havosini
ma’lum darajada yumshatadi va uni kislorod bilan
boyitadi
A)2,3,6 B)1,4,5
C)1,3,5 D)2,3,6
78.To‘qay sutemizuvchilarini ajrating.
1.qo‘shoyoqlar 2.to‘ng‘iz,3. to‘qay mushugi,4. bo‘rsiq,5.
barxan mushugi6.oqquyruq
A)1,2,3 B)2,3,4 C)1,3,5 D)2,4,6.
79.Adirlar(a) Tog`o`rmonlari(b)uchun xos bo`lgan
xususiyatlarni juftlang.
1. O‘zbekiston hududining dengiz sathidan 500–1200 m
gacha bo‘lgan joylardir 2. Dengiz sathidan 1200 –1600
metrdan 2700 –2800 metrgacha balandlikda joylashgan
3.tuprog‘i cho‘lga nisbatan unumdor, o‘simliklarning
vegetatsiya davri birmuncha uzoq davom etadi.4.
yong‘oq, olma, tog‘olcha, do‘lana, bodom, qatrong‘i,
nok, archa, terak, qayin, kamxastak kabi daraxtlar 5.
na’matak, uchqat, zirk, tobulg‘i, irg‘ay kabi butalar o‘sadi
6.Bu mintaqada madaniy ekinlar sun’iy sug‘oriladi yoki
lalmi ekinlar ekiladi. 7.Bu mintaqa o‘simliklarining
ko‘pchiligi chim hosil qilib o‘sadi.8.Qushlardan burgut,
yapaloqqush, tasqara, kaklik, zarg‘aldoq kabilar yashaydi
A)a-1,3,5,7 b-2,4,6,8 B)a-1,3,6,7 b-2,4,5,8
C)a-2,4,5,8 b-1,2,6,7 D)a-1,2,5 b-2,3,5
80.Produtsentning biomassasi – 700000 kg,
qarchig‘ayning biomassasi – 7 kg. Qarchig‘ay qaysi tartib
konsument bo‘la oladi?
A)2 B)3 C)4 D)5
81.O‘simlik – quyon – tulkidan iborat oziq zanjirida
o‘simlik biomassasi 100 t. Agar bir tulkining massasi 10
kg bo‘lsa, tulkilar populatsiyasidagi individlar sonini
aniqlang.
A)10 B)20 C)100 D)1000
82. 2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi
1010 kg. 1-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini
aniqlang.
A)10000kg B)100000kg C)11000 D)110000
83. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, dengiz
ekosistemasida vazni 300 kg keladigan bitta tulen uchun
oziq zanjirida qancha fitoplankton(1), mayda baliq(2),
yirtqich baliq (3) kg kerak bo‘lishini aniqlang.
A)1-30000; 2-3000;3-300
B)1-300000 ;2-30000 ;3-3000
C)1-30000 ;2-300000 ;3-3000
D)1-3000;2-30000;3-300000
84.Oziq zanjiri fitoplankton – baliqlar – baliqchi qushdan
iborat. Baliqchi qushning massasi 1 kg (quruq moddaning
ulushi 40%)ga teng. Bir yil davomida 2000 kg
fitoplankton quruq massasi hosil bo‘ladigan dengizda
nechta baliqchi qush oziqlanishi mumkin?
A)20 B)200 C)50 D)40
85. Oziq zanjiri o‘simlik – juft tuyoqli hayvon – bo‘ridan
iborat. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, bo‘ri
oziqlanishi mumkin bo‘lgan biogeotsenozning maydonini
Do'stlaringiz bilan baham: |