har yili noyabr oyida baliqchilikka oid koʻrgazma oʻtkazish amaliyoti joriy qilinsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S. R. Xolmurodovga — hududlarning baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni izlash, baliqchilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, Komissiyaning samarali faoliyatini tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga — qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarining ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanlar va baliqchilik xoʻjaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini oʻz vaqtida ishlab chiqib, tasdiqlash va ularning ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J. A. Qoʻchqorovga — mazkur qarorda belgilangan byudjetdan moliyalashtirish tadbirlari uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq ajratilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B. T. Yusupovga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar ijrosi ustidan xoʻjaliklar kesimida monitoring tizimi oʻrnatilishi va ularning hisoboti yuritilishi, baliqchilik klasterlarining faoliyati tashkil etilishi hamda ularga har tomonlama yordam koʻrsatilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh. R. Xamrayevga — baliqchilik xoʻjaliklari bilan suvdan foydalanish boʻyicha shartnoma tuzilishi va ularga belgilangan suv miqdori kafolatli yetkazib berilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. T. Kuchkarovga — tabiiy suv havzalarini baliqlantirish ishlari, baliq resurslari muhofaza qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishi hamda baliq ovlash qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
“Oʻzkimyosanoat” AJ raisi A. A. Abdullayevga — mineral oʻgʻit (ammofos)ning vegetativ mavsumda belgilangan miqdorda birja savdolariga chiqarilishi;
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi A. A. Abdullayevga — baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun anjom, asbob-uskuna va mexanizmlarning respublikada ishlab chiqarilishini tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
25. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda baliqchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-sonli qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan baliq tutganlik, shuningdek, baliq tutishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O. B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |