Respublikada baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish boʻyicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, intensiv usulda baliq yetishtirish boʻyicha ishlarga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti, hududlarda baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish, baliqchilik xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yetarli darajada emas.
Baliqchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan suv havza maydonlaridan ilmiy yondashuv asosida samarali foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalar va innovatsiyalarni keng koʻlamda joriy qilish ishlariga yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
Sunʼiy suv havzalari hosildorligini oshirish uchun baliqchilik xoʻjaliklarining mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabi toʻliq qondirilmayapti. Shuningdek, mineral oʻgʻitni boshqa muqobil oʻgʻitlar bilan almashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyilmagan.
Baliqni intensiv usulda yetishtirish, ovlash va qayta ishlash uchun zarur asbob-uskuna, anjom va mexanizmlarni mahalliy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan. Buning oqibatida koʻplab tadbirkorlar vaqt va mablagʻini ortiqcha sarflab, ularni chet eldan xarid qilmoqda.
Baliqchilik sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni kiritish ishlari lozim darajada tashkil etilmagan, bu borada xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan samarali, oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.
Respublikada intensiv usulda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish va ragʻbatlantirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovasion gʻoyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini keng koʻlamda joriy qilish, baliqchilik tarmogʻini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining uzluksiz suv taʼminlash imkoniyati boʻlgan sunʼiy suv havza maydonlari mavjud boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklarini bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019 yilda respublikada:
Do'stlaringiz bilan baham: |