Bilimlarni aniqlash – topish (sezish, payqash, chaqirib olish). Bilimlarni aniqlab olish bosqichi bilimlarning intelektual analizi va ularga ishlov berish jarayonining negizi xisoblanadi. Bilimlarni aniqlash texnologiyasi kо‘plab uslublardan iborat bо‘lib, ma’lumotlar ichidagi bilimlar, tashqarida kо‘rinib turganlaridan kо‘proq bо‘ladi, degan g‘oyaga asoslanadi. Xozirgi paytda mutaxassislar bilimlarni chaqirib olinishining keltirilishini quyidagi asosiy uslublarga ajratadilar:
Surovnoma yuborishning instrumental vositalari;
Statik texnika;
Vizualizatsiya;
Internativ analitik ishlov berish (OLAP);
Pretsedentlar (K – eng yaqin qо‘shni) ga asoslangan о‘rgatilish;
Qaror daraxtlari;
Assotsiativ qoidalar;
Neyron tarmoqlar;
Genetik algoritmlar.
Aslini olganda bilimlarni aniqlab topish texnologiyasida, ma’lumotlar ichidan chiqarib olinishi mumkin bulgan tо‘rtta turli xildagi bilimlarni farqlay olish zarur.
1) Yuzaki bilimlar. Bu sо‘rov yuborishning strukturalashtirilgan tili (SQL) kabi sо‘rov yuborishning instrumenlat vositasini qо‘llaydigan ma’lumotlar bazasidan osonlik bilan topilishi mumkin bо‘lgan ma’lumotdir.
2) Kо‘p о‘lchovli bilimlar. Bu OLAP ishlov berishning interaktiv analitik vositalari qо‘llanilishi orqali analiz qilinishi mumkin bо‘lgan axborot. OLAP instrumental vositalari yordamida klasterizatsiyaning barcha turlari va ma’lumotlarning turli tartibga solinishlarini tezkorlik bilan tadqiqot qilib chiqish mumkin, ammo shuni tuрбshinib yetish zarurki, OLAP instrumenti bilan operatsiyalardan kо‘pchiligi, shuningdek, SQL ning qо‘llanilishi orqali ham bajarilishi mumkin. OLAP instrumental vositalarining avzalliklari shundan iboratki, ular ushbu turga oid qidiruv va analiz operatsiyalarining turlari uchun optimizatsiyalashtirilgan. Ammo OLAP protseduralari, bilimlarni qidirib topish protseduralari kabi qudratli emas. Negaki ular optimal qarorlarni qidira olmaydi.
3) Berkitilgan (berk) bilimlar. Bu namunalar yoki mashina о‘qitish (о‘rgatilish) larni topib olish algoritmlarini qо‘llash orqali nisbatal osonlik bilan topiluvchi axborot. Bu ma’lumotlarning topilishi uchun shuningdek, SQL vositalarini ham qо‘llash mumkin bо‘lar edi, ammo bu nixoyatda kо‘p vaqtni talab qiladi. Namunalarni topib olish algoritmi bilimlar bazasidagi regulyarliklarni minutlar (daqiqalar) ichida yoki juda borsa bir nechagina soat ichida topishi mumkin. Shu vaqt ichida SQL vositalarini qо‘llash orqali yaqin bо‘lgan natijaga erishish uchun bir necha oylarni sarf etish kerak bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |