Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
244
w
www.oriens.uz
2021
February
Sun YAt-sen iste’foga chiqqanida Xitoyning iqtisodiy rivojlanish rejalarini
ilgari surishga kirishadi. Ammo uning tarafdorlari orasida kuchli kelishmovchiliklar
elementlari bo‘lgan. Bularni YUan SHikay parlament vositasi bilan yo‘q qilishiga
umid qilishgandi. YUan SHikayning harbiy diktaturasi davrida Sun YAt-sen chetda
(YAponiya, 1914) yangi inqilobiy tashkilot - CHjongxua Gemindang (Xitoy
inqilobiy partiyasi) ni yaratadi. 1916 yil 21 iyun kuni Sun YAt-sen qaytadi. 1917 yil
18 sentyabrda Guanchjouda parlamentning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi, u erda
militarist SHimolga qarshi harbiy harakat boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Sun YAt-sen Janubiy Xitoyning generalissimusiga aylanadi. Ammo uning haqiqiy
hokimyati yo‘q edi. “Janubiy Federatsiya” qo‘shinlari turli viloyat militaristik
kuchlariga tegishli edi. 1918 yil may oyining boshida Guansi guruhi rahbari general
Lu YUntin oliy qo‘mondondan Sun YAt-senni iste’foga chiqishi va SHanxayga
ketishi kerakligni talab qilgan edi. U faol inqilobiy faoliyatdan vaqtincha chekkaga
chiqishga qaror qiladi va uchta mustaqil kitobdan iborat “Mamlakat qurish dasturi”
qisman yozilgan asarini yakunlaydi: “Ma’naviy qurilish” (“Sun Ven ta’limoti”),
“Moddiy qurilish” (“Sanoat rejasi”) va “Ijtimoiy qurilish” (“Demokratiyaning
dastlabki qadamlari”).
Sovet Rossiyasida Sun YAt-sen Xitoyning erkinligi va mustaqilligi uchun
kurashuvchilar uchun sodiq va ishonchli ittifoqchini ko‘radi. “Xitoy inqilobining
maqsadlari, - ta’kidlaydi u, “rus inqilobining maqsadlari bilan Xitoy inqilobining
maqsadlari bir xil bo‘lganidek, rus inqilobining maqsadlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri
keladi. Xitoy va Rossiya inqiloblari bir xil yo‘ldan yurishadi. SHuning uchun Xitoy
va Rossiya nafaqat yaqin aloqalarda, balki inqilobiy aloqalarida ham ular haqiqatan
ham bitta oilani tashkil etishadi”.[10]
Sun YAt-senning 1925 yil 12 martda vafoti, unga Xitoyning milliy ozodlik
ishini yakunlashiga to‘sqinlik qiladi. U Pekinda oshqozon va jigar saratonidan vafot
etadi, u erda og‘ir kasallikka qaramay, milliy birlikka erishish uchun, ichki urushlarni
tugatish va Xitoyning barcha kuchlarini militarizm va imperializmga qarshi kurash
uchun yig‘ishlik uchun kelgandi. O‘limidan bir kun oldin Sun YAt-sen Xitoy xalqiga
vasiyatnoma yozadi va Sovet Ittifoqiga xabar yo‘llaydi. Pekinning shimoli-g‘arbiy
chekkasidagi qadimgi Biyunsi ibodatxonasi negizidagi Sun YAt-sen yodgorlik
pavilyonida uning matnlari oq marmar devorga tushirilgan. Uzoq vaqt davomida Sun
YAt-sen ko‘ylagi – “jongshanjuang” ko‘plab xitoyliklarning sevimli kiyimiga
aylanadi. Uning hoki Xitoyning birinchi prezidenti etib saylangan shahar Nankin
shahridagi muhtasham maqbarada saqlanadi.[11]
Do'stlaringiz bilan baham: |