Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

 
 
 


2. Etnonim va etnooykonimlarning sintaktik usul bilan yasalishi
Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha atoqli va turdosh otlar ma’nosi, atash
vazifasi bilangina emas, morfologik va yasalish xususiyatlari bilan ham
farqlanadi. Negiz va affiksdan tashkil topgan so’zlarning yasalishi morfologik usul 
deyilgani kabi, birdan ortiq negizdan tuzilgan so’zlarning yasalish usuli sintaktik 
usul yoki kompozistiya usuli deb nomlanadi. Tilshunoslikda so’z yasashning bu 
yo’li so’z qo’shish, negiz qo’shish, morfologik usul, analitik usul, kompozistiya 
usuli kabi turli atamalar bilan ataladi

Qo’shma etnonimlarning yasalishi tilda so’z 
yasalishining eng qadimiy bir usuli bo’lib, u mahsuldorlik jihatidan morfologik 
usuldan keyin ikkinchi o’rinda turadi va til lug`at tarkibini boyitishda muhim rol 
o’ynaydi.
Sintaktik usul bilan paydo bo’lgan etnooykonimlarning komponentlari 
birikma xarakteridan kelib chiqib bir butun holga keladi. Ularning komponentlari 
orasidagi semantik munosabatlar o’zgarib bir tushunchani ifodalovchi monolit 
murakkab birlik holiga kelib qoladi.
Kompozitsiya usuli bilan etnonim yasash qo’shma etnonimlar yaratish bo’lib, 
bunda ikki yoki undan ortiq so’zning qo’shilishi yangi leksik birlik ― etnonimni 
hosil qiladi. Sintaktik usul o’zbek tilidagi faol usullardandir. Qo’shma etnonimning 
qismlari ayrim so’z tusida bo’ladi: bu birlik shu ko’rinishida boshqa 
kombinatsiyalarda o’zak yo negiz vazifasida kela oladi. Lekin bu birlikning ikki 
holati ayrim so’zligi va qo’shma etnonim tarkibida kelishi bir-biridan jiddiy farqlar 
bilan ajralib turadi.
Qo’shma etnonimlarning ko’pi tashqi ko’rinishi “aniqlovchi-aniqlanmish” 
shaklidagi so’z birikmasiga o’xshaydi. Masalan¸
Qoranayman 
etnooykonimi 
qora
va 
nayman
kabi so’z birikmasi va qo’shma so’zdir. Bunda tabiiy so’z ― ikki o’zak 
morfemaning birikib ketishidan tuzilgan bir so’z sanaladi, lekin u genetik jihatdan 
qaraganda, grammatik aloqaga kirishgan ikki mustaqil so’zdir.
Qo’shma etnonim bir butun leksik ma’no ― bir murakkab tushuncha va 
yaxlit shakllanish ― grammatik tuzilishning ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan 


xarakterlanadi, demak, u bir so’zdir. Qo’shma etnonimning bir turi tug`ilishi 
jihatdan so’z birikmasi bilan aloqador. So’z birikmasi yoki gapning biror jiddiy 
fonetik o’zgarishsiz muayyan bir joy nomini ifodalovchi etnonim sifatida 
qo’llanishi ― so’zga aylanishi leksikalizatsiya sanaladi. Bu hodisaning turli 
ko’rinishlari mavjud:
a) sifatlovchili yoki bitishuv munosabatidagi so’z birikmalarida yuz beradi: 
Kattaturk, Oqmang`it
kabilar;
b) qaratqichli yoki moslashuv munosabatidagi birikmaning bu yo’l bilan 
etnonimga aylanishi sodir bo’ladi: 
Uzunovul
(uzun urug`ining ovuli), 
Boyovul
(boyning ovuli). 
So’z birikmasidagi kabi qo’shma etnonimlar tarkibidagi birliklar moslashuv, 
bitishuv va boshqaruv yo’li bilan birikadi. Bu hodisa tilshunoslikda izofa deb 
atalib, uning uch tipi farqlanadi

Ko’pgina etnooykonimlar aniqlovchili birikma 
(birinchi tip izofa) xarakterida bo’lib, ularning birinchi qismi sifat so’zlardan 
bo’ladi. Sifat so’zli etnooykonimlarning quyidagi ko’rinishlarini farqlash mumkin:
1. Etnooykonim asosida yotgan so’z birikmasining birinchi qismi rang 
bildiradi: 
Sariqqipchoq, Qoramang`it
kabilar.
2. Etnooykonim asos leksemalarining birinchi qismi ob’ektning hajmi va 
joylashishini ifodalaydi: 
Mingqishloq, Kattaqora
kabilar. 
3. Qo’shma etnooykonimlarning birinchi qismi belgi-xususiyat bildiradigan 
sifatlardan bo’ladi: 
Yomonqang`li, Yomonqo’ng`irot
kabilar. 
Etnooykonim sifatida qo’llanadigan so’z birikmasi soddalashuv tufayli biror 
joyning doimiy nomi sifatida ishlatiladiganlarigina qo’shma etnonim bo’ladi va 
qo’shib yoziladi. So’z birikmalarining soddalashuvi bir qator olimlar tomonidan 
turlicha bayon qilingan. Ba’zi tilshunoslar soddalashuv atamasini sintaktik jihatdan 
murakkab bo’lgan 
toshbaqa, oqqush, olabug`a
kabi so’zlarning jonli nutqda sodda 
so’z kabi o’qilishi ma’nosida qo’llagan bo’lsa, boshqalari bu atamaning 
dietimologizatsiya ma’nosida, ya’ni yasama so’zlar tarkibidagi morfemalarning 
o’zaro zich birikishi tufayli so’zning asli bilan ma’noviy bog`lanishining yoki 
etimologik aniqligining yo’qolishi ma’nosida qo’llanishini ko’rsatgan
.


Soddalashuv 
natijasida 
birikma 
tarkibida 
qolgan 
komponentlarning 
grammatik, fonetik va semantik tuzilishida turlicha o’zgarishlar sodir bo’ladi, eng 
muhimi, ular orasidagi sintaktik munosabat yo’qoladi. So’z birikmalarining 
soddalashuvi ellipsis va fonetik soddalashish qonuniyatlari asosida sodir bo’ladi

Bu jarayonning quyidagi ko’rinishlarini qayd etish mumkin:
1. So’z birikmalari, ko’pincha, o’z tarkibidagi ba’zi qo’shimchalarning tushib 
qolishi tufayli etnonimga ― qo’shma etnonimga aylanadi. Bunda, asosan, birikma 
komponentlari orasidagi sintaktik munosabatni ifodalovchi so’z o’zgartuvchi 
qo’shimchalar tushib qoladi: 
Qirqovul
(qirqning ovuli), 
Bayatkent 
(bayat 
urug`ining kenti) kabilar.
2. Elipsis usulida yasaladigan qo’shma etnonimlarga asos bo’lgan uch 
komponentli so’z birikmalarining birinchi komponenti qaratqichdan boshqa 
kelishiklarda bo’lib, qo’shma etnonimga aylanish jarayonida undan ko’pincha 
sifatdosh bilan ifodalangan o’rta komponent va u bilan birga kelishik 
qo’shimchalari tushib qoladi: Omondara (Omon yashagan dara), Xolturkman (Xol 
gilam to’qiydigan turkman) kabilar.
3. Fonetik-sintaktik usul bilan mavjud so’zlardan yangi etnonimlar yasaladi. 
Bu usul bilan so’z birikmalaridan qo’shma etnonimlar, ko’pincha etimologik 
qo’shma etnonimlar hosil bo’ladi: Avazali oykonimi avar-avыr-avaz-ali-eli kabi 
yo’lni bosib o’tgan.
Ba’zi qo’shma etnooykonimlarning qo’shma ot sifatida dastlab etnonim bo’lib 
yasalganmi yoki toponimli bo’lib yasalganmi ekanini aniqlash ancha mushkuldir. 
Qo’shma tuzilmali etnonim va etnooykonimlar komponentlarning lug`aviy 
materialiga ko’ra ham turli tumandir. 
«Devonu lug`otit turk» asarida kompozitsiya usulida yasalgan toponimlar 
ma’lum o’rinni egallaydi. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Ot+ot tipidagi etnotoponimlar: 
arab+qishloq, arab+mahalla, 
qirg`iz+qo’rg`on, qirg`iz+ovul, turk+qishloq
kabi. 
2. Sifat+ot tipdagi etnotoponimlar:
oq+bo’yra, qora+teyit, katta+arab, 
qora+sadoq, qora+bog`ish
kabi. 


3. Sifat+son tipidagi etnotoponimlar:
qaropchi+yuz, g`anchi+yuz, marqa 
+yuz, ulug`+yuz
va boshqalar. 
4. Son+ot (sifat) tipidagi etnotoponimlar:
besh+kal, besh+mirza, 
etmish+mergan, to’qqiz+bog` 
kabi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish