Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi


 Etnooykonimlarning onomastik konversiya usuli bilan yasalishi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

1. Etnooykonimlarning onomastik konversiya usuli bilan yasalishi 
O’zbek tiliga oid ishlarda ham so’z yasalishining leksikologiya va 
grammatika bilan aloqadorligi, shu sohalarga yaqinligi haqida gapiriladi. So’z 
yasalishining leksikologiyaga yaqinligi va uning leksika bahsiga mansubligi haqida 


gapirganda, so’z yasalishi natijasida hosil bo’ladigan birlikning leksik birlik, 
leksema bo’lishi va bu birlik leksikologiyaning o’rganish ob’ekti ekani nazarda 
tutiladi.
So’z ma’nosi va tushuncha o’rtasida murakkab va chuqur aloqa yotadi. Bu 
aloqani tushunmaslik esa bir-biri bilan sig`ishmaydigan ikki tushuncha va 
kategoriyani 
noto’g`ri tenglashtirishga olib keladi. So’z ma’nosi va 
tushunchalarining umumiy va farqli tomonlari bor. Leksik ma’no til qurilishiga xos 
hodisa, tushuncha esa tafakkurga xos hodisadir. Bularning xar ikkalasi ham real 
voqelikning hodisa va voqealarni umumlashtirish, abstrakstiyalash asosida 
tug`iladi. Lekin tushuncha fikrlash qobiliyatining natijasi sifatida kishilikka 
nisbatan umuman hisoblansa, so’z leksik ma’nosiga xos umumlashish esa xar bir 
tilning o’z xususiyatlari doirasidagina bo’ladi
.
Tilda bir so’z orqali ifodalangan tushuncha zamirida doimo tushunchalarni 
fikrda qo’shish, nutqda esa so’zlarni biriktirish orqali yangi-yangi tushunchalar 
paydo bo’la boradi. Bir so’z bilan ifodalangan tushuncha ham so’z bilan tashqi 
tomondan bog`lanishi va so’z ma’nosining hajmiga kirmasligi mumkin. Uslubiy va 
emostional chegaralangan so’zlarning semantik varianti odatda shunday bo’ladi. 
Ko’rinadiki, ular voqelikni bevosita aks ettirmaydi, balki bavosita bu variantning 
asosida yotgan boshqa leksik birlik va tushuncha orqali aks ettiradi va mazkur 
tovush qobig`i bilan tashqi tomondangina bog`lanadi, so’zning ichki tuzilishiga 
kirmaydi. Masalan, 
Bo’ri, Laylak, Chandir, Chelak, Cherik, Qora
kabi so’zlar 
o’zbek tili lug`atlarida o’z asosiy lug`aviy ma’nolaridan tashqari, etnonim 
sifatidagi ma’noga ham ega ekanligi qayd etiladi
.
So’zdagi semantik siljish ba’zan shunchalik kuchli bo’ladiki, unda tom 
ma’nosi bilan yangi hayot boshlanadi. So’z ifodalagan predmet ham, so’z 
ma’nosining hajmi ham o’zgaradi. Natijada ilgarigi boshqa so’zlar bilan bo’lgan 
aloqaning buzilishi va boshqa so’zlar bilan yangi birikmalar paydo bo’lishi 
hodisasi ro’y beradi. Bunda asosan predmet haqidagi tushunchaning o’zgarishi 
so’z ma’nosining o’zgarishidan farqlaydigan chegarani topmoq kerak.


Tildagi betakror mo’’jizalardan biri shundaki, mavjud har bir tushuncha 
uchun har doim alohida-alohida so’zlar, nomlar yaratilavermaydi, balki mavjud 
so’zlardan u yoki bu narsani, ob’ektni nomlash uchun takroran foydalaniladi. 
Masalan, 
bo’ston s
o’zi o’simlik, gullar gurkirab zich o’sib yotgan joydan tashqari 
o’zbek urug`laridan birining nomini, bu va bu nomdan yasalgan joy nomi 
vazifalarida ham keladi. Tilshunoslikda hozirga qadar so’z vazifasining mana shu 
kabi ko’chishini so’z yasashning lug`aviy-ma’noviy usuli deb kelindi. Bu usul 
atoqli otlar tizimida keng tarqalgan bo’lib, uni 
onomastik konversiya
usuli deb 
yuritish mumkin.
Onomastik konversiya atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tildagi 
avvaldan mavjud so’zlar yoki nomlar tayyor holda atoqli ot vazifasiga ko’chiriladi. 
Atoqli ot vazifasiga o’tadigan so’z shaklan tub (
Bo’ri
), yasama (
Bolg`ali
), qo’shma 
(
Kattaturk
) bo’lishi mumkin.
Atoqli ot vazifasiga ko’chayotgan so’z mohiyatan apellyativ leksema, ya’ni 
turdosh so’z yoki atoqli ot bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, A.Otajonova 
onomastik konversiyani ikki xil ko’rinishga ega deb hisoblaydi: 1) ichki 
konversiya 2) tashqi konversiya

Ichki konversiya onomastik tizimning o’z ichida 
yuz beruvchi jarayon bo’lib, bunda biror sohaga oid atoqli ot boshqa soha atoqli 
otiga ko’chadi. Masalan, antroponimlarning toponim vazifasiga ko’chishi, 
aksincha toponimlarning kishi ismlari vazifasiga o’tishi.
Ichki konversiya usulida hosil qilingan bir qator etnooykonimlar «Devonu 
lug`otit turk» asarida mavjud. Bular:
a) kishi atoqli otlaridan yasalgan etnonim va etnooykonimlar: 
Bo’ri¸ Qipchoq¸ 
Bayat
va boshqalar;
b) Toponimlardan yasalgan etnonim va etnooykonimlar: 
Qayqishloq¸ 
Eshmatrabot 
va boshqalar. 
Tashqi konversiya atoqli otlar tizimidan tashqarida bo’lgan leksemalarning 
atoqli otlik vazifasiga ko’chishini ko’zda tutadi. Har ikki holatda ham konversiya 
orqali toponimlar yasalganda, leksema o’zining birlamchi lisoniy vazifasini va 
semantik xususiyatini o’zgartiradi
.


Etnooykonimlarning turdosh apellyativlardan yasalgan har qanday tiplari 
tashqi konversiyaga kiradi. Bunday apellyativlar turdosh otlar, sifatlar, sonlar, 
fe’llar va boshqa so’z turkumlari bo’lishi mumkin. Etnonimlarning turdosh otmi 
yoki atoqli otmi ekani hozirgacha munozarali bo’lib turibdi. Etnonimlar aksariyat 
tadqiqotlarda onomastika sohasining ob’ekti sifatida o’rganilsa-da, ammo turdosh 
ot tarzida tushunilmoqda. Bordi-yu, etnonimlar atoqli otlar tizimiga kirsa, ulardan 
yasalgan etnooykonimlar ichki konversiya mahsuli deb, aksincha etnonimlar 
turdosh ot deb hisoblansa, ulardan hosil qilingan etnooykonimlar tashqi konversiya 
mahsuli sanaladi.
Har qanday so’z atoqli ot vazifasiga ko’char ekan so’zning nominativ ma’nosi 
yangi qo’shimcha ma’nolar bilan boyiydi, ya’ni ma’no kengayishi ro’y beradi. 
Yangi so’zlar paydo bo’lishi bilan birga mavjud so’zlarning ma’nosida ham 
o’zgarish sodir bo’ladi. Ularning ma’nolari yangi tushunchalarni ifodalashga 
muvofiqlashadi. Yangi so’z yasalishidek ma’no o’zgarishi va ma’no 
differensiatsiyasi leksikaning asosiy qismini tashkil qiladi.
Onomastik konversiya usuli bilan paydo bo’lgan etnooykonimlarning 
quyidagi tiplarini ko’rsatish mumkin:
1. So’z semantik hajmining ijtimoiy ma’no kasb etishi hisobiga kengayishi: 
Qora, Darg`a
.
2. Aniq predmet, hayvon ma’nosini ifodalovchi so’zlarda mavhum ko’chma 
ma’noning taraqqiy etishi yo’li bilan: 
Bo’ri, Laylak
kabilar.
Atoqli otlarni hosil qilishning onomastik konversiya usuli ko’rib o’tilganidek, 
tub va sodda apellyativlarning etnooykonimlar vazifasiga o’tishida yorqin 
namoyon bo’ladi. Lekin o’zbek tilidagi ko’pgina etnonimlar yasama yoki qo’shma 
tuzilishga ega bo’lib, ulardan ham etnooykonimlar yasaladi. Bunda o’sha 
etnonimlar hech qanday shakliy o’zgarishsiz atoqli ot, ya’ni etnooykonim 
vazifasiga o’tadi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish