Sultonov ziyomat tursunboy o’G’li “Matematika o’qitish jarayonida smarttexnologiyalardan foydalanish



Download 1,18 Mb.
bet17/18
Sana03.06.2022
Hajmi1,18 Mb.
#633472
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
BMI ZIYOMAT

Xulosa


Ta’lim jarayoni samarasini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida oshirish uchun quyidagi talablarga rioya etish lozim:
- monotonlikdan (bir xillikdan) qochish, o‘quvchilar faoliyatini dars bosqichlariga ko‘ra almashishini (bilish, qabul qilish, amalda qo‘llash) ta’minlash;
- o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini (kuzatuvchanlik, assotsiativlik, qiyoslash, o‘xshatish, asosiy elementlarni ajratib olish, tasavvur qilish) oshirishni maqsad qilib qo‘yish;
- mashg‘ulotlarda hamma o‘quvchilarga kompyuter texnologiyalari bilan ishlashga imkon berish;
- bolalarning xotira faktorlari (tezkor, qisqa muddatli, uzoq muddatli) ni e’tiborga olish.
Bugungi kunda butun dunyoda kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitishning yangi shakl va usullari intensiv ishlanmoqda va o‘rganilmoqda. Ayna o‘quv jarayoni uchun mo‘ljallangan yangi dasturiy vositalar ishlab chiqilmoqda va turli fanlarni o‘qitish uchun amaliyotga joriy qilinmoqda. Dunyo olimlari tomonidan mashg‘ulotlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi 10 afzalligi tan olingan:

  • o‘quv materiallarini ko‘rgazmali asosda namoyish qilish o‘quvchilarning mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi;

  • o‘quvchining nazarida o‘qituvchilarning obro‘si ortadi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan mashg‘ulotlarda foyda-lanish o‘qituvchining darsdagi o‘rnini qayta belgilae beradi. U tayyor bilimlarni etkazib beruvchi shaxsdan bolalarning bilish jarayonini tashkil qiluvchi tashkilotchiga aylanadi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hususan multimedia-texnologiyalaridan foydalanish ma’lumotlarni ifodalashning turli shakllari (matnli, tasviriy, grafik, tovushli, video) ni qo‘llash imkonini beradi;

  • yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarni bolalarning samarali faoliyatiga asoslangan holda amalga oshirish mumkin;

  • o‘quv fanlarini osonlik bilan integratsiyalashga imkon beradi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari, hususan elektron darsliklardan foydalanish qabul qilinayotgan bilimlarni, malaka va ko‘nikmalarni nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat qilish imkonini beradi;

  • tizimli yondoshish asosida o‘quvchilarning loyihali faoliyatini rivojlantiradi;

  • o‘quvchilar o‘zlari uchun zarur ma’lumotnomalarni o‘z vaqtida olishlari mumkin;

  • mashg‘ulotlar zamon talablari asosida olib boriladi.

Ammo, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning bitta noqulay tomoni mavjud. Zamonaviy tipdagi o‘tish rejalashtirilgan darslarga tayyorgarlik qilish, kompyuterda ishlash, mavjud prezentatsiyalarni tahlil qilish, ehtiyoj bo‘lganda yangilarini ishlab chiqish o‘qituvchilardan katta kuch, g‘ayrat va vaqtni talab qiladi. Lekin, o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan vazifani to‘liq ado etishi, bolalarning bilim darajalarining ortishi, mashg‘ulotlarni yuqori samara va saviyada tashkil qilinishi buning uchun munosib haq bo‘la oladi.
Kompyuter o‘quvchilarga faoliyat refleksiyasini shakllantirishga yordam qiladi va o‘z hatti-xarakatlari natijasini ko‘rgazmali asosda ko‘rishga imkon beradi.
Kompyuter texnikalaridan foydalanish mashg‘ulotlarni qiziqarli va sermazmun qilib, ularga zamonaviy tus beradi, ta’limni individuallashtiradi, nazorat va yakuniy bosqichlari o‘z vaqtida va ob’ektiv bo‘ladi.
Refleksiya o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Hattoki, bir qarashda ma’nosiz bo‘lgan tushunchalarni ham o‘quvchilar osongina eslab qoladilar. Bola kompyuterni boshqarar ekan, dadstur asosida yotgan g‘oyalarni oson singdiradi. Kompyuterlar bolalarga o‘z g‘oyalarini boshqalar bilan muhokama qilishga hamda amalga oshirishga, ularga refleksiv yondoshishga imkon beradi.
Kompyuter o‘yinlari olamiga sayr etar ekan, o‘quvchilar mualliflar tomonidan dastur asosidga singdirilgan madaniyat me’yorlarini o‘zlashtiradilar.
Bu jarayonda o‘qituvchi ana shu madaniyat yordamida bolalarning refleksiya, mulohaza va tafakur ustida ishlashlarini tashkil qiladi. SHuningdek u bolalarning jamoaviy refleksiyalarini ham shaklantirishga xarakat qiladi. Bu vazifa quyidagi bosqichlar yordamida amalga oshiriladi:
- o‘qituvchi tomonidan topshiriqlarning berilishi;
- o‘quvchilarning vazifalarni qabul qilishi;
- individual tafakkur va xarakat;
- refleksiya;
- o‘z mulohazalarini doska yonida bayon etish (savolga javob berish, masalalarni echish yo‘llarini tushuntirish, qoidalarni yodga olish);
- turli mulohazalarni muhokama qilish (jamoaviy tafakkur);
- formulalarni (qoidalarni) keltirib chiqarish, ya’ni bilimlarni fiksatsiya qilish.



Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish