Smart texnologiyalarning zaruriyati. Ayni vaqtda fan va texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida zamonaviy darsni ko’rgazmalilik, ko’rsatmalilik tamoyillarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. A.Asmolov ham buni ta’kidlab: “... bizga dasturlarni kengaytirish, turli xil o’quv vositalari zarur. SHu ma’noda turli yo’nalishdagi elektron ta’lim resurslari (ETM) mavjud variantlar doirasini kengaytirishga yordam beradi. Bu nimani anglatadi? Bu individual dasturingiz bo’yicha rivojlanish imkoniyati, rivojlanish «yo’li». ETM, darsliklar singari, muayyan ta’lim sohalarida haqiqatni o’zlashtirishning noyob madaniy vositalaridan biridir” 5. Elektron resurslar quyidagilarni ta’minlab beradi:
o’zlashtirish vaqtini qisqartiradi;
dars tarkibi, vazifalarning aniqligi tufayli o’quv faoliyatini optimallashtiradi;
darsda ishtirok etmagan o’quvchilarning o’tilgan mavzuni o’zlashtirmay qolib ketishlarini oldini oladi;
xohlovchilarning rivojlanish darajasini oshirish uchun qo’shimcha materiallar beradi;
individual tarzda moslashish, axborotni hissiy idrok etishning har xil turlari orqali motivatsiyani oshiradi;
axborot madaniyatini shakllantirish, ta’lim jarayonini boshqarish va tuzatish imkoniyatlarini yaratish.
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda perezentatsiya va slaydlarni yaratishda eng keng tarqalgan dastur Power Point hisoblanadi. Mazkur dastur matnli hujjatlar, jadvallar, grafik ma’lumotlar, illyustratsiyalarni kerakli shaklda taqdim etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Dasturning asosiy xususiyatlari mavjud ma’lumotlar va ishlab chiqilgan hujjatlarni namoyish etishni nazarda tutadi.
Prezentatsiyalar va slayd-filmlardan foydalanishning asosiy maqsadi nazariy materiallarni illyustratsiyalar, diagrammalar, jadvallar bilan namoyish qilishda kerakli samaraga erishishdir. Ular o’qituvchiga darsda yangi materialni tushuntirishda uni iloji boricha aniq va ishonchli tarzda bajarish, darsni yanada faol ravishda o’tkazish, o’qituvchi va o’quvchiga vaqtni tejash imkonini beradi. SHu sababli o’qituvchilar elektron qo’llanmalarni, slayd-filmlarni yaratish uchun Power Pointdan keng foydalanadilar, ularning namoyishi yangi materialni tushuntirish bilan birga olib boradilar. Bunday elektron qo’llanmalar o’qituvchiga an’anaviy doska va bo’r kabi vositalarsiz ishlashga imkon beradi 6. SHuningdek, o’quvchilar uchun to’g’ridan-to’g’ri ko’z oldida, ekranda diagrammalar, formulalar, jadvallar, illyustratsiyalar va boshqalar bo’lishi juda qulay. Yana Power Point oson darsni oson boshqarish imkonini ham beradi. Elektron qo’llanmaning tarkibidagi slayddan mos keladigan slaydlarga va yana tarkibga qaytarilgan giperhavolalar o’qituvchiga bunday qo’llanmani nafaqat tushuntirish, balki, o’quvchilar amaliy ishlarni bajarishda ham ishlatishga zamin yaratadi.
Geometriya fanini o’qitishda smart texnologiyalar hozirgi davr talabi bo’lib kelmoqda. Chunki hozir axborot asri bo’lganligi uchun juda ko’p qiyin masalalar smart texnolgiyalar orqali yechim topmoqda va bu yechimlar ostida chuqur bilimlar yotibdi. Geometriya fanini o’quvchi va talabalarga tushuntirish jarayoni aynan amaliy jarayonda juda murakkab bo’lgan uch o’lchovli jisimlarnign fazoda egalagan hajmi va uning tuzilishini tushuntirishda biroz qinchilik ya’ni tasavur qilish murak edi. Hozirgi davrga kelib esa bularni onson usulda smart texnologiyalar yordamida tushuntirlmoqda va bu vaqtdan yutish imkonini beradi.
Oʼquv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, oʼqituvchi uchun metodik qoʼllanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida oʼquv faniga oid materiallarni davlat taʼlim standarti va oʼquv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, oʼquv fanini samarali oʼzlashtirishga, oʼquvchilarning mustaqil taʼlim olishiga koʼmaklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lugʼatlarni oʼz ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan oʼtkazish va mustahkamlashga yoʼnaltirilgan, oʼquv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qoʼshimcha materialga ega boʼlgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni oʼz ichiga olgan interaktiv elektron axborot-taʼlim resursi.
Oʼquv-metodik majmualar davlat taʼlim standartlari, oʼquv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, oʼqituvchi uchun metodik qoʼllanma va darslikning multimediali ilovalarini oʼz ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |