1.2-§. Ta’lim tizimiga smart texnologiyalarni joriy etish hamda smart ta’limning vujudga oid tarixiy tajribalar va ustuvor an’analar.
Oxirgi paytlarda Aqlli universitet (MISI, OMSK, Perm, Qozon universitetlarida shakllanmoqda), Aqlli uy, Aqlli shahar, Aqlli qishloq, Aqlli tashxis, Aqlli ta’lim, Aqlli texnologiya, Aqlli iqtisod, Aqlli tibiyot, Aqlli avtomobillar, Aqlli televizorlar, Aqlli hayot, Aqlli dunyo va hokazo kabi ko’pgina yangi tushunchalar so’zlar to’plamiga qo’shilmoqda. AQSHda ushbu o’n yillikda Smart - ta’lim falsafasida ta’limda katta inqilob qilish mo’ljallanmoqda, Evropada Smart - ta’lim tamoyilida Yagona Evropa universiteti ni shakllantirish mo’ljallanmoqda. Nederlandiyada uy haroratini mutadillashtira-digan o’z o’qi atrofida aylanadigan -Aqlli uy qurildi va ishlatilmoqda. Toshkent shahrida -Sity lar qurilmoqda va unda quriladigan uylar -Aqlliga tomon yo’l oladi. Samarqand shahrida Smart muzey tashqil qilindi va ishga tushurildi. Ta’limda qo’llanilayotgan turli elektron muhit va texnologiyalarni ham, ularning ba’zi aspektlarigina tubdan yangi talablarga mos kelsada, -Aqll deb atamoqdalar. Masalan, -Aqlli jamiyat - bu jamiyatning yangi sifati bo’lib, unda odamlar tomonidan tayyorlangan texnik vositalar, xizmatlar va internetdan birgalikda foydalanish, yangi samara: ijtimoiy, iqtisodiy va yaxshi hayot uchun boshqa imkoniyatlar oladigan sub’ektlarning o’zaro ta’sirida sifatli o’zgarishlarga olib keladi.
SMART — SMART (aqlli, aqlli, texnologik) so’zining qisqartmasi.
1954 yilda Avstriyadan kelgan amerikalik olim, iqtisodchi, publitsist, o'qituvchi yigirmanchi asrning menejment nazariyotchilaridan biri Piter Ferdinand Druker (19.11.1909 -11.11.2005). Keyin 1965 yilda Pol J. Meyer, keyin 1981 yilda Jorj T. Doran o’z ilmiy ishlarda qo’llaganlar. SMART - menejment va loyiha boshqaruvida maqsadlarni belgilash va muammolar qo'yish uchun ishlatiladi mnemonik qisqartma hisoblanadi. Misol uchun, yil oylari kunlari quyidagi rasmda iborat bo’lshini yodda saqlashga doir mnemonik usul berilgan. SMART quyidagi so’zlarning bosh harflaridan tashkil topgan :
SMARTni so’zini tashkil etuvchi harflar va ularning ma’nolarini ko’rib chiqaylik. S – specific — aniq. Maqsad masimal aniq bo’lishi va Siz hamda atrofdagilar tomonidan bir xil tushunilishi lozim. SMART texnologiyasi bo’yicha u: Bevosita nima qilinishi kerak? Qachon? Qanday miqdoriy ko’rsatgichlarda? Kabi savollarga javob berishni ko’zda tutadi
M – measurable — o’lchovli. Siz va maqsadga erishishni topshirgan kishilar, maqsad erishilganligi aniq bo’ladigan mezonlarni tushunishlari kerak. SMART texnologiyasi shaxsni, u erishiladigan natijalarda o’zining foydasini ko’radigan darajada motivatsiya qiladi.
A — achievable, ambitious, agresive, attractive — erishiladigan, ehtirosli, tajovuzkor, jozibador.
Achievable – erishiladigan. Texnologiyaning bunday mezoni ko’proq yollangan (taklif etilgan, jalb etilgan mutaxassis) xodimlarga to’g’ri keladi. Mutaxassislarga maqsadni uzatadi, lekin ularning xarakatlari egallagan lavozimlari doirasida chegaralangan.
Ambitious — extirosli. SMART texnologiyaning ushbu talqin qilinishi tashkilotning TOPmenejer( ish egasi, yaratuvchisi va mafkuraviy rahbar yoki yollangan menejeri – yollangan malakali boshqaruvchi)lari uchundir. Ular avvalgidek egasining ixtiyori bilan chegaralangan bo’lsalarda, lekin endi loyiha doirasida fikrlaydilar. Shuning uchun, ularning maqsadlari katta murakablikka egadir, lekin har qalay bu maqsad texnologiya doirasida erishiladigandir.
Aggressive – tajovuzkor. SMART texnologiyasi bo’yicha maqsadga erishilganlikni baholash mezoni tadbirkorlar uchundir. Maqsad, atrofdigilarning fikri bo’yicha sog’lom ma’no doirasidan chiqib ketganda, egasi natijaga erishish uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi.
Attractive – jozibador. Yakuniy natija nafaqat egasiga, balki maqsadlarga erishish uchun topshirilgan barcha shaxs(mutaxassis va xodim)larga ham erishish istiqbollarini qamrab olishi kerak.
SMART texnologiyasi rahbar yordamchilari tomonidan ham xodimlarni boshqarish va ularga vazifalar qo’yilishida ha m ishlatiladi. Shu sababali,
ular maqsadga erishishga shaxsan qiziqishlari uchun, yakuniy natijani xodimlarning motivatsiyasiga bog’lash kerak .
R – relevant, resours – muvofiq, resurs. Relevant – muvofiq, ushbu vaziyatga mos .
SMART-maqsad, ushbu vaziyatga mos bo’lishi lozim. U Sizning vazifangiz qo’shilib ketmasligi va boshqa maqsadlar hamda ustivorliklarning muvozanatiga xalaqit qilmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |