1.4. Birinchi bob bo’yicha xulosa
Axborotlashgan jamiyatdan smart-jamiyatga o’tish jarayonida media vositalarining axborot tarqatishda keng ko’lamga egaligi, turli interfaol usullar yordamida shaxs ongi va ruhiyatiga kuchli ta’sir eta olish imkoniyatini inobatga olgan holda Geometriya fanini o’qitish jarayonini smart texnologiyalar asosida tashkil etish bugungi kunning o’ta dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.
Media va smart texnologiyalar, Geometriyaning rivojlanishiga xususiyatiga mavjud ilmiy va tadqiqiy manbalar tahlilidan ko’rinadiki, ta’limni axborotlashtirish hamda mediata’lim taraqqiyotida Evropa mamlakatlari XX asrning 80-yillaridan boshlab katta ijobiy o’zgarishlarni, yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Muammoni nazariy o’rganish xorijiy mamlakatlar, xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada Rossiyada mediata’limni o’qitish jarayoniga tatbiq etish bo’yicha katta tajribalar to’planganligini ko’rsatdi. Ayni paytda mazkur davlatlar mavjud mediata’lim modelining ilg’or nazariy va amaliy g’oyalarini o’zida ifodalab, mediata’lim tizimi, uni o’qitish amaliyotiga samarali tatbiq etish borasidagi puxta ishlangan mexanizmiga ega.
O’zbekiston sharoitida ta’lim tizimiga yangi smart texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish chet el tajribasidan ko’rinib turubdiki bu juda zarur. Eng avvalo smart so’zinign mano mohiyatini anglab yetib so’ngra unga asosan darslar tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb o’ylayman.
II BOB. Matematikani o’qitishda smarttexnologiyalardan foydalanish takomillashttirish metodikasi 2.1 -§. “Geometriya" fanini o’qitish mazmunini takomillashtirishga oid metodikalar |
Global hamjamiyat yangi har qanday media axborotga ochiq kira oladigan resurslarga boy bo’lgan smart-jamiyatga qadam qo’yayotgan bir paytda, ta’lim sohasida yuz berayotgan keskin o’zgarishlar, tarbiya va o’rganish jarayonini ijodiy tashkil etishga yangicha mediakonvergentlik va madaniyatga zid yondashuvlar mavjud bo’lgan vaziyatda shaxsning mediamadaniyatini, fanga oid metakompetensiyalarni shakllantirish dolzarb masaladir.
Industry 4.0, ya’ni 4-sanoat inqilobi davrida XXI asrda shaxs uchun eng muhim bo’lgan ko’nikmalarni rivojlantirish, Barqaror rivojlanish maqsadlari 4 (Sustainable Development Goal 4 (SDG 4)) va global kun tartibining ta’lim bilan bog’liq maqsadlariga erishishda a’zo davlatlar va ularning hamkorlarini qo’llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish va kuchaytirishdan iborat muhim maqsadni amalga oshiruvchi global mexanizm hisoblangan ta’lim bo’yicha 2030 yilgacha Barqaror taraqqiyot dasturi (4 Quality Education), Incheon Declaration kabi global rivojlanish hujjatlarida ta’limni smart texnologiyalashtirish, shaxsni yangi jamiyat talablariga tayyorlash masalasi kun tartibiga qo’yilgan.
Barqaror rivojlanish maqsadlari 4 (Sustainable Development Goal 4 (SDG 4) “Umumqamrovli va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash hamda barchaga butun umri davomida ta’lim olish imkoniyatini rag’batlantirish”ni nazarda tutib, quyidagilardan iborat:
4.1-vazifa. 2030 yilgacha boshlang’ich va umumiy o’rta ta’limni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, o’qitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko’tarish.
4.2-vazifa. 2030 yilgacha barcha o’g’il bolalar va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha o’qitishning sifatli tizimlaridan ular boshlang’ich ta’limni olishga tayyor bo’lishlari maqsadida bemalol foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
4.3-vazifa. 2030 yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli o’rta maxsus, oliy, kasb-hunar hamda qo’shimcha ta’limdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
4.4-vazifa. 2030 yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega bo’lish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun mehnat bozorida talab katta bo’lgan ko’nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko’nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko’paytirish.
4.5-vazifa. Ta’lim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga oladigan darajada yaxshilash bilan nogironlar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali o’qitish muhitini ta’minlash.
4.7-vazifa. 2030 yilgacha barcha o’quvchilar va talabalarning barqaror rivojlanishiga ko’maklashish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni egallashlarini ta’minlash.
4.a-vazifa. O’quv muassasalarining barcha uchun xavfsiz va samarali o’quv muhitini ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaxshilash.
4.b-vazifa. 2020 yilgacha oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun kreditlar va grantlar, shu jumladan xalqaro miqdorini jiddiy ravishda ko’paytirish.
4.c-vazifa. 2030 yilgacha malakali o’qituvchilarning sonini, jumladan o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali, jiddiy ravishda ko’paytirish [28].
Barcha bilimlarni qamrab oluvchi hamda fuqarolarning smart-jamiyatda to’liq ishtirok etishi va uning rivojiga hissa qo’shishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va munosabatlarning umumiy konsepsiyasi yaqin-yaqindan boshlab XXI-asr ko’nikmalari yoki malakalarining umumiy to’plami sifatida atala boshlandi. Mazkur ehtiyojning vujudga kelishi, asosan, jamiyatdagi o’zgarishlar va xususan, texnologiyaning jadal rivojlanishi va uning odamlarning turmush tarzi, mehnat qilishi hamda bilim olishiga ta’siri bilan uzviy bog’liq. Sanoatlashgan jamiyatda ta’limda asosiy e’tibor faktlar va protsessual bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, axborotlashgan jamiyatda, smart-jamiyatda konseptual va metakognitiv bilimlarni rivojlantirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. XXI asrda shaxs uchun eng muhim bo’lgan ko’nikmalar negizida AKTga oid kompetensiyalar yotadi va mazkur ko’nikmalar umumiy holda quyidagilardan iborat:
1. Hayot va karera ko’nikmalari;
2. O’rganish va innovatsiya ko’nikmalari;
3. Axborot, ommaviy axborot vositalari va texnologiya ko’nikmalari.
Didaktik jihatdan smart texnologiyalar asosida o’qitishning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish muhim kategoriya hisoblanadi. F.Hamroevaning fikricha, ta’lim jarayonida samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo’lgan ilmiy-metodik ta’minotni yaratishda smart texnologiyalar innovatsion axborot manbai bo’la oladi. Bunda o’qitishning ilmiy-metodik ta’minoti quyidagi smart texnologiyalardan tashkil topadi [59;40-41-b]:
ijtimoiy smart texnologiyalar – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma va malakalariga egalik, tashqi atrofdagilar bilan axborot almashish, axborot bazasini kengaytirish;
individual smart texnologiyalar –izchil ravishda axborotlarni takomillashishiga erishish, malaka darajasini oshirib borishda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;
metodik smart texnologiyalar – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim muassasasida Geometriya fanini o’qitish, axborot mediata’lim shakllarini to’g’ri belgilash, metod va vositalarini maqsadga muvofiq tanlay olish, interfaol metodlarni mediata’lim jarayonida samarali qo’llay olish, smart texnologiyalarni qo’llab ta’lim jarayonida kafolatli natijaga erishish;
Geometriya smart texnologiyalar – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli va foydali ma’lumotlarni izlash, to’plash, saralash, qayta ishlash hamda ulardan mediata’lim jarayonida maqsadli, o’rinli foydalanish, mediatexnologik bilimlardan, shuningdek, kredit ta’lim, masofaviy ta’limlardan xabardor bo’lish;
kreativ smart texnologiyalar – Geometriya fanini o’qitishda o’quvchilarga ijodiy va tanqidiy yondashish, yaratuvchanlik, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
innovatsion smart texnologiyalar – Geometriya fani metodikasini takomillashtirishda o’quvchilarga berilayotgan ta’lim sifatini yaxshilash, mediata’lim jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotiga muvaffaqqiyatli tatbiq etish;
kommunikativ smart texnologiyalar - mediata’lim jarayoninig barcha ishtirokchilari bilan muloqot o’rnata olish, axborotni to’g’ri qabul qilish va ularni to’g’ri etkazish, xorijiy tillarda muloqot qila olish, internet tarmog’ida fanga oid bilimlarga ega bo’lish, internet tarmog’ida ishlay olish;
mediatexnologik yondashuv – Geometriyaga oid bilim, malakani boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, amaliyotda zamonaviy texnik vositalaridan, texnika va texnologiyalardan samarali foydalana olish;
pedagogik smart texnologiyalar – Geometriya fani bo’yicha egallashi kerak bo’lgan pedagogik mediata’lim yig’indisi. Pedagogik mediata’limda muayyan faoliyat turiga qarab smart texnologiya turlari aniqlanadi;
psixologik smart texnologiyalar – smartta’lim jarayonida sog’lom psixologik muhitni yarata olish, turli medasavodxonlikka oid axborotlar bazasini takomillashtirish, salbiy psixologik ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olish va bartaraf etish.
Tadqiqot mavzusi doirasida N.Rustamova, F.Hamroeva, S.Beknazarova, YA.Mamatova, S.Sulaymanova, S.Babadjonov, O.Davlatov singari olimlarning tadqiqot ishlaridagi smart texnologiyalar asosida o’qitishning ilmiy-metodik yondashuvi alohida o’rganildi. Mazkur ilmiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda, birinchi o’rinda, berilayotgan bilim ta’lim oluvchining ma’lum pedagogik mahorati emas, balki smart texnologiyalarni o’zlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish qobiliyati muhim o’rin tutishi ta’kidlangan. Ushbu olimlarning tadqiqotlarida ta’limning turli bosqichlarida o’qitish jarayoniga smart texnologiyalarni tatbiq etish holati, metodikalari tahlil qilingan, yangi metodikalar yaratilgan. Ammo bu taqiqotlar asosida geometriya fanini o’qitish uchun yetarlicha malumotlar berilmagan va biz buni chuquroq yoritishga harakat qildik.
A.P. Щyogolevaning fikricha, zamonaviy jamiyatda hozirgi eng ustuvor yo’nalish - bu ta’limni axborotlashtirish jarayonidir. Ushbu yo’nalish o’quv jarayonini o’quvchilarga o’qitish va tarbiyalashning pedagogik maqsadlarini amalga oshirishga hissa qo’shadigan multimedia texnologiyalaridan amaliy rivojlanish va maqbul foydalanishni ta’minlaydi. Mazkur jarayon natijasida:
- zamonaviy avtomatlashtirilgan sharoitda bo’lgan o’quvchi shaxsini rivojlantirish vazifalariga muvofiq o’qitish, ta’limning mazmuni, shakllari va usullarini tanlashga yondashuv metodikasi takomillashtiriladi;
- o’quvchining potensialini rivojlantirishga, bilimlarni mustaqil ravishda egallash, eksperimental tadqiqot faoliyatini o’tkazish qobiliyatini shakllantirishga, turli yosh darajalarini hisobga olgan holda axborotni qayta ishlash bilan bog’liq mustaqil faoliyat turlarini tashkil etishga yo’naltirilgan uslubiy o’quv tizimlarini tashkil etish;
- tinglovchilarning bilim darajasini kuzatish va baholash uchun kompyuter test usullarini yaratish va qo’llash imkoniyati mavjud [63]..
A.P.Щyogoleva smart texnologiyalarni faqatgina multimedia dasturlari misolida ko’radi, bu esa, mazkur texnologiyalarni chegaralanishiga sabab bo’ladi.
N.B. Kirillova media texnologiyalarni «axborotni taqdim etish uchun turli xil apparat va dasturiy ta’minotlardan foydalanishga asoslangan axborot texnologiyalari» deb tushunadi [39;448-b] bu esa o’z ilmiy ishlarida geymifikatsiyadan to’garak mashg’ulotlari jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining musiqaga bo’lgan qiziqishini shakllantirish maqsadida foydalanish masalalarini yoritgan [40;280-b].
2.2-§. Smarttexnologiyalardan foydalanib “Geometriya" fanini o’qitish mazmuni, shakl, usul hamda vositalari
Ikkinchi bobning birinchi paragrafida mavjud mediatexnologik metodikalarni tahlil qildik. Mazkur paragrafda esa, Smart texnologiyalardan foydalanib “Geometriya " fanini o’qitish mazmuni, shakl, usul hamda vositalari to’g’risida batafsil so’z yuritamiz.
Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u o’qitish maqsadlariga xizmat qiluvchi qonuniyatlar va tamoyillar, ta’lim mazmuni, metod va vositalar, shakl va usullar, talaba va o’qituvchining birgalikda qiladigan mehnati asosiy shartlarining majmuasidir. O’quv jarayoni – insoniyat tajribalarini o’zlashtirish, bilimlarni egallash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, o’quv va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish kabi ko’p funksiyali va uzoq davom etadigan tizimdir. Har qanday tizim esa ko’p komponentli bo’ladi. SHuning uchun ham o’quv jarayonini takomillashtirish ko’p qirrali va mas’uliyatli jarayondir.
Geometriya fanida foydalanish uchun manba vazifasini o’taydigan istalgan resurslarni birlashtirib, tizimli takomillashtirilgan mexanizm sifatida amaliyotda qo’llash mumkin. Quyida mazkur smart texnologiyalarning tizimli takomillashgan mexanizmini umumlashtirish asosida Geometriya fanining axborot maydonini tashkil etuvchi mediatexnologik metodik resurslar ko’satildi. (2.2.1-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |