Bu masalada shoshilmaslik zarur. Xususan, Alisher Navoiy ijodi
ana shunday ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Agar bu so‘zlar
shoiming
she’riy ijodida uclirasa — ular badiiy timsol. Bordi-yu, bu so‘zlami
muallif ilmiy yoki um um an nasriy asarlarida ishlatsa, vaziyat
o‘zgaradi: endi
uni badiiy timsol deb emas, aynan o‘sha spirtli
ichimlikning o‘zi deb hisoblashimiz shart.
Bobokalonimiz ijodida unisi ham, bunisi ham uchraydi.
Awal o‘sha o‘z ma’nosida qo‘llangan asarlariga to ‘xtab o‘taylik.
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarida tasvirlanishicha, Sayyid
Hasan Ardasher xos m a’naviy suhbatlar chog‘ida bodaxo‘rlik
qilishni xush ko‘rganlar. Lekin har gal ichkilikbozlikdan keyin
Yaratganga iltijo qilib, mayxo‘rlikdan tavba berishini so‘raganlar...
Bu yerda o‘z m a’nosidagi mastlik ko‘zda tutilgan.
Navoiy zamondoshlariga yo‘llagan xatlarini yig“ib, «Munshaot»
nomi bilan to ‘plam qilgan. Shu asardagi
hukmdorlardan biriga
jo ‘natilgan maktubda ikki narsa maslahat tariqasida qattiq shart
qilib qo‘yiladi: birinchisi — Haq taolo amriga to ‘la itoatda bo‘lib,
buyurgan ishlarini so‘zsiz bajarish; ikkinchisi — Tangri man etgan
ishlar(nahy)ni qilmaslik. Odamlar ustidan hukm yuritish baxtiga
muyassar bo‘lgan kishi uchun Alloh amriga itoat etishda adolatga
teng keladigani yo‘q. Man etilgan ishlardan tiyilislming hech biri
esa
«chog'ir tarkicha bo ‘Imas».
Navoiy bu gaplaming o‘zi bilan ham cheklanib qolmaydi.
Adolatning qadrini ham, may
ichmaslikning foydasini ham
Muhammad payg‘ambaming so‘zlari bilan mustahkamlab tushun-
tiradi:
«...Hazrat risolat
(ya’ni Muhammad)
sallallohu alayhi vasal-
lam buyurubturkim, «Adlun saatun xayrun min ibodat is-saqalayn»
(«Bir soatlik adolat ikki dunyo — insonlar va jinlar dunyosi iboda-
tidan yaxshiroq») va chog'imi «umm ul-xabois» («yaramasliklar
onasi») debdurlar, jam
7
yomonlig ‘ andin mutavallid bo ‘lurkim (ya ’ni
tug‘iladikim), borcha yaxshiliq va yomonliq bu ikki nima zimnida
mundarijdur».
Bundan ma’lum bo‘ladiki, ulug‘
mutafakkir hech ikkilanmas-
dan ichkilikbozlikni Xudo man etganini, barcha yomonliklar shu
ichkilikdan kelib chiqishini ta’kidlab turibdi. Shunday so‘zlami she’r
qilib emas, asar deb emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmdorga nasiliat tarzida
bitgan kishining o‘zi ichkilik tarafdori bo‘lishi, uni maqtashi mumkinmi?
Masalani shu tarzda juda aniq qilib qo‘ygan paytimizda beixtiyor
shoirning ana shu m ashhur g‘azali m aqta’sida aytilgan fikr
yodimizga tushadi.
Ana shunda bu parchadagi
«boda»
aslo o‘z ma’nosida emasligini
tushunib olish kerak.
Adabiyotda islom ta’sirisiz ham dunyoviy ma’nodagi
mastlik
kayfiyatini tarannum etish, mayni ta’riflash bor edi. Tasawuf adabiyoti
shu shaklni saqlab qoldi. Ammo endi mayni Xudoga ishqning timsoli
qilib oldi. Shuning uchun tasawuf she’riyatida ham shaklan, ya’ni
tashqi tarafdan aynan dunyoviy adabiyotdagidek may va mastlik tilga
olinaveradi, mohiyatida esa ilohiy ishq ko‘zda tutiladi.
Boda kelgan uyga qayg‘u kelmasligining dunyoviy asosi bor:
ichgan kishining, sun’iy ravishda bo‘lsa ham, kayfiyati ko‘tariladi,
qayg‘usi, vaqtincha bo‘lsa ham, esdan cliiqadi. Tasawufiy ma’noda
esa Yaratganning ishqi bilan kuyib-yonib yashayotgan kishining
g‘am chekishiga o‘rin qolmaydi. Shuning uchun ham lirik qahra
mon yorining kelmaganiga,
ochiqroq ifodalaganda, bu dunyoda
Alloh vasliga yetolmayotganiga ko‘p ham g‘am chekavermay,
Yaratgan zotni sevishini davom ettiraversin, shunda barcha kulfat-
lar bartaraf bo‘laveradi...
Shoiming may, sharob, boda, chog‘ir haddi a’losida ta’riflangan
she’rlari shu qadar ko‘pki...
Bayt — asli oshiqona g‘azalning maqta’si.
Lekin boda tilga
olindimi, demak, g‘azalga rindonalik ruhi ham qo‘shildi. May
ta ’rifida kelgan g‘azallar
rindona g ‘azallar
deyiladi.
Ulug‘ shoir asarlari moliiyatini tushunib olishga qiynalmaslik,
xususan, so‘zlarning o ‘z m a’nosi bilan ko‘chma, ya’ni badiiy
ma’nosini tushunishda adashib ketmaslik uchun shoiming timsollar
olamidan boxabarlik talab etiladi.
Demak, Navoiy asarlari mag‘zini chaqishda ilm juda kerak.
Bu shoiming o‘ta mashhur g‘azallaridan liisoblanadi. Hozirgacha
ham qo‘sliiq qilib kuylanadi. Ko‘p hofizlarimiz shu g‘azal ijrosida
o‘z kuchini sinab ko‘radi. G ‘azal mashhur «Munojot» kuyi bilan
aytiladi.
Kuyda haqiqiy yor, ya’ni Alloh vasliga yetolmaslik dard-u
g‘ami, iztirobi aks etgan. Shuning uchun ham Abdulla Oripovning
«Munojotni tinglab» she’ri:
Kuyi shunday bo'lsa, g‘amning o‘ziga
Qanday chiday oldi ekan odamzod?! —
deya tugallanadi.
Bu jihatdan g‘azal mazmuni kuy ruhiga juda mos.