Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134
(1 4 4 1 -1 5 0 1 )
Muhtaram o‘quvchi!
Oldingi sinflarda siz buyuk o‘zbek shoiri va 
mutafakkiri, o‘zbek adabiy tilining asoschisi 
Alisher Navoiy tarjim ayi holi, u yozgan 
o‘lmas asarlar, ulardan ba’zilarining mazmun- 
m ohiyati, badiiy jozibasi bilan atroflicha 
tanishgan edingiz.
Yaxslii bilasizki, Alisher Navoiy 1441-yil 
9-fevralda temuriylar hukmronligida bo‘lgan 
Xuroson davlatining poytaxti Hirot shalirida 
saroy amirlaridan bo‘lmish G ‘iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud 
topdi. Kichik yoshidan ta’lim olib, maktabda o‘qib yurgan kezlari forsiy 
tildagi tasawufiy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblan-mish 
Fariduddin Attorning masliliur 
«Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi»)
dostonini sevib, berilib o‘qidi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu 
qadar mashg‘ul bo‘lib ketganidan qo‘rqib, kitobni undan olib, 
yashirishdi. 
«Biroq, —
deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob 
tariqasida yozgan «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, — 
men «Mantiq ut-tayr» matnini to'liq yodlab olgan edim...»
Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad shahriga 
ko‘cliib, bir necha yil o‘sha yerda yashaganidan ham xabardorsiz.
1466—1469-yillari yosh shoir Samarqand shaliridagi madra- 
salarda ta ’lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo‘ldi, faol ijod 
ham qildi. 1469-yilning bahorida do‘sti temuriyzoda Husayn Boyqaro 
Hirot taxtini egallaganidan so‘ng shoirni yoniga chaqirdi.
Ulug‘ qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida 
oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo‘ldi. U buyuk amallardan 
iste’foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan kezlarida 
ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga Husayn 
Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya’ni shohning eng yaqin kishisi 
martabasini bergan edi. Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi 
imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket 
yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi.
1483— 1485-yillari shoiming eng buyuk asari — besh dostondan 
iborat «Xamsa» yaratildi.
Umrining so‘nggi o‘n yili mobaynida ham Navoiy juda ko‘p 
badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi.


Bu ulug‘ zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. 
0 ‘sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri Hirotda. 0 ‘zbe- 
kiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qilish rejasini 
tuzyapti. Mamlakatimiz poytaxtidagi « 0 ‘zbekiston Milliy bog‘i»da 
Alisher Navoiyning ulug‘vor haykali qad rostlab turibdi. Xalqimiz 
vakillari, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar 
shoir haykali poyiga gulchambarlar qo‘yadi. Haykal ustida bino 
qilingan baland toq girdiga uning bir g‘azalidan olingan:
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, emr yorlig‘ ish, —
degan misralari yozib qo‘yilgan. U butun bashariyatga qarata aytilgan 
shior yanglig‘ jaranglaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur to ‘g‘ri ta ’kidlaganidek, tarixda 
hech kim turkiy tilda Navoiychalik 
«ко ‘p va xo Ъ» («yaxshi»)
asarlar 
yozgan emas.
Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik merosga ega shoir 
hisoblanadi.
Keyingi yillarda Tokio, Moskva va Boku shaharlarida ulug‘ o‘zbek 
shoiri haykali qad rostladi.
G ’AZALLAR

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish