Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. «Nil va Rim»dek yirik she’riy asarni yaratmoq uchun ijodkordan 
iste’doddan tashqari yana nimalar talab qilingan?
2. Qullar mehnati, kuchi, hayoti evaziga Misr ehromlari, Rim obidalari 
bunyod etilgan. Bu ikki hodisa o‘rtasida ziddiyat yo‘qmi? Agar bo‘lsa, Siz 
uni qanday izohlagan bo‘lardingiz? Bu savollarga o‘qituvchingiz yordamida, 
sinfdoshlaringiz bilan birga javob topishga harakat qiling.
3
. «О ‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo ‘Isa!
Bir parcha non nima о ‘zif Shunga zor bo ‘Isa!» —
misralarida ko‘proq qanday qadr to‘g‘risida gap ketyapti?
4. « 
Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon
» misrasida ko‘kdagi holat 
nimaga o ‘xshatilyapti? Bu o‘xshatishning ramziy m a’nosi ham bormi?
5 .0 ‘zbekistonxalqshoiri A.Oripovning «Olomonga» she’rini topib o‘qing. 
Bu she’rdagi olomon bilan «Nil va Rim»da yo‘lbars changalida parchalangan 
gladiatoming o‘limiga chapak chalayotgan «xalq» o‘rtasida bog‘liqlik bormi? Bu 
masalani ham o‘qituvchingiz yordamida muhokama qiling.
6. 
«Tun qancha qora b o ‘Isa, oy shuncha yorug‘!»
misrasigajo qilingan 
ramziy m a’noni izohlashga urining.
7. She’ming lirik qahramoni o‘zini 
« 0 ‘sha jonman, o ‘sha qonman va
о ‘sha shonman!!!» —
demoqda. Shu birgina misraga insoniyatning erk va ozodlik 
uchun olib borgan kurashi jamlangan bo‘lishi mumkinmi? Mulohaza qiling.
8. «Nil va Rim» asaridan bir parchani yod oling va sinfda ifodali o ‘qib 
bering.


MONOLOG
Sevgi! Sening shirin tilingdan 
Kim o'pmagan, kim tishlamagan? 
Darding yoyday tilib ko'ksidan,
Kim qalbidan qonlar to'kmagan?
Seni yaxshi bilaman, go'zal,
Petrarkani o‘qiganim hjor.
Buyiik Rimning Sapfosf azal 
Xayolimni oshiqday tortar.
3
Bilamanki, Tasso bechora 
Rohat ko'rmay o‘tgan bir umr.
Ey makkora qiz, Leonora ,
Nomi qora bilan yozilgur!..
Balki, guldan yaralgan pari 
Tosh ko‘ngilli Beatriche :
— Gadosan, — deb qochmasa nari 
Dante baxtli bo‘lardi picha!
Balki, Hamlet6 oydin tunlarda 
Ofeliyani erkalatardi.
Balki, uzun socliini silab 
Azongacha ertak aytardi.
Agar xiyonatni bilmasa,
Ezmasa fojia yuragin!
Yo‘q! Yo‘q, shoir! Gar shunday bo'lsa, 
Shekspirning yo‘qdir keragi!
Dezdemona8, gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?
Bilaman, Otello , bilaman,
Otello haqlimi?.. Shoir — jim!..

Petrarka
—qadimgi Rim shoiri.
” 
Sapfo —
qadimgi Rim shoirasi.
Tasso —
o‘tli ishq-muhabbat kuylangan asaming baxtsiz qahramoni. 
Leonora —
yana bir adabiy qahramon.
Beatriche —
mashhur italyan shoiri Dantening sevgilisi.
Hamlet —
mashhur shoir va dramaturg Uilyam Shekspirning shu nomdagi 
tragediyasining bosh qahramoni.
Ofeliya —
Hamletning sevgilisi.
Dezdemona —
Shekspirning yana bir tragediyasi — «Otello»ning bosh 
qahramonlaridan biri.
Otello —
shu nomdagi asaming bosh qahramoni, Dezdemonaning eri.
21 4


Jim!.. Ufqdan botar quyoshni 
Shart kesilgan boshga o‘xshatdim. 
Parcha-parcha kuygan shafaqlar 
Tirqiragan qonni eslatdi!
Qanday qo'rqinch! Qanday qabohat! 
Mumkin emas hech qiynalmasdan! 
Aqlidan ozganmi muhabbat? 
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
Mumkin emas, ey, oliy janob, 
Necha yurakni aylab xarob.
Shohona toj kiygan muhabbat, 
Mumkin emas! Qanday qabohat!
Ki, odamning o'ziniginamas, 
Hissini ham xarob qilsa davr! 
QiynalamanL Yuragimda hovur...
Bu — qarshilik! Yo‘q! Gina emas.
Bu — qarshilik! Ko'ring tarixni. 
Umr tepasida musht tuygan... 
Qiynalaman vijdon bilan man, 
Mumkin emas, qarshi turmasdan! 
0 ‘z zimmamga katta ish oldim:
Ehtimolki, tamom qilmasdan — 
Umrim tugar. Ammo, bo'lmaydi 
(Ko‘nglim o‘rniga hech tushmaydi). 
Senga qarshi bosh ko‘tarmasdan 
Asrlarni yig‘latgan sevgi!!!
Ishq-muhabbat jahon adabiyoti, tasviriy va qo‘shiqchilik san’ati, 
musiqasining doimiy va hech qachon ohori to ‘kilmaydigan 
mavzusidir. Yodingizda bo‘lsa, masliliur tatar shoiri Xodi Toqtash: 
«Muhabbat ul o‘zi eski narsa, Lekin har bir yurak uni yong‘orta 
(yangilaydi)», — degan edi. Zero, har bir in son balog‘at yoshiga 
yetar ekan, uning qalbiga aw al notanish bo‘lgan ajib bir his — 
muhabbat hissi, albatta, m o‘ralaydi. Insonning o‘zi kabi in son 
go‘zalligiga, latif chiroyiga, qalb xazinasiga bo‘lgan qiziqislii bosh 
ko‘taradi. Ikki yosh bir-birini ko‘rgisi, ko‘zlariga termilgisi, uzoq- 
uzoq suhbatlar qurgisi keladi. Odam bolasi sevgisi, sevilgisi keladi.
1933


Usmon Nosir hayoti va ijodi to‘g‘risida awalgi darsda o‘qiganingiz 
m a’lumotda bu shoir to ‘g‘risidagi Turob To‘laning taassuroti bilan 
tanishgan edingiz. Uning gaplariga yana bir e’tibor bering:
« 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish