Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. 
«Umr tepasida musht tuygan...»
misrasini izohlashga harakat qiling.
2. Shoir o‘z zimmasiga qanday katta ish olganki, uni tamom qilmasdan 
u mri tugashi mumkinligini aytyapti? Bu satrlarda shoirning bashoratomuz 
fikrlari ifodalangan bo‘lishi mumkinmi?
3. Nega bu she’rga «Monolog» deb nom berilgan?
4. She’rda qo‘llanilgan badiiy o‘xshatishlarga misollar toping.
5. «Monolog» she’rini to ‘liq yod oling.


ASQAD MUXTOR
(1 9 2 0 -1 9 9 6 )
XX asr o‘zbek she’riyati, nasri, tarjima- 
chilik san’ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad 
Muxtorning aloliida xizmatlari bor. Jahon 
adabiyotining eng sara mamumalarimi puxta 
o‘rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat 
turi sifatida qaragan bu adib o‘zidan boy va 
ibratli adabiy meros qoldirdi.
Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida 
Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga 
keldi. Oiladagi uchinchi farzand bo‘lgan Asqad 
endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot etadi. 
0 ‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi. Asqadjon 
balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o‘qiydi. 
1936-yilda u Toslikentga kelib, jumalistlar tayyorlaydigan kurslarga 
o‘qishga kiradi, gazeta tahririyatida islilaydi.
Keyingi taqdiri badiiy va publitsistik ijod bilan bog‘liq ekanini 
anglagan Asqad Muxtor 1938-yilda Samarqanddagi dorulfimunga 
o ‘qishga kiradi. U rush yillari bu ilm dargohi 0 ‘rta Osiyo 
dorulfununiga qo‘shilishi munosabati bilan ko‘pchilik qatori 
A M uxtor ham Toshkentda o‘qishni davom ettiradi.
Universitetni muvalfaqiyatli tamomlagach, uni Andijonga ishga 
yuboradilar. Bu yerdagi Pedagogika institutida uch yil davomida 
o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
1945-yilda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan 
bog‘lanadi. U o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan matbuot nashrlari — 
«Yosh leninchi», «Qizil 0 ‘zbekiston» gazetalarida bo‘lim mudiri, 
mas’ul kotib vazifalarini bajaradi. Bu yillari uning badiiy va publitsistik 
matn ustida ishlash qobiliyati charxlanadi.
1960—1965-yillar oralig‘ida Asqad Muxtor Respublikaning 
eng yirik adabiy nashri — «Sharq yulduzi» jumaliga muharrirlik 
qiladi. Uning «Guliston» jumaliga, « 0 ‘zbekiston adabiyoti va 
san’ati» haftalik gazetasiga bosh muharrirlik qilgan yillarini 
hamkasblari iliq xotiralar bilan yodga olishadi. Chunki bu yillari 
mazkur naslirlarda o ‘zbek adabiyotining puxta talirirdan chiqarilgan 
eng sara asarlari chop etilgandi. 0 ‘sha gazeta va jumal taliririyatlarida 
xizmat qilgan ko‘plab yosh yozuvchi-shoirlar keyinchalik milliy 
adabiyotimizning yorqin namoyandalariga aylandilar. Respublikada


«Asqad Muxtor tahrir maktabi» degan haqli ibora bejiz paydo 
bo‘lmagandi. Zero, adabiy matn ustida tinimsiz ishlash, uni talirir 
orqali jilolash san’atini juda ko‘pchilik aynan Asqad Muxtordan 
o‘rgangandi.
Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi. Uning 
«Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she’riy asarlaridayoq 
(1935—1938) adabiyotdan juda ko‘p narsani kutuvchi, unga butun 
umrimi bag‘islilashga tayyor lirik qaliramon qiyofasi gavdalangandi.
Ikkinclii jahon uruslii yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy 
mavzusi, o‘z-o‘zidan, urush bilan bog‘landi. Yosh ijodkoming 
kuclili pafosga yo‘g‘rilgan «G‘alaba ishonclii», «Jangcliining bayram 
kechasi», «Tug‘ishganlar qaytdi», «Sog‘inish» singari o ‘nlab 
she’rlari urush davri o‘zbek poeziyasi namunalari bo‘lib qoldi.
Uning «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), 
«Rahmat, mehribonlarim» (1954), «Chin yurakdan» (1956), 
«99 mimiatura» (1962), «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1964), «She’rlar» 
(1966), «Quyosh belanchagi» (1971), «Sizga aytar so‘zim» (1978) 
singari she’riy to ‘plamlarini kuzatib, shoiming ijodiy balog‘atga 
yetishish jarayonini anglash mumkin.
Ayniqsa, uning «99 m iniatura», «Karvon q o ‘ng‘iro g ‘i» 
to ‘plamlaridan joy olgan lirik asarlari o‘z davri adabiyoti piligining 
sezilarli darajada ko‘tarilisliiga sababclii bo‘lgan edi.
0 ‘tgan asming 50-yillaridan boshlab Asqad Muxtor o‘z ijodiy 
imkoniyatlarini prozaik janrlarda ham sinab ko‘rishga kirishdi. 
Dastlabki kichik hikoyalardan so‘ng, birin-ketin yozuvchining 
«Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), 
«Buxoroning jinko‘chalari» (1980), «Bo‘ronlarda bordek halovat», 
«Jar yoqasidagi chaqmoq» (1982), «Kumush tola» (1987) singari 
qissalari, «Opa-singillar» (1954—1955), «Tug‘ilish» (1960—1963), 
«Davr mening taqdirimda» (1964), «Cliinor» (1969—1973), «Amu» 
(1984) nomli yirik romanlari yaratilib chop etildi. Bu asarlaming 
har biri o‘zbek o‘quvchisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, 
jiddiy adabiy bahslar qo‘zg‘alishiga sababclii bo‘ldi.
Bundan tashqari, Asqad Muxtoming bolalarga bag‘islilangan 
«Chin yurakdan» (1956) nomli she’riy, «Hayotga chaqiriq» (1956), 
«Dunyo bolalari» (1962) nomli hikoyalar to ‘plamlari ham naslir 
qilindi.
Rus adabiy tilini juda yaxshi egallagan va his qilgan Asqad 
Muxtor tarjimachilik sohasida ham ibratli muvafFaqiyatlarga erishdi. 
Masalan, u buyuk dramaturg Sofokl qalamiga mansub «Shoh Edip» 
asarini mahorat bilan o‘zbekchalashtirgan edi. Bundan tashqari,


Asqad Muxtoming Pushkin, Lermontov, Tagor, Mayakovskiy, 
Blok, Gorkiy, Shevchenko singari klassiklardan qilgan tarjimalari 
o‘zbek kitobxoniga ajoyib tortiq liisoblanadi.
Asqad Muxtor umrining oxirida — sog‘lig‘i yomonlashib, 
yozishga qiynalgan yillari ham ijod qilish, ko‘nglidagini odamlar 
bilan baham ko‘rishdan to ‘xtamadi. Uning «Uyqu qochganda 
(Tundaliklar)» deb nom berilgan badiiy-falsafiy mushohadalari 
(«Ma’naviyat» nashriyoti, 1997-yil), go‘yo, matonatli shaxs va 
betakror ijodkoming insoniyatga qoldirgan vasiyatidek yangraydi...
Taniqli adib uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng 1996- 
yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish