Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Asqad Muxtor hayoti va ijodi to‘g‘risida gapirib bering.
2. Asqad Muxtorning qanday she’rlarini bilasiz?
3. Yozuvchining «Chinor» romanidan boshqa biror prozaik asari ni 
o‘qiganmisiz?
4. «Chinor» romanidagi AkbaraU obrazi Sizda qanday taassurot qoldirdi? 
Unga achindingizmi?
5. Konda Akbaralining o‘rnida Siz bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan 
bo‘lardingiz?
6. Bektemirning orzulari nima edi? N ima uchun u aynan Akbaralini 
qora tortib keldi?
7. Asardagi Akbaralining onasi — Sharofat xolaning eng katta orzusi 
nima edi? Nega u butun umr shu orzu bilan o‘tdi?
8. Sharofat xolaning iztiroblarida o‘g‘li Akbaralini qanchalik aybdor, 
deb hisoblaysiz?
9. Asar parchasidan Akbaralining ruhiy qiynoqlari aks ettirilgan 
tasvirlami toping.
10. Nega Akbaralini bir sharpa doim ta’qib qilgandek bo‘laveradi?
11. Chinakam qahramon emas, tirik yurgan Akbaralining xotirasi 
abadiylashtirilishida qandaydir ramziy m a’no bor, deb hisoblaysizmi? 
Fikringizni misollar bilan isbotlashga harakat qiling.
12. 0 ‘z qilmishidan qiynalayotgan AkbaraU nega onasiga yoki do‘stlariga 
dardini ayta olmaydi? Bu ham qo‘rqoqlikmi yoki boshqa tuyg‘ular sababmi?
13. Hamma ham AkbaraUdek ruhiy qiynoqlarga tushishi mumkinmi? 
Bu narsa nimadan dalolat beradi?
14. Ochil boboning Akbarali o ‘1imidan keyingi so‘zlarini qanday 
izohlagan bo‘lardingiz?
15. Nega u Akbaralini «mo‘rt barg» deb nomladi?
16. Akbarali o‘z joniga qasd qilib to ‘g‘ri yo‘l tut dim i? U boshqa nima 
qilishi mumkin edi?
17. «Azim chinoming bir mo‘rt bargi» mavzusida insho yozing.
242


SAID AHMAD
(1920-2008)
0 ‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan 
biri Said Ahmad (to‘liq ism-sharifi Saidalimad 
H usanxo‘jayev) 1920-yilda Toshkentning 
Samarqand darboza mahallasida dunyoga 
keldi. U o ‘rta maktabni tugatgach, aw al 
Toshkent Rassomlik bilim yurtida, so‘ng 
Toslikent Pedagogika institutida o‘qidi va uni 
1943-yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga ha- 
vasmand b o ‘lgan adib adabiyot darslarida, 
maktabdagi to ‘garaklarda faol qatnashardi.
Adib dastlab «Mushtum» jurnaliga adabiy 
xodim bo‘lib ishga kirdi. Tabiatan hazil-mutoyibaga moyil Said 
Ahmad uchun bu jum al muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo‘ldi. 
Yozuvchining «Mushtum» jurnalida (1938—1939, 1955—1957), 
«Yosh leninchi» gazetasida (1940—1941), 0 ‘zbekiston Davlat radio 
qo‘mitasida (1941—1943), «Qizil 0 ‘zbekiston» gazetasida (1943— 
1947), «Sharq yulduzi» (1948—1950) jumallari tahririyatlaridagi 
faoliyati uning yetuk ijodkor bo‘lib yetishishiga, elga tanilishiga 
sabab bo‘ldi.
Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko‘p yozsa-da, xo‘b 
yozadi. Uning «Tortiq» nomli dastlabki hikoyalar to ‘plami 1940- 
yilda chop etilgan. Shundan so‘ng adibning «Er yurak», «Farg‘ona 
hikoyalari», «Cho‘l burguti», «Muhabbat» kabi ellikka yaqin katta- 
kichik kitoblari alohida to ‘plam va ko‘p jildliklar shaklida naslir 
etilgan. Bu asarlaming barchasi zo‘r qiziqish va hayajon bilan 
o‘qiladi. Sababi, adabiyotshunoslarimiz to ‘g‘ri ta ’kidlaganlaridek, 
Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G ‘afur 
G ‘ulom yumori, Abdulla Qahhoming ixcham va teran fikrlash 
fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adib. Darhaqiqat, bu uch 
bobokalon qalam ustasining ijodiy tajribasi sevimli yozuvcliimiz 
uchun ulkan mahorat maktabi bo‘ldi.
Said Ahmad — o‘tkir kulgi ustasi. Bu xususiyat uning barcha 
janrlardagi asarlariga ko‘chgan deyish mumkin. Jumladan, adibning 
«Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1976) komediyasi dovrug‘i olamga ketgan 
salma asari hisoblanadi. Asar o‘zining samimiy tili, sharqona lutf 
va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko‘plab xorijiy mamlakatlar


tomoshabinlarining ham ko‘nglini rom etdi. Adib ssenariysi asosida 
yaratilgan qator kinofilmlar haqida ham shu gapni aytish mumkin.
Mustaqillik yillarida adib yanada katta g‘ayrat bilan qalam tebratdi. 
U shu yillarda ko‘plab publitsistik maqolalar, badialar yozdi, 
shuningdek, quvnoq yumoristik, jo ‘shqin lirik liikoyalar, ta’sirchan 
xotiralar yaratdi. Yozuvcliining «Xandon pista», «Bir o‘piclming 
bahosi» kabi hajviy to ‘plamlari, «Yo‘qotganlarim va topganlarim», 
«Qorako‘z majnun», «Kiprikdagi tong» kitoblari, 3 jilddan iborat 
«Tanlangan asarlar»i xuddi shu istiqlol yillarida yaratildi.
Said Ahmad yirik nasriy asarlari bilan ham kitobxonlarga yaxslii 
tanish. Uning 1988-yilda yaratilgan «Jimjitlik» romani xalqimizning 
sho‘ro hukumati davridagi zoliiran tinch, turg‘unlik, aniqrog‘i, 
«jimjitlik» yillarida kechirgan kunlaridan liikoya qiladi. Asarda «qizil 
imperiya»ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan 
kisliilar taqdiri bo‘yab-bejalmasdan, haqqoniy ko‘rsatilgan.
«Ufq» romani nafaqat Said Ahmad ijodida, balki adabiyotimizda 
ulkan voqea b o ‘lgan uch qismli asar b o ‘lib, roman-trilogiya 
liisoblanadi. Asarda xalqimizning Ikkinclii jahon urusliigacha, urush 
davri, urushdan so‘nggi yillardagi qismati qalamga olingan. 
Romanning birinchi kitobi «Qirq besh kun», ikkinclii kitobi «Hij­
ron kunlarida», so‘nggi, uchinclii kitobi esa, «Ufq bo‘sag‘asida» 
deb ataladi. Trilogiyada o‘sha yillari xalq bosliiga tushgan mashaqqatli 
kunlar, musibatlar, ularni katta bardosh bilan yengib o ‘tgan 
kisliilar adib tomonidan zo‘r mehr va ilhom bilan tasvirlangan.
Said Alimadning shaxsiy hayoti ancha murakkab bo‘lgan. U 
1947-yilda «xalq duslimani» sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa 
olingan, bir necha yil qatag‘on jabrini tortgan. 1953-yildan so‘nggina 
oqlangan. Biroq bu azoblar sevimli yozuvchimiz ruhini, qaddini 
buka olmadi. Adibning barakali va mazmunli ijodiy faoliyati 
davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Adib « 0 ‘zbekiston xalq 
yozuvcliisi» unvoniga, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, «Buyuk 
xizmatlari uchun», «Do‘stlik» ordenlari bilan mukofotlangan. Said 
Ahmadga V atanim izning yuksak m ukofoti — « 0 ‘zbekiston 
Qahramoni» unvoni berilgan.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish