8. Qadimgi Misr fani va diniy e`tiqodi
Misrda ilmiy bilimlar. Dehqonchilik, savdo-sotiq, hunar-mandchilik, chorvachilik va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun misrliklarga ilmiy-amaliy bilimlar zarur bo`lgan. Shuning uchun ham Misrda matematika, geometriya, geografiya, astronomiya, tarix, tibbiyot, veterinariya va qishloq xo`jaligi bilimlari ancha erta rivoj topgan. Qadimgi va o`rta podsholik davrida misrliklar matematika sohasida jiddiy yutuqlarni qo`lga kiritganlar. Ular 1,10, 100, 1000 lik va hokazolardan iborat son-sanoq tizimini kashf etganlar. Bu sonlar uchun alohida belgilar bo`lgan. Yarim doira o`nni, o`rilgan arqon yuzni, nilufar guli belgisi esa ming raqamini bildirgan.
Misrliklar geometriya «yerni o`lchash» sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar. Chunki, kanallar qazish, dalalarni paykallarga ajratish, binolar qurish, sath va hajmlarni oichashda geometriya fani ularga kerak bo`lgan. Misrliklarda kaft, barmoq, qarich va tirsak uzunlik o`lchovlari bo`lib xizmat qilgan. Osmon jismlari va ularning harakatini o`rganuvchi fan astro-nomiya deyiladi. Shu sohaning olirnlari esa astronomlar deyilgan. Qadimgi Misr astronomlari osmon jtsmlari yulduzlar va sayyoralar harakatini o`rganib katta yutuqlarga erishganlar. Ma`lumki, Misrda qishloq xo`jaligi ishlari boshlanishidan avval Nil daryosi toshadi. Bu voqea ravshan yulduz Sirius ertalabki shafaqda ko`ringandan ikki-uch kun keyin sodir bo`lar edi. Astronomlar Siriusni ko`rishlari bilan Misr aholisini Nilning toshishi va ekish mavsumi boshlanishi haqida xabardor qilar cdilar. Demak, Nil daryosining toshish mavsumini hisoblash ehtiyoji Misr astronomiyasini yaratdi. Misr astronomlari dunyoda birinchi bo`lib, yulduz va sayyoralar xaritasini tuzganlar. Yulduz va sayyoralarning joylanishini ko`rsatadi-gan qadimgi xaritalar Misrdagi Senmut maqbarasi, Edfti va Dender ibodatxonalarining shiplarida saqlanib qolgan.
Misr astronomlari dunyoda birinchi bo`lib, o`zlarinins alohida quyosh kalendar taqvimlarini tuzganlar. Taqvimga ko`ra bir yil 365 kun bo`lib u 12 oyga bo`lingan. Har bir oy 30 kundan iborat bo`lib, qolgan 5 kun bayram hisoblangan. Misrliklar tungi vaqtni yulduzlarga, kunduzgi vaqtni quyoshga qarab belgilaganlar. Vaqt – soatni belgilaydigan qum va suv soatlari ham ilk bor Misrda kashf etilgan. Demak, qadimgi misrliklar Nil toshqini vaqtini bilish, kanal, to`g`on qurish, dalalarni ekishga hozirlashda astronomiya ma`lumotlariga tayanganlar. Ular daryo va dengizlarda suzganlarida, safarga chiqqanlarida astronomiya bilimlariga suyanganlar. Astronomiya fani qishloq xo`jalik ishlarida, savdo-sotiq aloqalari va harbiy harakatlarda ham katta ahamiyatga ega bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |