Misrliklarning dini va e`tiqodi haqida. Misrliklar eng qadimgi davrdan boshlab milodning III–IV asrlarigacha uzoq tarixiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tganlar. Ular turli fanlar sohasida ancha bilimlarga ega bo`lsalar ham hali tabiat hodisalari oldida ojiz edilar. Ular, Nil toshqini, zilzilalar, Sahroi Kabir tomondan esadigan qum bo`ronlari, momaqaldiroq, sayyoralar va yulduzlarning harakatida qandaydir g`ayritabiiy kuch bor deb tasavvur qilganlar. Bu hodisalar misrliklarning dini va e`tiqodida o`z ifodasini topgan. Qadimgi misrliklarda fetishizm, totemizm, animizm, quyoshparastlik, podshoni ilohiylashtirish va diniy e`tiqodning boshqa shakllari keng tarqalgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |