O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi
Respublika bolalar kutubхonasi
Fan: Kimyo
SULFAT KISLOTA, UNING FIZIK VA KIMYOVIY
XOSSALARI
Sulfat kislota molekulasining formulasi H2SO4, tuzilish formulasi:
H – O O
\ //
S
/ \\
H – O O
Bu formuladan, oltingugurtning sulfat kislotadagi oksidlanish darajasi xuddi oltingugurt (VI)-oksiddagi kabi +6 ga tengligi ko`rinib turibdi.
Olinishi. Sulfat kislota oltingugurt va uning birikmalaridan ohnishi mumkin.
Fizik xossalari. Suvsiz toza sulfat kislota og`ir, rangsiz, hidsiz, yopishqoq, moysimon suyuqlik, elektr tokini o`tkazmaydi. Odatdagi sharoitda konsentrlangan sulfat kislota namni yutib juda ko`p miqdorda issiqlik chiqaradi. Shuning uchun uni suyultirishda suvni konsentrlangan kislotaga quyish yaramaydi. Bunda kislota atrofga sachraydi. Kislotani suyultirish uchun sulfat kislotani suvga oz-ozdan quyib, shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turish va eritma sovigandan keyin unga yana kislotadan quyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |