28
investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan kompaniyalar uchun Buyuk
Britaniyaga nisbatan ham imtiyozli shart-sharoitlar yaratilgan. Komissiyada 100
dan ortiq xodim ishlaydi. Ushbu komissiya hududiy bo’linmalarga ega emas.
Chunki, aytarli barcha sug’urta kompaniyalari Parijda faoliyat ko’rsatishadi.
Sifat jihatidan sug’urtani nazorat qiluvchi Komissiya xodimlari tarkibini ikki
toifaga ajratish mumkin.
Birinchi toifaga: umumiy funktsiyani bajaradigan va ish haqi Iqtisodiyot
va Moliya vazirligi xodimlarining ish haqi darajasida bo’lgan xodimlar kiradi.
Ikkinchi toifa - “komissar-nazoratchilar” deb ataladi va ularning ish haqi
birinchi toifa xodimlariga nisbatan ancha yuqori hamda ularga o’z vazifalarini
bajarishlari uchun katta vakolatlar berilgan. “Komissar-nazoratchilar”
Frantsiyada 1888 yildan faoliyat ko’rsatishadi. Bu lavozimga nomzodlarni
tanlab olish juda qat’iy. “Komissar-nazoratchilar”ning aksariyati Frantsiyadagi
eng yirik texnik O’quv muassasasini tugatgan bo’lib, ular matematikani chuqur
bilishadi. Har yili Komissiya bu lavozimga 1 tadan 4 tagacha mutaxassisni qabul
qilishadi. Komissiya tarkibidagi “komissar-nazoratchilar”ning soni 46 kishi.
“Komissar-nazoratchilar” 7 ta brigadaga bo’lingan bo’lib, ularning har biri 80-
100 ta sug’urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilishadi. Lekin, shunday
bo’lishiga qaramasdan Komissiyada kadrlar qo’nimsizligi yuqori. Aksariyat
xodimlar sug’urta kompaniyalarida ishlash uchun ketishadi. Birinchi toifa
xodimlardan farqli o’laroq, ikkinchi toifa xodimlari - “komissar-nazoratchilar”
o’zlari nazorat qilgan sug’urta tashkilotlarida 5 yil davomida ishlashga haqqi
yo’q. Shu narsani aytish tabir joyizki, Frantsiyada meditsina sug’urtasi
bo’yicha ishlarni maxsus davlat organi - Ijtimoiy sug’urtani nazorat qilish
bo’yicha komissiya amalga oshiradi. Hozirgi paytda Frantsiyada sug’urta
kompaniyalari faoliyatini yuqorida qayd etilgan komissiyalar bilan bir qatorda
Iqtisodiyot va Moliya vazirligi ham amalga oshiradi. Vazirlikning asosiy
vazifasi sug’urta shartnomalarini tahlil etish, faoliyatni amalga oshirish uchun
litsenziyalar berish va hayotni sug’urta qilish bo’yicha tariflarni nazorat
qilishdir. Bundan tashqari, vazirlik mamlakat ichkarisida chet el
29
kompaniyalarini faoliyat ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik masalasini ham hal
qiladi. Vazirlikda 4 ta bo’lim mavjud bo’lib, ular yuqorida bayon etilgan
vazifalarni bajarishadi.
Frantsiyada har yili byudjet mablag’lari hisobidan 2 mlrd.
frank
miqdorida hayotni sug’urta qilish bo’yicha zahiralarni indeksatsiya qilish
bo’yicha fond tashkil etiladi. Ushbu mamlakatda sug’urta faoliyatini amalga
oshirish uchun bir qator talablar qo’yilganki, bu talablar sug’urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilishga qaratilgan. Ulardan eng asosiysi, sug’urta tashkiloti
litsenziyalanayotganda u belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoriga ega
bo’lishi zarur. Aktsiyadorlik va hayotni hamda javobgarlikni sug’urta qilishga
ixtisoslashgan kompaniyalari uchun boshlang’ich kapital 5,0 mln.frankka
boshqa sug’urta turlarini amalga oshirishlari uchun 3,0 mln.frankga teng bo’lishi
lozim.
Sug’urtani nazorat qilish bo’yicha komissiya
litsenziya berilishi
uchun taqdim etilgan hujjatlarni texnik ekspertizadan o’tkazadi, litsenziya berish
yoki bermaslik masalasini Iqtisodiyot va Moliya vazirligi amalga oshiradi.
Sug’urta kompaniyasi litsenziya olish uchun hujjatlarni bir vaqtni o’zida ikki
tashkilotga - Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga hamda sug’urtani nazorat qilish
komissiyasiga taqdim etadi. Hujjatlarni ko’rib chiqish muddati 6 oy qilib
belgilangan.
Sug’urta polisini realizatsiya qilish huquqini oluvchi agentlarga
Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan alohida talablar qo’yilgan bo’lib, ular
o’z faoliyatlarini amalga oshirishlaridan oldin ma’lumot to’g’risidagi diplomga
va kasaba uyushmasining guvohnomasiga ega bo’lishlari zarur. Bundan tashqari,
ular o’z mijozlariga zarar keltirish yoki keltirmaslik
xavfini kafolatlaydigan
hujjat ham taqdim etishlari shart.
Frantsiyada sug’urta kompaniyalarining buxgalteriya balansi yillik
aktsiyadorlar yig’ilishi bo’lib o’tgandan so’ng sug’urtani nazorat qilish
komissiyasiga yuboriladi. Bundan tashqari, har bir
kompaniya yilda bir marta
fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish bo’yicha hisobotni ham taqdim etishadi.
Ushbu mamlakat sug’urtalovchilari jami 25 taga yaqin hisobot taqdim etishadi.