Sug’urta ishi” kafedrasi o’rinova fotima suvonovna


I.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN



Download 183,78 Kb.
bet4/16
Sana18.12.2022
Hajmi183,78 Kb.
#890280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti-fayllar.org

I.BOB. SUG‘URTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN 


TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA XUQUQIY ASOSLARI 

1.1 Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning 

zarurligi va axamiyati 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanib borishida davlat 
tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar xal
qiluvchi rol o‘ynamoqda. Buning natijasida turli mulkchilik munosabatlariga 
asoslangan bozor iqtisodiyoti jamiyatning xamma soxalarida o‘z o‘rniga ega
bo‘lib bormoqda va shu asosda ishlab chiqarishni rivojlantirish, ayirboshlash 
munosabatlarini takomillashtirish, iste’mol madaniyatini shakllantirish va
tovarlar etkazib berishning uzluksizligini ta’minlash sug‘urta munosabatlarini 
rivojlantirishni
hayotiy

zaruriyatta


aylantirdi. 
Jahondagi
rivojlangan 
mamlakatlarda har qanday loyiha sug‘urta kafolatisiz qabul qilinmaydi va shu
tufayli bu mamlakatlardagi turli sub’ektlar faoliyatida sug‘urta muhim o‘rin 
egallab, davlat ahamiyatidagi muammolarni echadigan tarmoq sifatida
rivojlanmoqaa. 
Sug‘urta faoliyati boshqa faoliyat turlaridan keskin farq qiladi. Bu
faoliyat ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalari to‘xtovsiz ishlashini 
ta’minlash. hamda turli ko‘zda tutilmagan va favkulotdagi holatlar natijasida
ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun xizmat qiladi. Turli ijtimoiy holatlar bo‘yicha 
javobgarlikning yuqoriligi sug‘urtachi faoliyatini davlat tomonidan nazorat
qilishni talab etadi. SHunga ko‘ra sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan 
boshqarish, tartibga solish va nazorat qilish sug‘urta bozori va uning
ishtirokchilarining moliyaviy stabilligini ta’minlash choralarini ko‘rib borish, 
sug‘urta sohasiga bo‘lgan ishonchni ta’minlash, sug‘urtalanuvchilarning
huquqlarini himoya qilish, sug‘urta kompaniyalari uchun teng sharoitlar yaratib 
berish asosida haqqoniy raqobatni ta’minlashdan iboratdir.
Moliya vazirligi tomonidan sug‘urta kompaniyalari ishtirokida ishlab 
chiqilgan va Prezidentning 2007 yil 10 apreldagi № PQ-618-sonli “Sug‘urta
xizmatlari bozorini bundan buyongi reforma qilish va rivojlantirish chora-

7
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida xalqaro amaliyotga asoslangan holda sug‘urta 


faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik hamda me’yoriy-huquqiy bazasini


takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan. 
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va
boshqarishning maqsadi quyidagilardan iborat: 
1) mamlakat sug‘urta bozorining bir maromda va talab darajasida amal
qilishini ta’minlash; 
2) sug‘urta bozori ishtirokchilarining qonunchilik talablariga rioya
qilishlarini ta’minlash; 
3) sug‘urta yordamida jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy mo’tadillikni
ta’minlash; 
4) sug‘urta shartnomalari shartlarining ushbu shartnomani tuzuvchilar
tomonidan bajarilishini ta’minlash; 
5) ichki sug‘urta bozorini chet el kompaniyalari ta’siridan himoya kilish;
6) sug‘urta faoliyatidan davlatga soliq va yig‘imlar tushumini 
ta’miilash.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va 
boshqarish maxsus tuzilgan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat
sug‘urta nazoratini amalga oshirishda asosiy e’tibor sug‘urtachilarshshg sug‘urta 
bozoridagi
faoliyatiga 
beriladi.
Bunda

birinchi


vazifa

sug‘urta


kompaniyalarining sug‘urta shartnomalari bo‘yicha olgan majburiyatlarini 
bajarishini ta’minlash hisoblanadi. Sug‘urta murakkab xizmat turi bo‘lib, bunda
ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi professionallar bilan bu xizmat to‘g‘risida yaxshi 
tushunchaga ega bo‘lmagan potensial sug‘urtalanuvchi o‘zaro uchrashadi.
Bunday holatda sug‘urtachi mavjud tajribasidan o‘z manfaati yo‘lida yoki 
kompaniya manfaati yo‘lida sug‘urtalanuvchi hisobiga foydalanishi mumkin.
Bunday holatlardan davlat o‘zi qabul qilgan qonun va qarorlar, hamda boshqa 
me’yoriy hujjatlar vositasida va davlat nomidan ish ko‘ruvchi tashkilot
vositasida potensial sug‘urtalanuvchilar va sug‘urtalanganlarni himoya qiladi. 

8
Jamiyat a’zolarining sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabining o‘sib 


borishida davlatning roli benihoya katta bo‘lib, davlat sug‘urtani rivojlantirishda


asosiy tashabbuskor sifatida faoliyat olib boradi, sug‘urta bo‘yicha qonunlar va 
boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini
ta’minlaydi. 
Davlat sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish maqsadida, zarur
bo‘lganda homiylik qilish bilan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni 
qondirishga erishadi. Bu jarayonda davlat avvalo milliy sug‘urta bozorining
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni yaratib berishi kerak, bular quyidagilardan 
iboratdir:
- sug‘urta to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va 
hayotga tadbiq etishni tashkil etish, hamda ularning amal qilishi ustidan
nazoratni olib borish; 
- davlat va nodavlat sug‘urta kompaniyalarini barpo etish va ularni
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni sug‘urta bozorining ishtirokchilari 
sifatida bozorda erkin faoliyat olib borishlariga sharoit yaratib berish;
- sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta bozoridagi xizmat turlari bilan 
tanishtirishga har tomonlama ko‘maklashish, ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish; 
- jamiyat va fuqarolarning alohida qatlamlari talablarini nazarda
tutuvchi majburiy sug‘urta turlarini joriy qilish; 
- milliy sug‘urta bozorida faoliyat olib boradigan kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish. 
Ushbu omillarning yaratilishi sug‘urtaning yuqori suratlar bilan
rivojlanishini ta’minlab beradi. 
Sug‘urta xizmatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki,
sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta mukofoti bilan sug‘urtalovchi 
tomonidan sug‘urta qoplamasini to‘lash oralig‘ida ma’lum uzilish davri bor.
Ushbu o‘tadigan davr mobaynida sug‘urtachining iqtisodiy imkoniyatlari 
qanday
tomonga

o‘zgarishini sug‘urtalanuvchining oldindan anglashi




9
mushkuldir. SHu tufayli davlatning muhim vazifalaridan biri sug‘urtachilar 


faoliyati va iqtisodiy imkoniyatlarining ishonchliligini ta’minlashdan iboratdir.


Bundan tashqari tuziladigan sug‘urta shartnomlari huquqiy nuqtai-nazardan 
murakkab hujjat bo‘lib, ushbu shartnomada qo‘yilayottai shartlarning
haqqoniyligini davlat nazorat qilib borishi kerak.
1

Bozor sharoitida davlat tomonidan sug‘urta tizimini boshqarish va 


tartibga solish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Sug‘urta bozorida gohida sug‘urta


kompaniyalari raqobatni chegaralash maqsadida hamkorliqda ish olib borishlari 
va boshqa kompaniyalarning bozorda faoliyat ko‘rsatishiga qarshi choralar
ko‘rishlari, tariflarni sun’iy ravishda oshirishga harakat qilishlari mumkin. 
Bunday holatlarni bartaraf etishda davlat nazoratchi vazifasini bajarishi kerak.
Davlat

sug‘urta tizimining rivojini ta’minlaydigan qonunlarni


takomillashtirib borish bilan birga, ularning amal qilishini ham ta’minlashi 
lozim. Har qanday sug‘urta kompaniyasining faoliyati iqtisodiy tizim bilan
chambarchas bog‘langan bo‘lib, shu iqtisodiy tizim ichida sug‘urtachi o‘z 
faoliyatini amalga oshiradi. Bozordagi turli ishtirokchilarning o‘zaro
munosabatlari zaminida sug‘urta tizimi shakllanadi. Bu tizim ichida har bir 
sug‘urta tashkiloti manfaatlari uyg‘unlashadi.
Sug‘urta bozorining muhim sub’ekti va uning ishtirokchilaridan biri 
davlat hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng,
sug‘urta faoliyatiga davlat alohida e’tibor qaratdi va bu sohaning rivojlanishi 
uchun doimiy ravishda sa’y-harakatlarni olib bormoqda. Mustaqillik qo‘lga
kiritilgaidan hozirgacha bo‘lgan davrdagi sug‘urta bozorida davlat tomonidan 
amalga oshirilgan islohotlarni shartli ravishda 3 - bosqichga bo‘lish mumkin:
1-bosqich 1991-1996 yillar; 
2-bosqich 1997-2001 yillar;
3-bosqich 2002 yildan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
1 - bosqichda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan turli mulkchilik
shakllarining paydo bo‘lishi, davlatga qarashli mulklarning xususiylashtirilishi 
1
Ю.А.Сплетухов, Е.Ф.Дюжиков. Страхование. М.: ИНФРА-М - 2007. - С.64-66 

10
bilan mulkdorlar sinfining paydo bo‘lishi va mulkka bo‘lgan munosabatning 


o‘zgarishi, mulkning daxlsizligi va uning yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun


harakat kuchaydi. Bu o‘z navbatida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning 
oshishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda sug‘urta bozoriniig shakllanishi “Gosstrax” davlat 
sug‘urta tashkilotini qayta ko‘rib chiqish va bozor iqtisodiyoti talabidan kelib
chiqib, davlatning faol ishtirokida mustaqil sug‘urta kompaniyalari tashkil 
etilishida namoyon bo‘ddi.
Sug‘urta munosabatlarini tartibga solish maqsadida mamlakat tarixida 
birinchi marta 1993 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga asoslangan holda 1994 yili 
“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi.
Mamlakatimiz va chet el investorlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya 
qilishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sug‘urtaning
zamonaviy tizimini rivojlantirish maqsadida 1995 yili London sug‘urta bozorida 
Amerikaning yirik moliyaviy guruhi “Amerikan Interneshnl Grupp”(AIG) bilan
hamkorlikda 
O‘zbekiston-Amerika
qo‘shma

sug‘urta


kompaniyasi 
“O‘zbekinvest-interneshnl” va “AIG O‘zbekinvest” imzolovchi agentligi tashkil
etildi.

Xususiylashtirishni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash


maqsadida 1995 yilda “Madad” sug‘urta agentligi tashkil etildi va bu kompaniya 
kichik va o‘rta biznes infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi.
Ushbu ixtisoslashtirilgan kompaniyalar bilan bir qatorda “Gosstrax” 
davlat sug‘urta tashkiloti va uncha yirik bo‘lmagan “Umid” qo‘shma sug‘urta
kompaniyasi, “ARK” sug‘urta guruhi, “Ishonch”, “Temir yo‘lchi”, “Vostok” 
sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritdi.
1996 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
qabul qilingan Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‘urtaga (914-961 moddalar)
bag‘ishlandi. Sug‘urtaga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi 
sug‘urta bozorining rivojlanishi uchun huquqiy sharoitlar yaratab berdi.


11
2 - bosqichda, aniqrog‘i 1997 yilda respublikadagi mavjud davlat 


sug‘urta tarmog‘ini isloh qilish davom ettirildi. O‘zbekiston Respublikasi


Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi № PF-1710 raqamli Farmoniga asosan 
“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi “O‘zbekinvest” eksport-import
milliy sugurta kompaniyasiga aylantirildi. Uning asosiy yo‘nalishi sarmoyalar, 
texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni milliy eksport qiluvchilarni xalqaro
bozorlarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy 
himoya qilish, eksport kreditlarini qoplashga sug‘urta kafolatlari berish qilib
belgilandi. 
SHu yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat
sug‘urta bosh boshqarmasi negazida “O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat” 
ixtisoslashgan davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Sug‘urta
bozorida ishtirok etuvchi sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchilar huhuqlarini 
himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998
yil 8 iyulda 286 raqamli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishga 
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Joriy qarorga asosan
Respublika Moliya vazirligi huzurida sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi 
tashkil etildi.
3 - bosqichda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 31-
yanvardagi PF-3022 sonli “Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, shu yili 5 aprelda “Sug‘urta 
faoliyati to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi, shular asosida
o‘sha yilning 27 noyabrida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Sug‘urta xizmatlari 
bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorining qabul kilinishi respublika sug‘urta bozorining yangi bosqichga 
ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida, respublika sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan 
davrda, rejali iqtisod natijasida bozor munosabatlarining rivojlanmaganligi
sababli sug‘urta munosabatlari rivojlanmagan, sug‘urta bozori esa umuman yo‘q 
edi. Sug‘urtaning asosan majburiy turi qo‘llanilar edi. Sug‘urta munosabatlari


12
respublikaning ichki sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydigan huquqiy hujjatlar bilan 


tartibga solinar, shu tufayli mahalliy aholi sug‘urtaga majburiy hodisaga


qaragandek qarar edi. 
2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli hukumat qarori bilan mamlakatimizda
sug‘urtalashni jahondagi rivojlangan mamlakatlarda amal kilib kelayotgan 
sug‘urta klassifikatorlarini chuqur tahlil etish orqali ishlab chiqilgan sugurta
klassifikatoriga ko‘ra sug‘urtalash sohasi ikkita muhim tarmoqqa ajratildi, ya’ni 
hayot sug‘urtasi va umumiy sug‘urta tarmoqlari. Sug‘urta klassifikatorida
alohida klasslarga ajratib qo‘yilgan, bizning hududimiz uchun xarakterli bo‘lgan 
“Nikoh va tug‘shgashni sug‘urtalash”, “Hayotni uzoq mudsatli sug‘urta qilish”,
“Sog‘liqni sug‘urta qilish” va “Nafaqa sug‘urtasi” klasslari sug‘urta tizimida 
dolzarb elementlardan biriga aylanib bormoqda.
Davlat bozor munosabatlarida davlat sug‘urta tashkilotlari orqali 
sug‘urtalovchi sifatida qatnashishi mumkin va sug‘urta bozori faoliyatiga turli
huquqiy belgilar bilan keng qamrovli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. G‘arbning 
rivojlangan mamlakatlarida sug‘urta bozori davlatning ongli boshqaruv ob’ekti
hisoblanadi. Xorijiy tajriba shundan dalolat beradiki, sug‘urta bozoriga samarali 
rivojlanish
omillari 
xosdir,
bular

ustunlik


va

tashabbuskorlik,


sug‘urtalanuvchilarning talablarini to‘laligicha qondirilishidan iborat. Sug‘urta 
faoliyatining davlat tomonidan boshqarilishi sug‘urtaning bozor mexanizmini
to‘ldirib, ijobiy tomonlarini kuchaytiradi. Bunda sug‘urta faoliyatini davlat 
boshqaruvi mexanizmi sug‘urtaning bozor mexanizmi bilan chambarchas
bog‘liq bo‘ladi. 
O‘zbekiston jahon xo‘jaligi tizimiga bog‘langanligi, dunyodagi
moliyaviy markazlar bilan aloqalarning kengaytirilayotganligini hisobga olib, 
mamlakatimizda sug‘urta tizimini rivojlantirish ob’ektiv zaruratga aylandi.
Buning uchun sug‘urta tizimini har tomonlama chuqur o‘rganish va bu sohada 
jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish lozim. Bunday
vazifalarni bajarish uchun avvalo sug‘urta sohasida jahon talablariga javob 

13
beradigan xodimlarni tayyorlash va ularni amaliyotga tayyorlash, aholini 


sug‘urta to‘g‘risidagi axborotlardan xabardor qilib borish muhim hisoblanadi.


Yuqoridagi bayon etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda davlat sug‘urta 
faoliyati bilan shug‘ullanib, sug‘urtalanuvchilarni himoyalashning qonuniy
mexanizmlarini ishlab chiqishi va uni hayotga tatbiq etishi, bajarilishini nazorat 
qilishi kerak. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta faoliyati davlat
tomonidan vakolat berilgan idoralar tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Ayniqsa 
Germaniyada davlatning sug‘urta kompaniyalari ustidan nazorat olib borishi
qonunlarga asoslanadi. Qonunni buzgan kompaniyalar litsenziyadan mahrum 
qilinadi va ularning faoliyati to‘xtatiladi.
Mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish 
1998 yil 8 iyulda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Sug‘urta
nazoratini davlat tomonidan amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
№286-sonli qaroriga ko‘ra Moliya vazirligi qoshidagi sug‘urta nazorati davlat
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Bozor iqtisodiyotida talab va taklif o‘yini, baholarni bozor tomonidan
belgilanishi, sug‘urta tariflaridagi o‘zgarishlar, sug‘urta kompaniyalaridagi 
xodimlarning uquvi bilan yangi mijozlarni topish va shu kabi boshqa sabablar
vositasida sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi raqobat kurashi yanada rivojlanib 
boradi.
Ammo sug‘urta bozorining rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan ko‘plab 
sabablar ham mavjud bo‘lib, bunday sabablardan biri monopol holatning yuzaga
kelishidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaning 
yuzaga kelishiga nisbatan xavfsiz holat sifatida bir tarmoqda faoliyat
ko‘rsatuvchi kompaniyalar soni kamida o‘n va undan ortiq bo‘lib, bunda bu 
bozordagi bir kompaniyaning hissasi sug‘urta xizmatlarini sotish bo‘yicha 31
foizdan oshmasligi, ikki kompaniyaning hissasi 44 foizdan oshmasligi, uchta 
kompaniyaning hissasi 54 foizdan oshmasligi va to‘rtta kompaniya ulushi 64


14
foizdan oshmasligi kerak. 


1
Bunday nisbat buzilgan holatda bu kompaniyalarga 


nisbatan davlat iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaydi va ularning ishtirokini ushbu
bozorda chegaralab qo‘yadi. 
Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishning elementlaridan
biri bozordagi raqobatni sun’iy ravishda yo‘qotish, ya’ni boshqa qatnashchilarni 
bu bozorga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ikki yoki undan ortiq
kompaniyalarning o‘zaro til biriktirishi va o‘zaro kelishuvlariga yo‘l 
qo‘ymaslikdan iboratdir. Raqobatning nosog‘lom usul va vositalari bo‘lmish
tariflarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, sug‘urtalanuvchilarga 
sug‘urtaning ma’lum bir turi to‘g‘risida yoki ushbu turni amalga oshiruvchi o‘z
raqobatchilari to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar berib, ularni arosatga qo‘yish 
mumkin bo‘lmagan holatlardir. Bunday holatlarga nisbatan davlat qonunlar va
boshqa me’yoriy hujjatlar vositasida doimiy qarshi choralar ko‘rib borishi kerak. 
Sug‘urtani soliqlar vositasida nazorat qilish yoki ma’lum imtiyozlar
berish davlat tomonidan amalga oshiriladigan muhim vositalardan biridir. Bu 
boradagi chet el tajribasiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, sug‘urta biznesini soliqqa
tortish turli mamlakatlarda turlicha. Masalan Buyuk Britaniya, Germaniya, 
Fransiya, SHveysariya va YAponiyada sug‘urta faoliyatini soliqqa tortish
boshqa sohalardan farq qilmaydi. Bu mamlakatlardagi sug‘urtachilar boshqa 
mamlakatlarda sug‘urta faoliyatini yuritsalar ushbu faoliyat to‘g‘risida va
tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida ma’lumotni soliqchilarga taqdim qilishlari 
kerak. “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti” (OESR)ga a’zo
mamlakatlarda (CHexiya va Polshadan tashqari) tashkilotlar to‘lagan sug‘urta 
mukofotlari soliqdan chegirib tashlanadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish 
tashkiloti”ga a’zo mamlakatlar tomonidan joriy qilingan tashkilotlar to‘lagan
sug‘urta mukofotlarini soliqdan chegirib tashlash to‘g‘risidagi qoida bizning 
mamlakatimizda ham Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-
sonli qarori asosida amalga kiritilgan. 
1
В.В.Шахов. Введение в страхование. М.: Финансы и статистика - 2000 - 65 с. 

15
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov davlatning iqtisodiy 


o‘zgarishlar tashabbuskori ekanligi to‘g‘risida o‘zining “O‘zbekiston: milliy


istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” to‘g‘risidagi asarida aytib o‘tgan “Davlat 
iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi”
1
tamoyiliga 

asoslanib davlat iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish barobarida sug‘urta


faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab berishi, sug‘urtaning huquqiy 
asoslari, tashkiliy, uslubiy jihatlarini yanada takomillashtirib sug‘urta tizimini
rivojlantirishga mas’ul bo‘lishi kerak. 
Umuman olganda davlatning sug‘urta sohasi bo‘yicha faoliyati keng
ko‘lamli bo‘lib, davlat aralashuvi samaradorligining yuqori bo‘lishini ta’minlash 
uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
- sug‘urta himoyasini ta’minlashda yuridik va jismoniy shaxslarning 
manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mexanizmni ishlab chiqish;
- O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi qoshida tashkil etilgan 
maxsus vakolatli davlat organi bilan sug‘urtachi sub’ektlar o‘rtasidagi
hamkorlik, 
muammoli
masalalarni 
birgalikda
hal

etuvchi
o‘zaro

manfaatdorlik asosida ishlovchi tuzilmali mexanizmni shakllantirish;
- sug‘urta faoliyatiga doir qonunlar majmuasiga zarur o‘zgartirishlar 
kiritish bilan qonunlarni takomillashtirib borish;
- milliy sug‘urta bozorida raqobat muhitining yuzaga kelishini 
ta’minlovchi, soxta sug‘urtachilar faoliyatiga chek qo‘yuvchi huquqiy
me’yorlarni ishlab chiqish, hamda ularning tatbiq etilishini ta’minlash; 
- sug‘urta kompaniyalari barqaror faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash
vositasi sifatida soliq imtiyozlari va boshqa rag‘batlantiruvchi huquqiy asoslarni 
takomillashtirib, ularning samarasi yuqori bo‘lishiga erishish;
- sug‘urtalovchilarning qimmatli qog‘ozlar bozori, fond birjalaridagi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatlarini rag‘batlantirish;
- sug‘urta faoliyatining ilmiy tadqiqot bazasini (sug‘urta muammolari 
bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutini) barpo etish;
1

I.A.Karimovning “O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” to‘g‘risidagi asari





16
- sug‘urta sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib borayotgan 


hozirgi sharoitda tomonlar manfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi sug‘urta


himoyasining umumiy qoidalarini ishlab chiqish; 
- “O‘zbek modeli”ga asoslanib, respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini
e’tiborga olib, xorijiy sug‘urta kompaniyalarining faoliyat yuritishlari uchun 
amalda bo‘lgan huquqiy mexanizmni xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish;
- sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat 
qilish tizimini takomillashtirishda chet el investorlarining faoliyatini
rag‘batlantirishni nazarda tutib ish olib borishni yo‘lga qo‘yish; 
- sug‘urta faoliyati rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish asosida xalqaro bozorga kirib borish va bu bozorda o‘z o‘rniga ega 
bo‘lishni maqsad qilib qo‘yish;
- respublika sug‘urta bozorida yangi sugurta institutlari (anderrayterlar, 
aktuariylar, avariya komissarlari) ko‘payishini rag‘batlantirishdan iboratdir.
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, chet el tajribasida sug‘urta va qayta 
sug‘urta kompaniyalari har bir sug‘urta turi bo‘yicha alohida sug‘urta
anderrayterlariga ega bo‘lib, biror marta ham bir anderrayter ikki xil sug‘urta 
turi bilan shug‘ullanmaydi. Anderrayting siyosatini samarali amalga oshirish
uchun sug‘urta kompaniyasi har bir sug‘urta turining o‘tish jarayoni to‘g‘risida 
statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishi va qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plashi kerak.
Jahon sug‘urta bozori faoliyatini o‘rganib shu xulosaga keldikki, davlat 
sug‘urta tizimini rivojlantirish bo‘yicha ayrim qarorlarni qabul qilish bilan
cheklanib qolmasdan, sug‘urta bozorini rivojlantirishning butun chora-
tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan keng ko‘lamli konsepsiyani ishlab
chiqishi va amaliyotga joriy etishi hozirgi davr talabi hisoblanadi.
Sug‘urta bozorini rivojlantirish avvalo sug‘urta kompaniyalariga davlat
tomonidan quyidagi kafolatlarni berish zaruriyatini keltirib chiqaradi: 
1. Professional sug‘urtachi kadrlar tayyorlab berishni yo‘lga qo‘yish.
2. Imtiyozli investitsiya kreditlari berishni yo‘lga qo‘yish. 
3. Byudjet mablag‘lari zahirasini yaratish.


17
Sug‘urta bozorini rivojlantirish milliy iqtisodiyotning rivojiga ijobiy 


ta’sir etadi va aholini ijtimoiy himoyalash, hamda uning moddiy farovonligi


o‘sishiga, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning ijobiy echilishiga yordam 
beradi.



Download 183,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish