Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning nazariy va xuquqiy asoslari


II.BOB. SUG‘URTALOVCHILAR FAOLIYATINI



Download 1,14 Mb.
bet8/17
Sana17.12.2022
Hajmi1,14 Mb.
#889829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Toshkent moliya instituti sug’urta fakulteti-fayllar.org

II.BOB. SUG‘URTALOVCHILAR FAOLIYATINI 

LITZENSIYALASHGA QO‘YILGAN TALABLAR VA SUG‘URTA 

BOZORIDA SUG‘URTA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH 

TENDENSIYALARI


2.1. Sug’urtalovchilar faoliyatini tartibga solishning amaliy asoslari 

Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasiga sug’urta faoliyati masalalari 


bo’yicha o’z vakolatlari doirasida davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar


va ularning birlashmalari uchun bajarilishi majburiy bo’lgan normativ hujjatlar 
qabul qilish huquqi berilgan. Ushbu inspektsiya O’zbekiston sug’urta bozorini
davlat tomonidan tartibga solish bo’yicha o’zining vazifalari va funktsiyalarini 
bajaradi. Davlat sug’urta nazorat inspektsiyasining vazifalari bo’lib qo’yidagilar
hisoblanadi: 
·

sug’urtalovchilar (qayta sug’urtalovchilar) yagona davlat reestrini 


yuritish;


·

sug’urta tashkilotlari tomonidan sug’urta to’g’risidagi qonun hujjatlari


talablariga rioya etilishini nazorat qilish
·

sug’urta to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha 


takliflar ishlab chiqish va kiritish;


·
buxgalteriya hisobi va hisoboti tashkil etilishining bir xilligini 

ta’minlash.


Shuningdek sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi o’ziga yuklatilgan 

vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyani bajaradi:


·

sug’urtalovchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasining sug’urta


to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va ular hisobotining 
ishonchliligini, shuningdek, ular uchun to’lovga qodirlikning belgilangan
ko’rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini 
tekshirish;

31
Sug’urta nazorati davlat 


inspektsiyasi


·

o’z vakolatlari doirasida sug’urtalovchilar ishini uslubiy ta’minlash; 


·

sug’urtalash qoidalari (shartlari) bo’yicha takliflar tayyorlash va 


sug’urtaning majburiy turlari bo’yicha sug’urta tariflarini belgilash;


·

sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir


sug’urta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy 
bo’lgan normativ hujjatlar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
·

sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha qonun hujjatlari loyihalirini ishlab


chiqish va ularni vazirlik rahbariyatning ko’rib chiqishi uchun kiritish; 
·

sug’urta tashkiloti tugatilgan taqdirda sug’urtalanuvchilar manfaatlarini 


himoya qilish;


·

respublikada sug’urta faoliyatning ahvoli va rivojlanish tamoyillarini


tahlil etish; 
·

sug’urta faoliyati bo’yicha mutaxassislarning kasb-hunar tayyorgarligi va 


ularni qayta tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish va hakozalar.


Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasiga O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirining taqdimnomasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan


boshliq rahbarlik qiladi. Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi boshlig’i ayni 
paytda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari hisoblanadi.
Hozirgi paytda Davlat sug’urta nazorat inspektsiyasi tashkiliy tuzilmasi quyidagi 
ko’rinishga ega (1-rasmga qarang).

1-rasm-Sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkiliy tuzilmasi


1
1


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

Sug’urta faoliyatini 


litsenziyalash
va nazorat 

qilish bo’limi


Sug’urta faoliyati 
metodologiyasi
bo’limi 


32
2002 yilning 5 aprelida yangi tahrirdagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 


Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan Sug’urta nazorati davlat


inspektsiyasining vazifa va funktsiyalari qayta ko’rib chiqildi. 
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 

10-moddasi “Maxsus vakolatli davlat organi” deb atalib, unda bunday organ


vakolatiga ega bo’lgan Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasining huquqlari 
keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat:
Maxsus vakolatli davlat organi: 
- ijro etilishi majburiy bo’lgan to’lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda
ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchilar 
majburiyatlarining yo’l qo’yiladigan eng ko’p yoki eng kam miqdorini va
majburiyatlar jamining yo’l qo’yiladigan ko’p yoki eng kam miqdorini hisoblab 
chiqarish uslubini, sug’urtalovchilarning to’lovga qobiliyatini aks ettiruvchi
axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; 
- sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’urta faoliyati
to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to’lovga qobiliyatlilikning 
belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari
bajarilishini nazorat qiladi; 
- sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini
litsenziyalaydi; 
-
sug’urtalovchilar 

tomonidan


hisob-kitobni 
yuritish,
sug’urta 
zaxiralarining mablag’larini shakllantirish va joylashtirishga oid hisobotlar
tuzish tartibini belgilaydi; 
- sug’urtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga va bosh buxgalteriga
qo’yiladigan ijro etilishi majburiy bo’lgan malaka talablarini belgilaydi; 
- sug’urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning
shakli, tartibi va muddatlarini belgilaydi; 
-
qonun

hujjatlariga


muvofiq

sug’urta


bozori

professional


ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni 
bartaraf etish to’g’risida ijro etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar kiritadi;

33
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug’urtalovchilar va sug’urta 


brokerlari litsenziyalarining amal qilishini to’liq yoki ayrim sug’urta turlariga


(klasslariga) nisbatan to’xtatib qo’yadi, shuningdek ularning amal qilishini 
tugatadi;
- har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug’urta faoliyatini 
tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to’g’risida yillik
hisobotlarni, shuningdek sug’urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati 
to’g’risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug’urta bozori
professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok 
etishga, shuningdek sug’urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar.
“Sug’urta faoliyati to’g’risida” Qonunining qabul qilinishi va sug’urta 
nazorati davlat inspektsiyasining vakolatlari kengayganligi munosabati bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari 
bozorini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida” 2002 yil 27
noyabrdagi 413-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu hukumat qaroriga muvofiq, 
Vazirlar Mahkamasining "Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
chora-tadbirlari to’g’risida" 1998 yil 8 iyuldagi 286-son qaroriga tegishli 
o’zgartirishlar kiritildi. Ilgari mavjud bo’lgan “Sug’urta tashkilotlarini nazorat
qilish bo’limi” "sug’urta faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo’limi"
degan yangi nom oldi. Mazkur yangi qonun talablaridan kelib chiqqan holda
quyidagilar Davlat sug’urta nazorat inspektsiyasining asosiy vazifalari etib 
belgilandi:
- bajarilishi majburiy bo’lgan to’lov layoqati normalarini va ularni aniqlash 
tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchilarning majburiyatlari
cheklangan yo’l qo’yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda 
majburiyatlarning jami miqdorini, sug’urtalovchilarning to’lovga layoqatliligi
bo’yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash; 

34
- sug’urta bozorining professional qatnashchilari tomonidan sug’urta 


faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, to’lovga


layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga 
qo’yiladigan boshqa talablarni ta’minlash;
-
sug’urtalovchilar 

tomonidan


sug’urta 
zahiralari
mablag’lari 
shakllantirilishi va joylashtirilishi bo’yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar
tuzishni belgilash; 
- sug’urtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalterga
qo’yiladigan bajarilishi majburiy bo’lgan malaka talablarini belgilash; 
- sug’urtalovchilar tomonidan moliyaviy hisobot berilishi shakllari, tartibi
va muddatlarini belgilash; 
- sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta zahiralari hosil qilish va
joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash; 
- sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta hodisalari boshlanishining oldini
olish va ogohlantirish bo’yicha tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanishi tartibi va 
shartlarini belgilash;
-
qonun 

hujjatlariga


muvofiq

sug’urta


bozori

professional


qatnashchilarining faoliyatini tekshirish va aniqlangan qonun buzilishlarini 
bartaraf etish to’g’risida bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug’urtalovchilar va sug’urta 
brokerlari litsenziyalari amal qilishini to’liq yoxud sug’urtaning ayrim turlari
(darajalari)ga nisbatan to’xtatib turish, shuningdek ularning amal qilishini 
to’xtatish;
- har bir moliyaviy yil tamom bo’lgandan keyin olti oy o’tgach sug’urta 
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo’yicha faoliyat to’g’risidagi yillik
hisobotlarni, shuningdek moliyaviy yil mobaynida sug’urta bozorining faoliyati 
to’g’risidagi statistika ma’lumotlarini e’lon qilish;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi o’ziga yuklangan vazifalarga
muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 

35
- sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta faoliyati to’g’risidagi O’zbekiston 


Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini va ularning hisobotlari


ishonchliligini, shuningdek ular uchun belgilangan to’lovga layoqatlilik 
ko’rsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari ta’minlanishini
tekshirish; 
- sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini
litsenziyalash; 
- o’z vakolatlari doirasida sug’urtalovchilar ishini metodik ta’minlash;
- sug’urtaning majburiy turlari bo’yicha sug’urta qilish qoidalari (shartlari) 
va sug’urta tariflari belgilash bo’yicha takliflar tayyorlash;
- Davlat inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab sug’urta 
munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo’yicha 
normativ hujjatlar va metodik materiallarni ishlab chiqish;
- sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab 
chiqish va ularni ko’rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
-sug’urtalovchilar tugatilgan va qayta tashkil etilgan taqdirda sug’urta 
qildiruvchilarning manfaatlarini himoya qilish;
-respublikada sug’urta faoliyati rivojlanishining holati va tendentsiyalarini 
tahlil qilish;
-sug’urta faoliyati bo’yicha mutaxassislarni kasbga tayyorlash va ularni 
qayta tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshirish, sug’urta faoliyati masalalari
bo’yicha seminarlar va konferentsiyalar tashkil etish; 
-ommaviy axborot vositalari orqali sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha
axborot-tushuntirish ishlari olib borish; 
-o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha fuqarolarning takliflari va
so’rovlarini ko’rib chiqish; 
-noshirlik faoliyatini amalga oshirish.

36




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish