"Sug‘urta asoslari"


Manfaat – naf, foyda. Haqiqiy



Download 0,73 Mb.
bet19/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Manfaat – naf, foyda.

Haqiqiy risklar salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo).

Spekulyativ risklar ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.

Foiz risklari tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi yo‘qotishlar xavfi.

Kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni to‘lanmaslik xavfi.

Sug‘urtaviy risk bu sug‘urta hodisasini ro‘y berish ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning miqdoriy hajmi nuqtai nazaridan baholanadigan xavf.

Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi.

Texnogen risklar inson xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladi: avariyali holatlar, atrof-muhitning ifloslanishi va sh.k. Texnogen risklarga misol qilib yong‘inning turli obyektlarga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘in risklarini ko‘rsatishimiz mumkin.

Tabiiy risklar – inson faoliyati bilan bog‘liq emas. Ularga asosan tabiiy ofatlar: yer qimirlashi, suv toshqini, to‘fon, chaqmoq urishi va b. kiradi.

Aralash risklar bu inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida yuzaga keladigan tabiiy xarakterdagi holatlar. Misol uchun, qurilish ishlarini olib borilishi natijasidagi yer ko‘chishlari.

Riskni boshqarish (risk-menejment) ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.
Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi.

Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi.

Riskni istisno qilish - mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar va chora-tadbirlarni rad qilish.

Riskni pasaytirish - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish ehtimolligini kamaytirish.

Risklarni saqlash - zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash).

Risklarni o‘tkazish - u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish.

Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.

Sug‘urta bozori – sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi.

Nazorat uchun savollar.


  1. Sug‘urtada risk tushunchasini izohlang.

  2. Download 0,73 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish