"Sug‘urta asoslari"



Download 0,73 Mb.
bet17/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida vazifalarni aniqlash va taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar bilan maslahatlar o‘tkaziladi.

Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan holda va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga oshirish natijalarini nazorat va tahrir qilish hisoblanadi. Nazorat menejerlardan ko‘rilgan zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari haqida axborot olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi muntazab o‘tkazilib turilishi lozim.

Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan bog‘lanadi. Haqiqatdan ham, sug‘urta azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha qolmoqda. Bugungi kunda AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan yirik mamlakatlarda yillik sug‘urta mukofotlarining to‘lovlari yalpi ichki mahsulotining 7-9%ini tashkil qilmoqda. Horijda inson faoliyatining deyarli barcha sohalari


sug‘urta bilan qamrab olingan: tibbiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta, yuklarni sug‘urtalash, foyda sug‘urtasi, bankrotlik sug‘urtasi, fuqarolik javobgarligining har xil turlari. Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal qilmaydigan soha topilmaydi, undan tashqari sug‘urtaning ko‘plab turlari turli mamlakatlarda majburiy hisoblanadi.

Biroq, bozor iqtisodiyotiga yangi o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham sug‘urta bo‘yicha holat quvonarli emas. Bu shu bilan izohlanadiki, hali hanuz iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish orqali noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab- quvvatlash va aholiga yordam ko‘rsatish uchun sarflanishga mo‘ljallangan davlat rezervlarini shakllantirilishi tushunchasining mavjudligidir.



Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qo‘llab-quvvatlashlari hajmi ko‘m martaga qisqaradi. Korxonalarning o‘zlari qiyinchilik holatlarida ko‘riladigan zararlarni bartaraf etish mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda sug‘urta eng qulay va bozor nuqtai nazaridan mukammal bo‘lgan mexanizmlardan hisoblanadi.



      1. Download 0,73 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish