24
Sadriddin Ayniy
Rahimi Qandga xizmat haqi uchun ikki tan
ga berdilar. Buning ustiga bitta non va bir kosa
osh
ham berib, «buni bolalaringga olib bor»,
dedilar.
Rahimi Qand sira kutmagani bu «in’om»dan
benihoya quvondi.
- Ilohi hammalaringiz mudarris bolinglar,
mufti bolinglar, oxund bolinglar, rais boling
lar,
qozi bolinglar, qozi kalon bolinglar! - deb
mullavachchalarning haqlariga dúo ham qildi.
- Bizning hammamizning bu mansablarga
yetishmoglmiz uchun bu kungi bu mansablar-
da turganlarning o'tmoqlari yoki bu mansablar-
dan tushmoqlari kerak,
- dedi bir mullavach-
cha va qo'shimcha qildi, - sizning bu duoyingiz
haligi mansab egalari uchun bir qarg'ishdir,
agar ular eshitib qolsalar, sizni «xar murd» qilib
oldiradilar.
- Mayli, - dedi Rahimi Qand biroz iljayib, -
agar «xar murd»dan keyin bitta non bilan bir
kosa osh bersalar zarari yo‘q.
Men Rahimi Qandni umrimda ikki marta il-
jaygan holda ko‘rganman. Biri o‘sha majlisda,
y ana birini quyiroqda hikoya qilaman.
* * *
Ikki tanga daromad (u
ham kunda muyas-
sar bolmaydi), bitta non va bir kosa osh bilan
(u ham o‘n besh kunda, bir oyda «xar murd»
bolgandan keyin qolga kiradi) albatta Rahimi
Qand kabi ayolmand bir odamning kuni olmas
edi. Agar u boshqa biron kasbga kirishmoqchi
Sudxorning olimi
25
bolsa, tanburchilikdan o‘zga hunari yo‘q. Agar
qishloqqa chiqsa, yeri yo‘q, agar savdo-sotiqqa
kirishmoqchi bolsa, sarmoyasi yo‘q edi.
Shuning uchun u yordamchi «kasb» yo‘sini-
da laliga qand
va boshqa shirinliklar solib,
ko‘chada sotib o‘tirar edi. Bu ishda uning sar-
moyasi bir-ikki qadoq qand va konfetdan iborat
edi. Qandni anburcha bilan ushatib, kattaroq
bolaklarini
ikki pul, kichikrog'ini bir puldan
baholab, laliga solar, lalining bir burchagida
arzonbaho konfet va obakidandonlar turar edi.
Rahimi Qand kunda mana shu «tijorat molini»
ko'tarib, qoltig‘iga bir kigizcha qistirib «Jannat-
makoniy»
saroyi oldiga kelar, kigizchasini sa-
royning darvozasi oldidagi supachalardan biri-
ga yoyar, o‘zi uning ustida cholckalab o‘tirib,
lalisini oldiga qo^ar edi.
Uning ko‘pincha xaridori bosh yalang, oyoq
yalang, boqimsiz qolgan ko‘cha bolalari edi. Ular
goho «xo‘jayin»ning ko‘zini chalg‘itib, bu «mol-
lar»ning bir qismini changallab olib qochar ham
edilar.
Uning mana shu «kasbi» munosabati bi
lan Buxoro xalqi uning nomiga «qand» so‘zini
qo‘shib Rahimi Qand der edilar.
★ *
"k
Men goho Rahimi Qandning qand yoki
konfetidan
bir donasini ikki pulga olib, sa-
royning boshqa supachasida shimib o‘tirar
edim. Lekin menga qand va konfetdan ko‘proq
uning kam uchraydigan gaplari, hikoyalari
huzur baxsh etar edi.