Buyuk Britaniyada geografiya ta’limi. Angliya geografiya ta’limi kuchli tomonlari quyidagilardan iborat:
-ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon geografik tadqiqot metodlarini ko‘proq o‘rgatish;
-geografiya ta’limi jarayonida psixologik-pedagogik tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarni nipotezalar tuzishga o‘rgatish;
Darslarda turli mazmundagi eksperimentlar uyuushtirish, ya’ni tasavvur, tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o‘rin berilgan. Biror usulni sinash, ta’limni uyushtirish shakllari ancha zaif. O’rganilayotgan muammoni muallif fikri asosida va unga qarshi asosda o‘rganish. 5-8 sinflarda geografiyadan haftada 2 soat ajratilgan. Bu sinflarda asosiy Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o‘rganiladi. Topografiya va kartografiya asoslari bo‘yicha ham bilimlar beriladi. O’qituvchilar diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. “Mamlakatlar va xalqlar”, “Yer va inson”, “Yangi geografiya”, “Yer bilimi” va hakozo. 9-10 sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o‘rganilmaydi desa ham bo‘ladi. Ayrim “Yerlardagina” qiziquvchi o‘quvchilar bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Bu kurslarda mamlakatlar iqtisodi, siyosiy va davlat tuzumiga oid bilimlar etakchi o‘rinni egallaydi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsiologiya iqtisod bilimlari birgalikda birlashgan kurslar orqali o‘qitishga e’tibor kuchaymoqda. Gimnaziyada (11-13 sinflar) ayrim joylardagina geogarfiya qisman mustaqil fan sifatida o‘qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi fanlarad ham beriladi. Yuqori sinflarda geografiya fanlarida mujassam muammolarni o‘rganishag ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, “Insoniyatning ko‘payishi”, “Ocharchilik muammolari”, “Transport muammosi”, “Sanoat markazlarida inson hayoti”, “Sanoat ekonomikasi”.
Fransiya mamlakatida geografiya ta’limi. Fransiya maktablarida geografiya ta’limi birmuncha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Geografiya o‘qitishning maqsadi va vazifalari juda aniq belgilab qo‘yilgan. Fransiya geografiya programmasi ikki bosqichli maktablarga mo‘ljallangan. Shunisi qiziqki Fransiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi. 1-bosqich maktab 6,5,4,3 (o‘quchilar yoshi 11-15 gacha). Oliy ma’lumot olish faqat litseylarda amalga oshiriladi. 2-bosqich, 2,1 va bitiruvchi (15-17 yosh) sinflardan iborat: Geografiya ta’limi 6-sinfdan boshlanadi, bunda “umumiy geografiya va Afrika materigi” o‘rganiladi. 5-sinfda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antarktida, 4-sinfda Yevropa (Fransiyadan tashqari), 3-sinfda Fransiya geografiyasi o‘qitiladi. Litseyda o‘qishni davom ettirish 2,1 va bitiruvchi sinflarga to‘g‘ri keladi. 2-sinfda geografiya programmasi kollejda olagn (6-5-4-3) bilim va ko‘nikmalar chuqurlashtiriladi.
Litseyning 1-sinfida Fransiya geografiyasi bo‘yicha o‘quchilar 2-bosqich matabida olgan bilimlarni chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to‘rtta yirik davlat – AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Fransiya geografiyasini darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammli qilib yozilgan. Barcha muammolar “inson-tabiat” mazmunidan kelib chiqadi. [4]
Do'stlaringiz bilan baham: |