Artikulyatsiya usuli deganda tovush hosil qilish paytida nutq a’zolarining qanday holatda harakat qilishi tushuniladi. Masalan, v, z, y, x, sh, h kabi tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashadi, ammo havo oqimining chiqishi uchun torgina oraliq qoladi, havo oqimi ana shu oraliqdan sirg‘alib chiqadi va bunday tovushlar artikulyatsiya usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi tovushlar nomini oladi. Portlovchi tovushlarni hosil qilishda esa havo oqimi jipslashgan a’zolar orasidan portlab chiqadi.
Matn birliklari
Har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan,
muayyan birliklardan iborat bo’ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni
shakllantirishi yoki matnni bo’laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn
birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda,
matn birliklarini belgilash u qadar ham qiyin ish emasdek tuyuladi. Ammo aslida
unday emas, shuning uchun ham matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko’p
va farqli qarashlar mavjud. Masalan, I.R.Galperin gapni matn birligi bo’la
olmasligini ta'kidlaydi. Uningcha, bir necha gapni o’zida birlashtiradigan yirik
butunlik – frazadan katta butunlik matnning birligi bo’la oladi. Frazadan katta
butunlikning tarkibiy qismi bo’lgan gap bir paytning o’zida matnning ham birligi
bo’la olmasligini aytadi.
Ko’pchilik tilshunoslar esa gapni matnning asosiy shakllantiruvchi unsuri
ekanligini ta'kidlashadi. Aslida ham matnning mazmuniy tarkibini, bu mazmunning
ob'yektiv olam bilan nisbatlanishini, demakki, to’g'ri anglanishini gapsiz tasavvur
etish mushkul. Shunga ko’ra gapning matn sistemasidagi o’rnini, ayniqsa, uning
matn hosil qilish imkoniyatini aslo inkor etib bo’lmaydi.
Linqvistik adabiyotlarda gap, murakkab sintaktik butunlik va abzas matn birligi
sifatida talqin qilinadi. Gap va murakkab sintaktik butunlikni matnning asosiy
birliklari deyish mumkin, lekin abzasni mazkur birlikiar qatoriga kiritib bo’lmaydi.
Chunki, abzas, avvalo, yozma matngagina xos bo’lgan hodisa. Tilshunos
A.N.Gvozdev abzasni tinish belgilari qatoriga kiritadi. "Abzas yangi fikrlar
qatorining ko’rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Bir necha gap yoki hatto bir gapni
alohida abzas sifatida ajratish bu gaplarga muayyan salmoq baxsh etadi, bunday
ajratish muallif tomonidan o’z maqsadiga bog’liq tarzda amalga oshiriladi. Matn
lingvistikasining yirik tadqiqotchilaridan biri I.R,Galperin ham abzas xuddi tinish
belgilari kabi matndagi mantiqiy va emotsional jihatlarni alohida ta'kidlab ko’rsatish
uchun xizmat qiladigan vosita, kompozitsion–grafik usul ekanligini asoslagan. Lekin
abzaslar yozma nutq uchun, ayniqsa, badiiy matn uchun nihoyatda zarur vosita
hisoblanadi. Abzaslar bir so’zdan, bir gapdan yoki bir necha gapdan tuzilishi
mumkin. Abzasning tashkillanishini yozuvchilar o’zlarining badiiy niyatiga ko’ra
mutlaqo ixtiyoriy tarzda belgilashadi. Bir necha gapdan iborat abzaslar, odatda, 3
bosqichdan iborat bo’ladi: 1-bosqich xabarning boshlanishi (abzasda aytilmoqchi
bo’lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), 2-bosqich xabarning to’ldirilishi
(dastlabki xabar to’ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) 3-bosqich esa xabarning
xulosalanishi (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) hisoblanadi. Shuningdek, abzasdagi
oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog'lovchi vositalar (bog'lovchi vositalar abzasni
o’zidan oldingi yoki keyingi abzasga bog'laydi) ham o’sha butunlikning ajralmas
qismlaridan hisoblanadi. «Matn lingvistikasi» qo’llanmasida abzasni tashkil etgan
gaplar o’zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik
(grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytitadi. Shuningdek,
abzaslarning strukturasiga ko’ra quyidagi korinishlari mavjudligi sanab o’tiladi: 1)
Sodda gapdan iborai bo’lgan abzaslar; 2) qo’shma gapdan iborat bo’ladigan abzaslar;
3) Periodik nutq formasidan iborat bo’lgan abzaslar: 4) Superfrazali sintaktik
butunlikdan iborat bo’lgan abzaslar; 5) Ko’chirma-o’zga gapli abzaslar. Bunga
aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzaslarni ham kiritish mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanadigan bo’lsak, gap va murakkab sintaktik
butunlikni matn birliklari hisoblash mumkin, Abzas esa subyektiv hodisa,
yozuvchilar mutlaqo erkin holda qo’llashi mumkin bo’lgan kompozitsion-grafik
usuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |