-rasm. Ush burshak usuli bilan struktura xaritasini tuzish. Kasrning surati-da quduqlar soni, kasrning maxrajida quduqlarning mutlaq balandligi ifodalangan (M.A.Jdanov, 1981)
5.15-rasm. Ush burshak usuli bilan struktura xaritasini tuzish. Kasrning surati-da quduqlar soni, kasrning maxrajida quduqlarning mutlaq balandligi ifodalangan (M.A.Jdanov, 1981)
5.16 rasm. Quduqlar oralig’idagi keltirilgan Chuqurliklarni masshtabli to’r (balandlik arfisi) yordamida interpolyatsiya qilish sxemasi(M.A.Jdanov, 1981)
Kesmalar usuli
Struktura xaritasi kesmalar usulida tektonik tuzilishi murakkab bo’lgan va yer yoriqlari bilan ajralib ketgan strukturalar uchun tuziladi. Goho bu usul uchburchaklar usuli bilan birgalikda ishlatiladi.
5.19-5.20-rasmlarda kesmalar usuli bilan struktura xaritalarining navbatma-navbat tuzilishi ko’rsatilgan. Eng avvalo hamma quduqlar bo’yicha bir qator ko’ndalang, goho bo’ylamasiga, bir qator geologik kesmalar tuziladi (5.19-rasmda I-I, II-II, III-III, IV-IV kesmalar). Bunday kesmalarda tayanch gorizontning ustki qismi (yoki tubi) albatta ajratiladi va bular bo’yicha struktura xaritasi tuziladi. Joyning planida tuzilgan kesmalar chiziqlarining o’rni ko’rsatiladi. Maydonning tektonik tuzilishining murakkabligiga va struktura xaritasini xohlagan darajada mufassal bo’lishiga qarab izogips kesimi tanlanadi (keltirilgan misolda 25 m).
So’ngra tayanch gorizontning ustki qismi (tubi) har bir kesmada tanlangan kesim va chizma masshtabida gorizontal tekisliklar bilan kesib o’tiladi. Kesma tekisligini gorizontal tekisliklar bilan kesib o’tilishidan hosil bo’lgan izlari chizmada kesma chizig’iga parallel joylashadi. YUqorida joylashgan to’r chiziqlari bilan qatlam ustki qismining kesishgan nuqtalari kesma chizig’iga proektsiyalanadi va qatlamning ularga mos keluvchi balandlik belgilari ko’rsatiladi.

5.18-rasm. Struktura xaritasi yordamida oddiy (elementar) strukturalarni tasvirlash (M.A.Jdanov, 1981) a – antiklinal; b – sinklinal; v – monoklinal; g – struktura burni (do’ngligi); d – struktura botig’i (mulda); e – struktura terrasasi; j – fleksurali egiklik. Strelkalar bilan qatlamning yo’nalishi va og’ishi ko’rsatilgan