Vujudga kelish sabablari va hususiyatiga ko‘ra monopoliyalarning quyidagi turlari farqlanadi.
Tabiiy monopoliya. Ushbu monopliyaga o‘z ixtiyorida ishlab chiqarishning kamyob va erkin hosil qilinmaydigan elementlariga egalik qilgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari egalik qilishadi (masalan, kamyob metallar, uzumzorlar uchun alohida muhim er uchastkalari). SHuningdek bunga butun jamiyat uchun alohida muhim va strategik ahamiyatga ega ega bo‘lgan butun bir infrastruktura tarmoqlari ham kiradi (temir yo‘l transporti, harbiy-sanoat kompleksi va sh.k.). tabiiy monopoliyalarning mavjudligi shu bilan oqlanadiki, ular ishlab chiqarishning katta miqyoslaridan ulkan iqtisodiy foydani beradi. Bu erda ko‘plab shu kabi firmalarda bo‘lgan resurslarning sarflanishiga qaraganda kamroq xarajatli tovarlarni yaratishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |